Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (2343-2-son)
22.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2343-2]
Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343, 2012-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyun,
82-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-iyundagi 82-son buyrugʻiga ILOVA
Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 4-banddagi “ilova” degan soʻz “1-ilova” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Har yili 15-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagilarni:
soliq maslahatchilari tashkilotlari — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari toʻgʻrisida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan oʻtishi haqida axborotni;
soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida boʻlmagan soliq maslahatchilari — malaka oshirish maxsus kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxalarini taqdim etadilar.”.
3. Ilova belgisidagi “ilova” degan soʻz “1-ilova” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan toʻldirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
2017-yil 19-iyun
Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha ILOVA
“Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari toʻgʻrisida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan oʻtishi haqida
AXBOROT
Soliq maslahatchilari tashkiloti ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (toʻliq nomi) STIR _____________ T/r Soliq maslahatchining F.I.O. Soliq maslahatchining STIR Ishga qabul qilingan sana/ yoki shartnoma raqami va sana Malaka oshirish maxsus kurslarida oʻquv oʻtkazilgan sana Taʼlim muassasasini toʻliq nomi Soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida boʻlgan soliq maslahatchilari 1. 2. 3. 4. …. Fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma boʻyicha ishlayotgan soliq maslahatchilari 1. 2. 3. 4. ….. Soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari _______________ (imzo) _______________________________________ (F.I.O.) M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)”.
