“121-modda. Madaniyat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-436-son) · Sana: 13.06.2017 · Amalda
Madaniyat organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar oʻrtasida badiiy ijodiyot, xalq va havaskorlik ijodiyoti targʻibotini amalga oshiradi;
yoshlar oʻrtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼatni, sirk, xalq amaliy sanʼatini va estrada sanʼatini rivojlantirishga, ularning gʻoyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oshirishga koʻmaklashadi;
yoshlar oʻrtasidagi ommaviy-madaniy va bayram tadbirlari gʻoyaviy mazmun bilan toʻldirilishini taʼminlaydi, ijodiy uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
yoshlar oʻrtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda, konferensiyalar va koʻrgazmalar oʻtkazishda ishtirok etadi;
ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi, ularning oʻz iqtidori va isteʼdodini toʻlaqonli namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
ijodiy safarlar tashkil etilishini hamda madaniyat sohasida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻriklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa tadbirlarda iqtidorli va isteʼdodli yoshlarning ishtirok etishini taʼminlaydi;
milliy oʻzlikni anglashda mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot gʻoyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar oʻrtasida maʼrifiy ishlarni amalga oshiradi;
xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashadi;
yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Madaniyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–407-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda) 13-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
