Qurbon hayitni nishonlash toʻgʻrisida (92-son)
23.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-martga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini eʼtiborga olib, 2001-yil 6-mart dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 23-fevral,
92-son
