Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (264-son)
10.07.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 10-iyul,
264-son
