Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (392-son)
20.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 80-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 392-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Idoralararo tender komissiyasining ijobiy qarori asosida tuzilgan (ular boʻyicha imzolangan protokol mavjud boʻlgan), Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi/raisining oʻrinbosari tomonidan kelishilgan (viza qoʻyilgan) import kontraktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan 3 ish kuni mobaynida, ularni qoʻshimcha ekspertizadan oʻtkazmasdan xulosalar beriladi yoki roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda kelib tushgan takliflarning narxlar boʻyicha parametrlarini baholash tender savdolari doirasida idoralararo tender komissiyasi huzurida tashkil qilinadigan ishchi organ tomonidan kelib tushgan takliflarni baholash davrida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
idoralararo tender komissiyasi ishchi organ xulosalari va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan kelib tushgan takliflarning narxi boʻyicha parametrlarini baholash asosida qaror qabul qiladi”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Idoralararo tender komissiyalari raislari va kotiblari zimmasiga quyidagilar yuzasidan javobgarlik yuklansin:
investitsiya loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan tarmoq jadvallarni inobatga olgan holda komissiyalarning majlislarini oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ishchi organlar tomonidan tender (tanlov) hujjatlari paketlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish;
ishchi organlar tomonidan majlis kun tartibi boʻyicha materiallarni idoralararo tender komissiyasining barcha aʼzolariga majlislar oʻtkazilishidan 10 kun oldin yuborish;
majlislarda idoralararo tender komissiyasi barcha aʼzolarining doimiy ishtirokini taʼminlash;
idoralararo tender komissiyasi majlislari protokollarini qatʼiyan majlis oʻtkazilgan kunda rasmiylashtirish;
oʻtkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot taqdim etish”.
3. Quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
“51. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun idoralararo tender (tanlov) savdolari majlislarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida har chorakda axborot kiritsin.”
4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasining
tarkibi
Ibragimov Gʻ.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Mirzamaxmudov J.T. — Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi lavozimi boʻyicha — Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Asamov D.D. — Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori Xoshimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shokirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Shukurov G.X. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — “Oʻzmilliybank” raisining birinchi oʻrinbosari Yakubov Sh.I — “Oʻzsanoatqurilishbank” raisining oʻrinbosari Xaitov A.A. — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Joʻrayev Sh.X. — Davlat raqobat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Dexkanov D.T. — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
5. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasining
tarkibi
Rozukulov U.U. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Rafikov A.V. — Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi lavozimi boʻyicha — Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Yuldashev A.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xoshimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Qosimov R.K. — “Asaka” banki raisining birinchi oʻrinbosari Mirsaidov J.G. — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari Sharipov O.B. — Iqtisodiyot vazirligining Bosh boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — Davlat raqobat qoʻmitasining Bosh boshqarma boshligʻi Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Yuldashev O.M. — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ bosh direktori lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
6. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasining
tarkibi
Ramatov A.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Maxkamov I.R. — Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi Tursunov Y.E. — Moliya vazirining oʻrinbosari Yuldashev A.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xoshimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Saliyev M.A. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Vafayev Sh.A. — Oʻzb�kiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari Mirsaidov J.G. — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — “Oʻzmilliybank” raisining birinchi oʻrinbosari Yakubov Sh.I — “Oʻzsanoatqurilishbank” raisining oʻrinbosari Yunusov J.B. — Davlat raqobat qoʻmitasining Bosh boshqarma boshligʻi Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — Iqtisodiyot vazirligining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
7. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasining
tarkibi
Mirzayev Z.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Mustafayev O.S. — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Abdurazakov Sh.Sh. — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi Xamrayev Sh.R. — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Mirzayev M.M. — Moliya vazirining oʻrinbosari Yuldashev A.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xoshimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Saliyev M.A. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Mirsaidov J.G. — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — “Oʻzmilliybank” raisining oʻrinbosari Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — Iqtisodiyot vazirligining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi Xaitmetov E.S. — Davlat raqobat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
8. 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasining
tarkibi
Kurbanov R.J. — Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Rizayev K.S. — Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiya kotibi Xaydarov A.Y. — Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari Raimov B.Y. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shakirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Xaitov A.A. — “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Saidxodjayev M.Sh. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining boshqarma boshligʻi Kamaletdinov U. — Davlat raqobat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
9. Quyidagi mazmundagi 5a-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga 5a-ILOVA
“Sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasi
TARKIBI
Shadmanov A.K. — sogʻliqni saqlash vaziri, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Rizayev K.S. — Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi Xaydarov A.Y. — Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari Raimov B.Y. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shakirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Xaitov A.A. — “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Saidxodjayev M.Sh. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining boshqarma boshligʻi Kamaletdinov U. — Davlat raqobat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
10. 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasi
TARKIBI
Inoyatov U.I. — Xalq taʼlimi vaziri, idoralararo tender komissiyasi raisi Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Nabiyev D.X. — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi Xaydarov A.Y. — Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari Raimov B.Y. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xashimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shakirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Xaitov A.A. — “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Kamaletdinov U. — Davlat raqobat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
11. 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasi
TARKIBI
Shermatov Sh.X. — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi, idoralararo tender komissiyasi raisi Sadikov Sh.M. — Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari ATD mudiri, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Burnashev Sh.R. — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, idoralararo tender komissiyasi raisining oʻrinbosari Yuldashev K.A. — Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari ATD shuʼba mudiri, idoralararo tender komissiyasi kotibi Tursunov Y.E. — Moliya vazirining oʻrinbosari Shakirov X.A. — Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Xashimov Sh.R. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Saliyev M.A. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Aminov R.A. — Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — “Oʻzmilliybank” raisining birinchi oʻrinbosari Mirsaidov J.G. — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari Togʻayev S.U. — Adliya vazirligining boshqarma boshligʻi Narimov R.K. — Iqtisodiyot vazirligining boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha — loyiha tashkiloti rahbari lavozimi boʻyicha — buyurtmachi tashkilot rahbari
Izoh. Idoralararo tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi”.
12. 8-ilovada:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Buyurtmachi (buyurtmachi tashkilot) hisoblanadigan vazirlik yoki idora tender (tanlov) savdolari oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha ishchi organ tarkibiga doir takliflarni keyinchalik idoralararo tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi”;
b) 13-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tashkil qiladi” soʻzlari “ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun idoralararo tender komissiyasiga kiritadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“idoralararo tender komissiyasi majlisini oʻtkazishdan 10 kun oldin kun tartibidagi koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha materiallarni uning aʼzolariga oldindan tanishish uchun yuboradi”;
sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “majlisdan keyin uch kun mobaynida” soʻzlari “majlis oʻtkazilgan kunda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 25-banddagi “uning toʻgʻrisidagi” soʻzlari “tender (tanlov) savdolari natijalari toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 27-banddagi “muvofiq” soʻzidan keyin “buyurtmachi tashkilot va ishchi organ tomonidan tegishli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallarini hisobga olgan holda materiallar tayyorlanishiga koʻra” soʻzlari qoʻshilsin.
