Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-3096-son)
27.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 16 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamgʻarmaga moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urugʻlik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga toʻlanadigan ustama mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
jalb qilingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida oʻrganish;
Departament faoliyatini taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning agentlari etib belgilansin:
paxta va gʻalla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki;
paxta xomashyosini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati”;
gʻallani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati.
8. Quyidagilar:
moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini va tegishli komissiya toʻlovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish;
Jamgʻarmaga — davlat xaridi uchun paxta va gʻallaning umumiy hajmi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish;
tijorat agentlariga — Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni taʼminlash yuklansin.
9. Departament Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5a-uy manzilida joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PQ-3096-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi
tarkibi
Qoʻchqorov J.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Jamgʻarma kengashi raisi Mirzayev Z.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Jamgʻarma kengashi raisining oʻrinbosari Otajonov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Xoʻjayev B.A. — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Yusupov B.T. — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri Xaitov A.A. — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Xodjayev S.S. — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Mirzayev Sh.Sh. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Jamgʻarma kengashi kotibi
Izoh: Jamgʻarma kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ–3096-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamentining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 16 nafar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
