“91-modda. Sanoat, roʻzgʻor chiqindilari va boshqa chiqindilarni tashish, joylashtirish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmib tashlash chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-436-son) · Sana: 13.06.2017 · Amalda
Sanoat, roʻzgʻor chiqindilari va boshqa chiqindilarni tashish, joylashtirish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmib tashlash chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 101-moddaning:
dispozitsiyasi “asboblariga” degan soʻzdan keyin “shu jumladan ularning plombalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) quyidagi mazmundagi 1162-modda bilan toʻldirilsin:
