21-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida (O‘RQ-431-son) · Sana: 31.05.2017 · Amalda
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi Konstitutsiyaviy sudning roziligisiz jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Konstitutsiyaviy sud sudyasini majburiy keltirish, ushlab turish, xuddi shuningdek uning shaxsiy ashyolarini, bagajini, transportini, uy-joyini, xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
