2017-2021-yillarda koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi toʻgʻrisida (PQ-3054-son)
13.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Keyingi yillarda koʻmir sanoatida geologiya qidiruv va kon yuzini ochish ishlarini jadallashtirish, koʻmir konlarining yangi ufqlarini ishlab chiqishga faol jalb etish yoʻli orqali koʻmir qazib olish zaxiralari va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy yangilanishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 2013 — 2018-yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 161-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturini amalga oshirish natijasida kon yuzini ochish ishlari hajmlari 2012-yildagi 14,2 mln kub.mga qaraganda 2016-yilda 20,9 mln. kub.mni tashkil qildi, koʻmirni qazib olish hajmlari 125 ming tonnaga oshdi va 3,9 mln tonnani tashkil etdi, tovar mahsulotlarining oʻsish hajmlari 111,2 foiz darajasida taʼminlandi.
Shu bilan birga “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan belgilangan Dasturni bajarish holatining tanqidiy tahlili unda koʻrsatilgan parametrlar va muddatlardan qolib ketish va jiddiy kamchiliklar mavjudligini keltirib chiqardi. 9 ta investitsiya loyihasidan 5 tasini amalga oshirishda orqada qolib ketilgan. Mavjud texnika parki va turkum-uzatuv konveyer liniyalaridan samarasiz foydalanish, sust ishlab chiqarish intizomi, yangi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni oʻz vaqtida xarid qilinilishining taʼminlanmaganligi oqibatida kon yuzini ochish ishlari hajmlari boʻyicha 128,9 mln. kub. m. koʻmir — 4,0 mln. tonna yoʻl-yoʻlakay ajratib olinadigan kaolinning — 320,5 ming. tonnasini qazib olishda orqada qolingan.
Koʻmir tarmoqlari korxonalarini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirish, ustuvor investitsiya loyihalarini ildam amalga oshirish, 2017 — 2021-yillar mobaynida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va aholi ehtiyojlari uchun prognoz qilinayotgan istiqboldagi talabni hisobga olgan holda, koʻmir va koʻmir mahsulotlarini qazib olish va yetkazib berish hajmlari suratlarini oshirish maqsadida:
1. 2013 — 2018-yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni tashkil etmaganligi uchun “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori Sh. Pulatovga hayfsan eʼlon qilinsin.
2. Respublika koʻmir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
zamonaviy yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega togʻ texnikasi va uskunalaridan foydalanish hisobiga oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda koʻmir sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
yangi konlarni ishlab chiqishga jalb etish yoʻli orqali, jumladan, koʻmirni yer ostidan qazib olishni joriy etishni nazarda tutgan holda, koʻmir sanoatining xom ashyo bazasini kengaytirish;
togʻ-kon ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi talablariga soʻzsiz rioya etgan holda kon yuzini ochish ishlari hajmlari bilan bir vaqtning oʻzida koʻmir qazib olish suratlarini oshirish;
koʻmir sanoati va yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan foydali qazilmalarning xom ashyo bazasidan oqilona foydalanish;
kuz-qish davridagi ehtiyojlarni toʻliq hajmda qondirilishini nazarda tutgan holda, respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va aholiga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish va sotish tizimini tubdan takomillashtirish;
koʻmir mahsulotlari sifatini belgilash boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni, shuningdek, qattiq yoqilgʻiga boʻlgan aholining ehtiyoji va uning sifatiga boʻlgan talabni real vaqt miqyosida oʻrganish uchun soʻrovlar oʻtkazishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirishga, koʻmirni yer qaʼridan qazib olish sohasida talab etilayotgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni oʻz ichiga olgan koʻmir sanoati korxonalari kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
3. “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda tasdiqlansin:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi korxonalari tomonidan bajariladigan koʻmirni aniqlash boʻyicha geologiya qidiruv ishlarini olib borish hajmlarining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda kon yuzini ochish ishlari hamda koʻmirni qazib olish hajmlarining maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda yangi koʻmirni qayta ishlash korxonalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda koʻmir tarmogʻi korxonalari uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha maqsadli parametrlar 4-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekkoʻmir” AJ rahbarlari zimmasiga, Dasturda nazarda tutilgan maqsadli parametrlar va investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilayotgan kreditlarni (qarzlarni) oʻz vaqtida va toʻliq hajmda qaytarishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
2-ilovada nazarda tutilgan, 2017 — 2021-yillarda kon yuzini ochish ishlarini hamda koʻmirni qazib olish boʻyicha maqsadli parametrlarga erishishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini;
3-ilovaga kiritilgan har bir investitsiya loyihasi boʻyicha, ularda TIAlarni ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini nazarda tutib, koʻmir qazib olishning tannarxini pasaytirish va togʻ-kon ishlarini xavfsiz olib borishni taʼminlaydigan ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiya va uskunalarni joriy etish orqali “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
yetkazib berilayotgan uskuna va texnologiyalarni, mazkur koʻrinishdagi yetakchi texnologiyalar va uskunalarga jahon bozorlari talablariga, shuningdek, jahon narx-navosi darajasiga mos kelishi parametrlarining muvofiqligi boʻyicha tender hujjatlarni;
mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tuzilgan import shartnomalari boʻyicha xulosalarni bergan holda uskunalar, texnika, texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx-navo parametrlarini belgilangan tartibda puxta ekspertiza qilinishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi koʻmirning ulgurji chiqish narxiga qoʻshimcha belgilangan maxsus ustamadan tushadigan “Oʻzbekkoʻmir” AJning shaxsiy mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2017 va keyingi yillarda geologiya qidiruv Dasturiga mazkur qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlari kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ 2018-yilning 1-yanvarigacha loyiha oldi hujjatlari parametrlaridan kelib chiqqan holda “Angren” konini qurish” va “Nish-Bosh” konini qurish” yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari boʻyicha, jumladan, xalqaro moliya institutlari, hukumat moliya tashkilotlarining investitsiyalarini jalb qilishni nazarda tutadigan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzbekkoʻmir” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan uskunalar, butlovchilar va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Quyidagilarga:
a) “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargunkoʻmir” AJga — mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan, “Angren” konini qurish”, “Nish-Bosh” konini qurish” hamda “Shargunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:
xorijning ilgʻor loyiha institutlari va konsalting kompaniyalari bilan yuqorida qayd etilgan loyihalarni ekspertiza qilish, konsalting va texnik hamrohlik qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalarini tuzishga;
2019-yilning 1-yanvarigacha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga;
qurilish ishlarini oʻz kuchlari bilan amalga oshirish va zarur hollarda tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida subpudrat ishlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa respublika tashkilotlarini jalb etishga;
b) “Oʻzbekkoʻmir” AJga — mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan, “Maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni (almashtirish) yangilash”, “Oʻzbekkoʻmir” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini qoʻllab-quvvatlash”, ““Oʻzbekkoʻmir” AJning temir yoʻl xoʻjaligini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:
eng afzal takliflarni tanlab olish asosida, tushirishdan oldingi inspeksiyani albatta oʻtkazgan holda, togʻ-kon va transport texnikasi, texnologik uskuna, transport vositalari, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchilar, dasturiy taʼminot, texnik hamda loyiha hujjatlari, xizmatlar koʻrsatishni xarid qilishga ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dillerlari bilan shartnomalar tuzishga;
mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tayyorlagan holda, loyiha oldi hujjatlarini bir tomonlama tartibda ishlab chiqishni amalga oshirishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari tasdiqlanganiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida ekspertizadan oʻtgan, imzolangan import shartnomalari boʻyicha moliyalashtirishni ochishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda investitsiya loyihalarni amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni hamda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilishi nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan, “Maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni (almashtirish) yangilash”, “Oʻzbekkoʻmir” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini qoʻllab-quvvatlash”, ““Oʻzbekkoʻmir” AJning temir yoʻl xoʻjaligini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan olib kiriladigan, (shu jumladan, vaqtincha olib kiriladigan) respublikada ishlab chiqarilmaydigan, togʻ-kon va transport texnikasi, texnologik uskuna, transport vositalari, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchilar, dasturiy taʼminot, texnik hamda loyiha hujjatlari 2021-yilning 31-dekabrigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasb Klassifikatori” asosida koʻmir sanoati uchun malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha oliy taʼlimning yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, yoʻnalishlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kasb-hunar va mutaxassisliklari, ularni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlarining aniq roʻyxatini belgilasin, tarmoq korxonalarida taʼlim olish, amaliyot va stajirovkalarni majburiy oʻtashni oʻz ichiga olgan, zamonaviy talab va xalqaro tajribalarni hisobga olgan ularga doir taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
har yili turdosh oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda, koʻmir sanoatining malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olsin;
tanlagan kasblari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini “Oʻzbekkoʻmir” AJ korxonalari va tashkilotlariga ishga joylashtirish yuzasidan eng avvalo oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining javobgarligini nazorat qilish va kuchaytirishning taʼsirchan mexanizmlarini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekkoʻmir” AJning talabnomalariga koʻra, mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihasini amalga oshirishda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekkoʻmir” AJning talabnomalariga koʻra, mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihasini amalga oshirishda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda davlat boji undirilmagan holda koʻp marotabalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida roʻyxatga olish va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekkoʻmir” AJning talabnomalariga koʻra, mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan topilmagan) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalarni berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, yuqorida qayd etilgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borishga huquq beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddatini uzaytirishni) taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi “2013 — 2018-yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” 161-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyun,
PQ-3054-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-son qaroriga1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi korxonalari tomonidan bajariladigan koʻmirni aniqlash boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hajmlarining
MAQSADLI PARAMETRLARI
Obyektlar nomi Ishlar bosqichi Ishlar turi, oʻlchov birligi Prognoz Kutilayotgan zaxiralar, resurslar 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Qoʻngʻir koʻmir 1. Angren koni Nish-Bosh maydoni Toʻliq oʻrganish Parmalash ming pog.m 3,1 3,0 - - - Zaxiralar — 156,8 mln. tonna 2. Gʻarbiy Oʻzbekiston Orolboʻyi, Gʻarbiy Qizilqum maydonlari Qidiruv va baholash ishlari Parmalash ming pog.m - 10,0 20,0 25,0 25,0 Zaxiralar — 500,0 mln. tonna Maʼlumot: ishlar tugashi 2022-y. (parmalash 20,1 ming pog.m tashkil etadi) Toshkoʻmir Janubiy Oʻzbekiston Gurud maydoni, “Nilu” uchastkasi Mufassal baholash Parmalash ming pog.m - 0,78 - 0,52 0,26 Zaxiralar — 27,0 mln. tonna Maʼlumot: ishlar tugashi 2022-y. (togʻ ishlari — 1,63 ming pog.m) Togʻ ishlari ming pog.m - 1,2 1,3 1,3 1,13 Janubiy Machetli maydoni, “Fangart”, “Hovuz” va boshqa uchastkalar Dastlabki baho Parmalash ming pog.m - - - - 0,36 Resurslar — 143,9 mln. tonna Maʼlumot: ishlar tugashi 2023-y. (parmalash — 1,82 ming pog.m, togʻ ishlari — 1,74 ming pog.m) Togʻ ishlari ming pog.m - - - 0,5 0,86 Yakuniy: Parmalash ming pog.m 3,1 13,8 20,0 25,5 25,6 Zaxiralar — 723,8 mln. tonna Resurslar — 233,9 mln. tonna Togʻ ishlari ming pog.m - 1,2 1,3 1,80 1,99
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-son qaroriga2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda kon yuzini ochish ishlari hamda koʻmirni qazib olish hajmlarining
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi 2016-yil (amalda) 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2021-yilda oʻsish (2016-yilga nisbatan) 1. Kon yuzini ochish jami ming kub.m 20 898,0 22 280,0 25 780,0 26 780,0 27 280,0 27 780,0 1,3 baravar shu jumladan: “Angren” razrezi ming kub.m 19 627,0 21 000,0 24 500,0 25 500,0 26 000,0 26 500,0 “Apartak” razrezi ming kub.m 1 271,0 1 280,0 1 280,0 1 280,0 1 280,0 1 280,0 Kon yuzini ochish koeffitsiyenti 5,7 6,0 6,7 6,7 6,7 6,7 2. Koʻmir qazib olish jami ming tonna 3 877,0 3 920,0 4 180,0 4 590,0 6 070,0 8 270,0 2,1 baravar shu jumladan: ochiq usulda ming tonna 3 667,0 3 720,0 3 870,0 3 970,0 4 070,0 4 170,0 1,1 baravar “Angren” razrezi ming tonna 3 505,0 3 550,0 3 700,0 3 800,0 3 900,0 4 000,0 “Apartak” razrezi ming tonna 162,0 170,0 170,0 170,0 170,0 170,0 yer osti usulida ming tonna 210,0 200,0 270,0 490,0 740,0 1030,0 4,9 baravar “Nish-Bosh” shaxtasi** ming tonna - - - - 40,0 130,0 “Yer osti ishlari” filiali ming tonna 50,0 40,0 40,0 40,0 - - “Shargʻunkoʻmir” AJ ming tonna 160,0 160,0 230,0 450,0 700,0 900,0
* Koʻmir qazib chiqarish hajmlari loyihaning DTIAsiga muvofiq.
** Koʻmir qazib chiqarish hajmlari loyihaning DTIAsi tasdiqlangandan soʻng aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-son qaroriga3-ILOVA
2017 — 2021-yillarda yangi koʻmirni qayta ishlash korxonalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarining
ROʻYXATI
mln. dollar T/r Loyiha nomi Loyiha quvvati Amalga oshirish muddati Loyihaning umumiy qiymati* 2017 — 2021-yillarda oʻzlashtirish prognozi shu jumladan yillar boʻyicha 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Jami 420,3 305,8 102,5 53,2 39,5 42,9 67,7 shaxsiy mablagʻlar 2017 — 2021-y. 37,1 31,6 - 4 7 6,7 13,9 xorijiy investitsiyalar va kreditlar (qarzlar) 238,7 139,9 47,4 22 20,4 17,5 32,6 OʻTTJ kreditlari 50,3 41,1 - 15,4 - 4,5 21,2 tijorat banklari kreditlari 94,1 93,2 55,1 11,8 12,1 14,2 - 1. Oʻtuvchi loyihalar 232,26 231,36 87,7 53,2 39,5 20,9 28,0 1. “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilib, loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonna toshkoʻmir qazib chiqarishga yetkazish 900,0 ming tn koʻmir 2017 — 2020-y. 105,5 105,5 52,1 26,0 27,4 - - shaxsiy mablagʻlar 11,0 11,0 - 4,0 7,0 - - tijorat banklari kreditlari 4,7 4,7 4,7 - - - - Eksimbanka (XXR) qarzi 89,8 89,8 47,4 22,0 20,4 - - 2. Maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash (almashtirish) Eskirgan uskunalarni almashtirish 2017 — 2021-y. 47,8 47,8 24,9 7,5 - 11,2 4,2 shaxsiy mablagʻlar 4 g 4,2 - - - - 4,2 OʻTTJ kreditlari 7,5 7,5 - 7,5 - - - tijorat banklari kreditlari 36,1 36,1 24,9 - - 11,2 - 3. “Oʻzbekkoʻmir” AJning ishlab chiqarish quvvatini qoʻllab-quvvatlash Eskirgan uskunalarni almashtirish 2017 — 2021-y. 31,4 31,4 7,2 5,8 5,3 6,7 6,4 shaxsiy mablagʻlar 13,1 13,1 - - - 6,7 6,4 tijorat banklari kreditlari 18,3 18,3 7,2 5,8 5,3 - - 4. “Oʻzbekkoʻmir” AJning temir yoʻl xoʻjaligini modernizatsiyalash obyekt 2017 — 2021-y. 44,5 44,5 3,4 13,9 6,8 3,0 17,4 kredit OʻTTJ 25,3 25,3 - 7,9 - - 17,4 5. tijorat banklari kreditlari 19,2 19,2 3,4 6,0 6,8 3,0 - Kompleks integratsiyalashgan axborot tizimi (YEKR)ni tatbiq etish obyekt 2017-y. 3,0 2,1 2,1 - - - - tijorat banklari kreditlari 3,0 2,1 2,1 - - - - II Yangi loyihalar 188,0 74,5 12,8 - - 22,0 39,7 1. “Nish-Bosh” shaxtasi qurilishi Loyiha bilan belgilanadi 2020 ― 2023-y. 175,2 61,7 - - - 22,0 39,7 shaxsiy mablagʻlar 8,8 3,3 - - - - 3,3 xorijiy investitsiyalar va kreditlar (qarzlar) 148,9 50,1 - - - 17,5 32,6 kredit OʻTTJ 17,5 8,3 - - - 4,5 3,8 2. 84 ta koʻmir omborxonalari qurilishi va ularni jihozlash 84 koʻmir omborxona-lari 2017-y. 12,8 12,8 12,8 - - - - tijorat banklari kreditlari 12,8 12,8 12,8 - - - -
* Loyihalarning uzil-kesil qiymati va moliyalashtirish manbalari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shartnomalar tuzish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-son qaroriga4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda koʻmir tarmogʻi korxonalari uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha
MAQSADLI PARAMETLAR
nafar T/r Mutaxassislik/kasb nomi Jami Shu jumladan: 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Magistratura: 1. Konlarni qazish ishlari (ochiq usulda) 5 1 1 1 1 1 2. Konlarni qazish ishlari (yer osti usulda) 18 - 2 4 6 6 3. Marksheyderlik ishi 10 2 2 2 2 2 Magistratura boʻyicha jami 33 3 5 7 9 9 Bakalavriat: 4. Geologiya 7 - 1 2 2 2 5. Energetika 10 2 2 2 2 2 6. Yer usti transport tizimlari (avtomobil va temir yoʻl transporti) 52 11 11 10 10 10 7. Transport vositalarini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash (avtomobil va temir yoʻl transporti) 42 9 9 8 8 8 8. Yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etish hamda transport logistikasi (avtomobil va temir yoʻl transporti) 30 6 6 6 6 6 9. Temir yoʻllar, koʻpriklar va tunnellar qurilishi 10 2 2 2 2 2 10. Temir yoʻllarni ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash va loyihalash 8 2 2 1 2 1 11. Yuk va yoʻlovchi tashish jarayonini boshqarishning avtomotlashtirilgan tizimlari (avtomobil va temir yoʻl transporti) 30 6 6 6 6 6 12. Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya, konchilik elektromexanikasi 19 4 3 4 4 4 13. Konchilik ishi (foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazish, foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazish, marksheyderlik ishi) 36 7 7 8 7 7 Bakalavriat boʻyicha jami 244 49 49 49 49 48 Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi: 14. Parchalash qurilmasi mashinisti 10 2 2 2 2 2 15. Otval hosil qilish mashinisti 10 2 2 2 2 2 16. Qayta yuklovchi mexanizm mashinisti 10 2 2 2 2 2 17. Ekskavator mashinisti 23 4 4 5 5 5 18. Parmalash qurilmasi mashinisti 12 2 2 3 3 2 19. Nasos qurilmasi mashinisti 18 3 3 4 4 4 20. Buldozer mashinisti 24 3 3 6 6 6 21. Konchilik karyer uskunasi, elektr chilangar 13 2 2 3 3 3 22. Konchilik uskunalarini taʼmirlash chilangari 11 1 1 3 3 3 23. Elektrogaz payvandchi 17 2 2 4 4 5 24. Gʻisht teruvchi, betonchi, suvoqchi-boʻyoqchi 8 1 1 2 2 2 25. Yer osti tozalash zaboyining kon ishchisi 162 - - 55 55 52 26. Yer osti lahmchisi 342 - - 116 116 110 27. Yer osti elektr chilangari 178 - - 57 61 60 28. Konchilik ishlarida taʼmirlash boʻyicha yer osti kon ishchisi 54 - - 20 19 15 29. Qazuvchi kombaynning yer osti mashinisti 54 - - 20 19 15 30. Lahm kombaynining yer osti mashinisti 61 - - 22 22 17 31. Lentali konveyrning yer osti mashinisti 61 - - 22 22 17 32. Qayta yuklash texnikasining yer osti mashinisti 22 - - 11 11 - 33. Yetkazib beruvchi mashinaning yer osti mashinisti 45 - - 20 25 - 34. Kompressor qurilmasi mashinisti 37 - - 18 19 - Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻyicha jami 1 172 24 24 397 405 322 Barcha mutaxassisliklar/kasblar boʻyicha jami 1 449 76 78 453 463 379
