“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-164-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (633-III-son)
24.11.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi tomonidan 2016-yil 14-oktabrda kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-164-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-noyabr,
633-III-son
