2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining budjeti va bolalar sporti obyektlari hamda suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ-2961-son)
06.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Bolalar sportini keng koʻlamda, tizimli va barcha joylarda rivojlantirish, respublikaning hududlarida, shu jumladan, qishloq joylarda bolalar sporti inshootlari tarmogʻini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishiga keng jalb qilishni taʼminlash, shu asosda barkamol rivojlangan va jismonan sogʻlom oʻspirin avlodni tarbiyalashning muhim barqaror omillarini shakllantirish maqsadida:
1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) xayriya yordamini 1 — 3-ilovalarga muvofiq miqdorda ixtiyoriy asosda yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda xayriya yordami mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha tashkiliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin va Jamgʻarma daromadlarini yakuniy shakllantirish natijalari asosida Jamgʻarmaning Homiylik kengashiga tegishli axborotni taqdim etsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari 4-5-ilovalarga muvofiq;
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar:
2017-yilning 20-mayigacha Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan tashkilotlarni jalb etgan holda, 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan manzilli dasturga kiritilgan obyektlar boʻyicha tanlov savdolarini yakunlash va pudrat shartnomalarini tuzish;
6-ilovaga kiritilgan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini namunaviy loyihalarga qatʼiy muvofiq ravishda, shaharsozlik norma va qoidalari, ekspluatatsiya xavfsizligiga rioya etgan holda amalga oshirish, shuningdek, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining zimmasiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatlarni 2017-yilning 25-mayiga qadar tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tasdiqlangan hududiy manzilli roʻyxatlar asosida 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlanishini moliyalashtirish hamda ularni obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida bir martalik avans bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Jamgʻarma bilan hamkorlikda buyurtmachilar va pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, shu jumladan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar, shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatiga qoʻyiladigan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tegishli axborot taqdim etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi 2017-yilda foydalanishga topshiriladigan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini belgilangan talab va standartlarga muvofiq zarur uskuna va anjomlar bilan oʻz vaqtida jihozlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilning har choragi yakuni boʻyicha Jamgʻarma hududiy filiallarining bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishda va smeta xarajatlariga rioya etilishida tekshiruv oʻtkazilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlar natijalari yuzasidan Jamgʻarma Homiylik kengashiga axborot bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish va zarur uskuna hamda anjomlar bilan jihozlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va oʻz majlislarida bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan manzilli dastur bajarilishini har chorakda koʻrib chiqsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-may,
PQ-2961-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2017-yilda respublika tashkilotlaridan tushadigan xayriya mablagʻlarining
HAJMI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga respublika hududlari kesimida 2017-yilda hududiy tashkilotlardan tushadigan xayriya mablagʻlarining
HAJMI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2017-yilda xorijiy investorlardan tushadigan mablagʻlar
HAJMI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining (milliy valyutada)
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining (xorijiy valyutada)
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha
MANZILLI DASTURI
