Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3098-son)
27.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini toʻliq butlash va raqamli telesignal uzatishning texnik va texnologik tizimiga oʻtkazilishini yakunlash, uni eng ilgʻor multimediya uskunalari bilan jihozlashni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-oktabrdagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 340-sonli qarori bilan, zarur uskuna va dasturiy taʼminotga (markaziy apparatni, yangiliklar va virtual studiyalarni kompleks arxivlash) texnik talablarni nazarda tutgan holda, “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “BFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan barcha uskunalar kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha 18,0 mln. yevro miqdorida import shartnomasi tuzilgan va uni amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlangan.
2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasi doirasida (keyingi oʻrinlarda — loyiha) qoʻshimcha uskunalar, ishlar va xizmatlarni, roʻyxat boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
bir oy muddatda “VFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan, uskunalar yetkazib berilgan kundan boshlab, bir yil mobaynida tegishli kafolat muddatlari va kafolatdan keyingi texnik xizmat va loyihaga ekspert hamrohlik qilish taqdim etilishini hisobga olgan holda, 2018-yilning 1-yanvarigacha ishlarni toʻliq topshirishni nazarda tutgan, qoʻshimcha yetkazib berilayotgan uskunalarning barcha kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha import kontraktiga qoʻshimcha bitim tuzsin;
ikki oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga boʻlgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi loyiha doirasida avval berilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati va kredit bitimiga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2553-sonli qarorining:
a) 2-bandi va 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “18,0 mln yevro” soʻzlari “22,5 mln yevro” soʻzlariga almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “2017-yilning 1-oktabrigacha” soʻzlari “2018-yilning 1-mayigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PQ-3098-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3098-son qaroriga ILOVA
“Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlash” loyihasi doirasida qoʻshimcha uskunalar, ishlar va xizmatlar
ROʻYXATI
T/r Uskunalar, ishlar va xizmatlarning nomlanishi Dona soni, dona Qiymati, yevroda I. Matbuot markazi uchun studiya — 18 kamerali studiya 1. Video uskuna 252 1 012 794,0 2. TV apparatlar xonasining ovoz uskunalari 19 14 701,0 3. Studiyaustunlari, ulanadigan korobkalar, boshqarish stoli 27 35 378,0 4. Studiyauskunasi 16 49 718,0 5. Optik disklar mavjud l ta kutubxona 114 97 615,0 6. Media kontentni boshqarish va qayta ishlash tizimi 40 158 548,0 7. MCR MTRK bilan ulanish uchun uskunalar 12 31 580,0 8. TJK Kameralari 40 72 848,0 9. Obyektivlar va mediya tashuvchilar 38 55 409,0 10. Burchakka yoʻnaltirilgan va dinamik mikrafonlar 16 6 684,0 11. TJK uchunyoritish komplektlari 105 49 810,0 12. MTRK komplekslari bilan kommunikatsiya va integratsiya qilish uskunalari 196 421 173,0 13. Zarur installyatsiya materiali, hujjatlarvaxizmatlar — 634 998,0 14. Transportirovka vasugʻurtalash — 55 520,0 15. Zavod sinovlari, loyihani boshqarish vamuvofiqlashtirish — 138 801,0 Jami 875 2 835577,0 II. Gibrid (aralash) koʻchma televizion stansiyasi (KTS) 1. Shassi 1 78 561,0 2. Kuzov qurilmasi 30 47 375,0 3. Elektr bilan taʼminlash tizimi 15 38 075,0 4. Konditsionerlash tizimi 2 14 156,0 5. Kabel barabanlari 21 21 351,0 6. Simlik studiya kamera tizimlari 54 169 730,0 7. Simsiz kamera tizimlari 66 115 404,0 8. Burchakka yoʻnaltirilgan va dinamik mikrofonlar 18 7 016,0 9. Obyektivlar va xotira kartalari 46 104 929,0 10. TV xonalari video uskunalari 37 119 644,0 11. TV xonalari ovoz uskunalari 46 59 846,0 12. Qabul qilish-uzatish uskunalari 58 136 331,0 13. Mediakontentni boshqarish va qayta ishlash tizimlari 41 208 091,0 14. Zarur installyatsiya materiallari, hujjatlar va xizmatlar — 381 795,0 15. Transportirovka vasugʻurtalash — 158 632,0 16. Zavod sinovlari, loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish — 85 487,0 Hammasi boʻlib 438 1 746 423,0 Jami 1316 4 582 000,0 Moliyaviy chegirma - 82 000,0 Jami summa 4 500 000,0
Izoh: Yakuniy qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda import shartnomasi ekspertiza qilingandan keyin aniqlanadi.
