Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (429-son)
27.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
429-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 429-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandida:
a) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “aloqa tashkilotlari” soʻzlari “pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “g” kichik bandning oltinchi xatboshidagi “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJ” soʻzlari “Pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
