Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida (PF-5095-son)
27.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish va davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning barcha tashkiliy boʻgʻinlari va bosqichlarida moliyalashtirishning uzviy va samarali yagona tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, agrosanoat majmuasi tovar ishlab chiqaruvchilari texnika parkini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish texnikasi bilan tubdan yangilash va jihozlash maqsadida:
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Jamgʻarma, toʻlov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PF-5095-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-martdagi PF-4786-sonli Farmoni.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.
