Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (431-son)
16.09.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-bandning ikkinchi xatboshida “va Davlat bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandda “va Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-sentabr,
431-son
