Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida (360-son)
06.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish shaffofligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tusidagi hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Shu bilan birga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovning shaxsiy masʼuliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruxsat berish tartib-taomillari tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish taʼminlanmagan.
Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining oʻz vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini taʼminlamaganligi uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovga hayfsan eʼlon qilinsin.
2. Quyidagilar:
Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyun,
360-son
