“271-modda. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlarining kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-436-son) · Sana: 13.06.2017 · Amalda
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash, ular taʼlim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari sotib olish uchun nafaqa toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 23-moddaning beshinchi qismidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–229-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 10, 382-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “Madaniyat va sport ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
