2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul toʻgʻrisida (381-son)
15.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari 1-ilovaga muvofiq;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 381-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari
T/r Mutaxassislik shifri Mutaxassisliklar nomi Jami Shu jumladan: davlat granti toʻlov-kontrakt 1. 5A 230701 Bank ishi (faoliyat turlari boʻyicha) 55 18 37 2. 5A 230702 Bank hisobi va audit 12 5 7 3. 5A 230603 Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun) 27 7 20 4. 5A 230603 Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun) 13 3 10 5. 5A 230601 Davlat moliyasini boshqarish 33 17 16 6. 5A 230602 Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori 10 2 8 7. 5A 230902 Audit (moliya sohasida) 5 3 2 8. 5A 231201 Sugʻurta ishi 10 - 10 9. 5A 231301 Pensiya ishi 15 10 5 10. 5A 230801 Soliqlar va soliqqa tortish 20 10 10 Jami: 200 75 125
Izoh: “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosida: 2 (ikkita) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun, 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun, 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun va 1 (bitta) oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi uchun maqsadli ravishda ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 381-son qaroriga 2-ILOVA
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi
T/r Vazirlik, idora va korxonalarning nomlari jami Shu jumladan: davlat granti toʻlov-kontrakt 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 1 1 - 2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 1 1 - 3. Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 1 1 - 4. “Oʻzbekneftgaz” MXK 3 - 3 5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2 - 2 6. “Oʻzyengilsanoat” AJ 1 - 1 7. “Oʻzavtosanoat” AK 2 - 2 8. “Navoiy KMK” DK 2 - 2 JAMI: 13 3 10
