Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2946-son)
02.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ijtimoiy va muhandislik-transport infrastrukturasining jadal rivojlantirish, aholini arzon va shinam uy-joy bilan taʼminlash, taʼlim va tibbiyot muassasalari tarmoqlarini kengaytirish davlat dasturlarini amalga oshirishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida loyiha-qidiruv ishlarining barqaror oʻsishiga olib keldi.
Shu bilan birga, loyihalash sohasidagi vaziyat amalga oshirilayotgan investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirishga va loyiha-qidiruv ishlari sifatini taʼminlashga toʻsiq boʻlayotgan jiddiy kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Respublikamiz hududlarida texnik jihozlash va kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, shuningdek, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni yuqori sifatini taʼminlash imkoniga ega zamon talablariga javob beradigan loyiha institutlarining mavjud emasligi jiddiy kamchiliklardan biri hisoblanadi.
Yosh istiqbolli loyihachi kadrlarni jalb etishga yetarli eʼtibor qaratilmayotgani, respublikamizning ushbu yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarida ularni tayyorlash sifatining talab darajasida emasligi natijasida aksariyat loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi past darajadaligicha qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirokini taʼminlash, moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqiladigan loyihalar sifatini jiddiy oshirish, shuningdek, shahar qurilishiga, arxitektura va texnik qaror qabul qilish darajasi va sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining respublika yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlar sifatini oshirish boʻyicha ishlari qoniqarsiz, deb topilsin.
2. Loyiha-qidiruv ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
qurilishning ilgʻor uslublarini, zamonaviy va energiya samarador qurilish materiallarining turlarini loyiha yechimlariga ustuvor tatbiq etish;
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartiblarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilgʻor litsenziyali dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;
yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qoʻllashni koʻzda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy meʼyorlar va standartlarni joriy qilish;
namunaviy loyihalashtirishdan yanada keng foydalanish;
loyihalarni optimallashtirish va qiymatini pasaytirish;
qurilishning barcha bosqichlarida sifatli avtorlik nazoratini taʼminlash, uning belgilangan standartlar, meʼyorlar va tartiblariga moslashtirish;
loyiha tashkilotlari rahbarlari va loyiha tashkilotlarining barcha yetakchi mutaxassislarining kasbiy darajasini tubdan oshirish, yosh iqtidorli mutaxassislarni jalb etish, uzluksiz taʼlim va malaka oshirish tizimini yaratish.
3. Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — kompleks tadbirlar) 1-ilovaga muvofiq, tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
amaldagi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish;
respublika hududlarida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil etish;
loyiha-qidiruv tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash;
loyiha tashkilotlari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida:
“OʻzshaharsozlikLITI” DUKning filiallari 2-ilovaga muvofiq;
amaldagi litsenziyali loyiha tashkilotlari bazasida yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlarini 3-ilovaga muvofiq tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
5. Respublika hududlarida tashkil etiladigan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
aholi punktlari hududlarini qurishni rivojlantirish hujjatlarini ishlab chiqish;
transport va yoʻl qurilishi obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini, magistral muhandislik tarmoqlarini, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlari bilan birga, qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududiy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va ularni uy-joy qurilishi obyektlarini loyihalash sohasida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan toʻldirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, tegishli mutaxassislar bilan toʻldirilganligi, moddiy-texnik jihozlanganligi, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasi boʻyicha yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini oʻrganish va muvofiqlashtirishni;
oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar berish;
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda respublika hududlarida namunaviy tuzilmasi va Nizomini tasdiqlangan holda, uning filiallarini ochishni taʼminlasin.
7. Vazirliklar, idoralar va taʼsischi xoʻjalik birlashmalar rahbarlari hamda yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari aksionerlariga quyidagilar boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:
yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari ishlarini faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha muvofiqlashtirish;
ularni yuqori malakali boshqaruv va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlash;
yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini joylashtirishni taʼminlash;
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
moliya-xoʻjalik faoliyatining ahvoli;
2018-yilning 1-yanvarigacha loyiha tashkilotlarida ISO-9000 turdagi sifat tizimi sertifikatini bosqichma-bosqich joriy etish.
8. Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, jumladan, mazkur qaror doirasida respublika mintaqalarida qaytadan tashkil etilayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 3 yil muddatga:
foyda soligʻi, asosiy faoliyat turi boʻyicha mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat ulushi boʻyicha toʻlanadigan dividendlardan boʻshagan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tashkilotlar mutaxassislarini malakasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda, soliq toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, roʻyxat boʻyicha, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar, asboblar, ehtiyot qismlar, buyumlar toʻplami bilan birga chet eldan keltiriladigan maxsus texnika uchun bojxona toʻlovlaridan (boj yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-847-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-may,
PQ-2946-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 1-ILOVA
Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
KOMPLEKS TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli (mexanizmi) Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda ular ishtirokini faollashtirish 1. Respublikaning yetakchi loyiha tashkilotlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Respublikaning yetakchi loyiha tashkilotlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalashtiri� tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzining moddiy bazasini mustahkamlash yuzasidan litsenziya majburiyatlarini hisobga olib joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017-yil iyul Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari 2. Loyiha-qidiruv tashkilotlarining reyting baholash tizimini tartibga solish Loyiha tashkilotlarini Reyting baholash ularning faoliyatini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi Nizomni takomillashtirish, uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish 2017-yil sentyabr Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari 3. Qurilish sohasida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni joriy etishda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish Texnik tartibga solish va fan boʻlimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil iyul Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarida texnik tartibga solish va fan boʻlinmalarini tashkil etish 2017-yil avgust-sentyabr Ilmiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnik va eksperimental bazasini kengaytirish 2017-yil oktyabr Qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni joriy etishning oʻrta muddatli dasturi loyihasini ishlab chiqish 2017-yil oktyabr Ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy materiallarni joriy etish boʻyicha idoralararo ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental bazalarini tashkil etish. 2018-yil fevral 4. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga texnik vazifalarni shakllantirish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish Vazirlik va idoralar huzurida tegishli ixtisoslik boʻyicha texnik kengashlarni tashkil qilish. Vakolatli organlarda faqat tarmoq texnik kengashining ijobiy qarori boʻlgan taqdirdagina koʻrib chiqishni texnik vazifalarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatish. Qurilish qiymati dastlabki hisob-kitobining majburiy ilovasi. Texnik vazifalarni ishlab chiqishda majburiy talablarni oʻrnatish. 2017-yil aprel-may, keyinchalik doimiy Vazirlik va idoralar — buyurtmachilar 5. Namunaviy loyihalar, uzellar va detallarning yagona elektron bazasini yaratish. 2017 — 2019-yillarda loyiha tashkilotlarining AKTlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish 2017-yil noyabrda qabul qilish, 2018-yil davomida amalga oshirish Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari 6. Davarxitektqurilish buyurtmalariga binoan amaldagi qurilish norma va qoidalarini qayta ishlash va oʻzgartirishlar kiritish hamda yangilarini ishlab chiqish Amaldagi qurilish norma va qoidalarini, shu jumladan, texnik reglamentlarni qayta ishlash va oʻzgartirishlar kiritish hamda yangilarini ishlab chiqishga ajratiladigan, moliyaviy mablagʻlar kvotalarini koʻpaytirish har yil dekabrgacha Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar II. Respublika hududlarida loyiha institutlari filiallarini tashkil etish 7. Respublikaning barcha hududlarida (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari) “OʻzshaharsozlikLITI” DUK filiallarini tashkil etish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK filiallari faoliyatini tashkil etish 2017-yil may — sentyabr “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Davarxitektqurilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirla� Kengashi, viloyatlar hokimliklari Filiallar va ularning namunaviy tuzilmalari toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil may Filiallarni konkurs asosida ixtisoslashgan oliy maʼlumotli va amaliy loyiha ish tajribasi kamida 5 yil boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarni tanlash orqali tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish 2017-yil may — sentyabr “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Davarxitektqurilish “OʻzshaharsozlikLITI” DUK filiallarini zamonaviy tashkiliy texnika, texnologiyalar, avtomatlashtirish tizimlari va materiallar bilan jihozlash 2017-yil “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Davarxitektqurilish “OʻzshaharsozlikLITI” DUK va filiallarining buyurtmalar portfelini shakllantirishda koʻmaklashish doimiy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Davarxitektqurilish 8. Samarqand shahrida “Toshkentboshplan LITI” DUK filialini tashkil qilish Samarqand shahrida “Toshkentboshplan LITI” DUK filiali faoliyatini tashkillashtirish 2017-yil may — sentyabr “Toshkentboshplan LITI” DUK, Davarxitektqurilish Filial va uning tuzilmasi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil may Filialni ixtisoslashgan oliy maʼlumotli va amaliy loyiha ish tajribasi kamida 5 yil boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarni tanlash orqali tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish 2017-yil iyul — avgust “Toshkentboshplan LITI” DUK, Davarxitektqurilish “Toshkentboshplan LITI” DUK filialini operativ boshqaruvga berish bilan birga zarur boʻlgan ishlab chiqarish joylari bilan taʼminlash 2017-yil sentyabr Samarqand viloyati hokimligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, “Toshkentboshplan LITI” DUK “Toshkentboshplan LITI” DUK filialini zamonaviy tashkiliy texnika, texnologiyalar, avtomatlashtirish vositalari va materiallar bilan jihozlash 2017-2018-yillarda “Toshkentboshplan LITI” DUK, Davarxitektqurilish, Samarqand viloyati hokimligi “Toshkentboshplan LITI” DUK filialining buyurtmalar portfelini doimiy shakllantirishda koʻmaklashish doimiy Samarqand sh. hokimligi, vazirlik va idoralar, “Toshkentboshplan LITI” DUK, Davarxitektqurilish 9. Respublika hududlarida “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ filiallarini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ filiallari faoliyatini tashkil etish 2017-yil aprel-may Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ Filiallar toʻgʻrisida Nizomlar va ularning namunaviy tuzilmalarini ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil aprel-may Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ filiallarini keyinchalik operativ boshqaruvga bepul berish bilan birga zarur boʻlgan ishlab chiqarish joylari bilan taʼminlash 2017-yil may Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ Filiallarni ixtisoslashgan oliy maʼlumotli va amaliy loyiha ish tajribasi kamida 5 yil boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarni tanlash orqali tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish 2017-yil may Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ filiallarini zamonaviy texnika, texnologiya va materiallar bilan jihozlash 2017-2018-yillarda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ va filiallarining buyurtmalar portfelini doimiy shakllantirishda koʻmaklashish doimiy Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar 10. Toshkent shahrida shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan taʼminlash sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha “OʻzGAShKLITI” DUK oʻquv markazini tashkil qilish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish 2017-yil sentyabr Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi III. Respublika hududlarida zamonaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini tashkil qilish 11. Amaldagi litsenziyali loyiha tashkilotlari negizida hududiy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini tashkil qilish Taʼsis hujjatlariga ularning qayta tashkil etilganligini eʼtiborga olgan holda oʻzgartirishlar kiritish 2017-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini ixtisoslashgan oliy maʼlumotli va amaliy loyiha ish tajribasi kamida 5 yil boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarni tanlash orqali tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish Yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlari, Davarxitektqurilish 12. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Zamonaviy tashkiliy texnika, texnologiyalar, avtomatlashtirish tizimlari va materiallar bilan jihozlash 2017-2018-yillarda Yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlari, Davarxitektqurilish 13. Faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Buyurtmalar portfelini doimiy shakllantirishda koʻmaklashish doimiy Davarxitektqurilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar IV. Loyiha-qidiruv tashkilotlarini professional tayyorgarlik koʻrgan va yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash 14. Loyiha-qidiruv tashkilotlari loyihalarining rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlari malakasini oshirish, sertifikatlashtirish va attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash Loyiha-qidiruv tashkilotlari loyihalarining rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom asosida idoraviy normativ hujjatni tasdiqlash 2017-yil oktyabr Davarxitektqurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari 15. Loyiha tashkilotlariga iqtidorli talabalarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish Yosh mutaxassislarni tanlash, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va mehnat faoliyatini monitoring qilish, shuningdek, amaliy faoliyatni hisobot olgan holda oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha loyiha tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlarining oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida idoralararo bitimni ishlab chiqish 2017-yil dekabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davarxitektqurilish, respublika oliy taʼlim muassasalari, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari 16. Mutaxassislar malakasini tizimli ravishda oshirish, shu jumladan, ularni yetakchi xorijiy ilmiy-loyiha markazlariga stajirovkaga yuborish orqali Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash har yili Loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar, Davarxitektqurilish 17. Sanoat, qishloq xoʻjaligi va fuqarolar uy-joy qurilishini loyihalash boʻyicha leksiya va amaliy mashgʻulotlarning oʻquv yuklamalarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻquv dasturlarini takomillashtirish Tegishli fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash 2017/2018 oʻquv yili davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Davarxitektqurilish, e�akchi loyiha-qidiruv tashkilotlari V. Loyiha tashkilotlari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash 18. Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash Zamonaviy tashkiliy texnika, dasturiy mahsulotlar, texnologiyalar, avtomatlashtirish tizimlari va materiallar bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash 2017-yil, may, keyinchalik chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar, Davarxitektqurilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika hududlarida tashkil etiladigan “OʻzshaharsozlikLITI” DUK instituti filiallari
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Filial nomi Filial joylashuvi* Faoliyat yoʻnalishlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus Nukus sh., Beruniy koʻch. (OʻzGAShKLITI binosi) Mintaqa hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisida hujjatlar ishlab chi�ish. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisida hujjatlar ishlab chiqish. Aholi punktlari hududlarini obod qilish toʻgʻrisida hujjatlar ishlab chiqish. Fuqarolar uy-joyi, sanoat obyektlari va komplekslarini qurishga, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirishga oid bilan birga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Andijon viloyati Andijon Andijon sh., Boburshoh koʻch., 2 3. Buxoro viloyati Buxoro Buxoro sh., Afrosiyob koʻch., 333 4. Jizzax viloyati Jizzax Jizzax sh., Sh. Rashidov koʻch., 63-a 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi Qarshi sh., Oʻzbekiston koʻch., 222-a 6. Navoiy viloyati Navoiy Navoiy sh., S. Ayniy koʻch., 52 7. Namangan viloyati Namangan Namangan sh., Namangoniy koʻch., 18 8. Samarqand viloyati Samarqand Samarqand sh., Firdavsiy koʻch., 77 9. Sirdaryo viloyati Sirdaryo Guliston sh., Xondamir koʻch. (GU AS binosi) 10. Surxondaryo viloyati Surxondaryo Termiz sh.,. Xaitqulov koʻch., 26-a 11. Fargʻona viloyati Fargʻona Fargʻona sh., P. Mahmud koʻch., 25 12. Xorazm viloyati Xorazm Urganch sh., A. Qodiriy koʻch., 102
* maydonlar ajratilganidan soʻng, filiallar joylashuvi oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 3-ILOVA
Amaldagi litsenziyalangan loyiha tashkilotlari negizida bunyod etiladigan hududiy yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Tashkilotlar nomi Joylashuvi Xodimlar soni Faoliyat turi Faoliyatning qoʻshimcha turlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Universal loyiha smeta” MChJ Nukus sh., Gʻarezsizlik koʻch., 65 25 Fuqarolar uy-joyi, sanoat obyektlari va komplekslarini qurishga, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalash bilan birga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisida hujjatlar ishlab chiqish. Aholi punktlari hududlarini obod qilish toʻgʻrisida hujjatlar ishlab chiqish. Transport va yoʻl qurilishi obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalash bilan birga qurish, tiklash va taʼmirlash. “QQshaharqishloqloyiha” MChJ Nukus sh., Shomurotov koʻch., 86 37 2. Andijon viloyati “Andijon fuqaroloyiha” MChJ Andijon sh., Boburshoh koʻch., 2 50 “Andijon xoʻjaroloyiha” MChJ Andijon sh., Fitrat koʻch., 214 50 3. Buxoro viloyati “Buxoro ELITI” MChJ Buxoro sh., Mustaqillik koʻch., 3 30 “Buxoroloyiha” MChJ Buxoro sh., Xalqlar doʻstligi koʻch., 4 25 4. Jizzax viloyati “Jizzax bunyodkor loyiha” MChJ Jizzax sh., Sh. Rashidov koʻch., 63 25 “Jizzax tadqiqot” MChJ Jizzax sh., Navoiy koʻch., 3a 30 5. Qashqadaryo viloyati “Qashqadaryo qurilish loyiha servis” MChJ Qarshi sh., Sharq koʻch., 7 25 “Qarshi tadqiqot konstruksiya” MChJ Qarshi sh., Oʻzbekiston koʻch., 234-2 30 6. Navoiy viloyati “Navoiy shaharsozlik loyihalash instituti” MChJ Navoiy sh., A.Temur koʻch.,4 48 “Navoiy fuqaroloyiha” MChJ Navoiy sh., Gʻalaba koʻch., 216-S 46 7. Namangan viloyati “Namangan sanoatloyiha” MPXF Namangan sh., N. Namangoniy koʻch., 18 25 “Kelajak-S” MPXF Namangan sh., N. Namangoniy koʻch., 18 30 8. Samarqand viloyati “Meʼmor qurilishloyiha” MChJ Samarqand sh., A. Ikromov koʻch., 1 47 “Parviz loyiha servis” MChJ Samarqand sh., Boʻstonsaroy koʻch., 80-A 25 9. Surxondaryo viloyati “Surxonloyiha” korxonasi Termiz sh., A. Navoiy koʻch., 28 25 “Uyjoysanoatsuv-qurilish” XK Termiz sh., M. Qahhor koʻch., 14 60 10. Sirdaryo viloyati “Mirzachoʻlagro qurilishloyiha” MChJ Guliston sh., Mustaqillik koʻch., 38/18 25 “Sirdaryo-loyiha” MChJ Guliston sh., Axtamov koʻch., 30 30 11. Toshkent viloyati “RIVS-loyiha” AJ Olmaliq sh., A.Temur koʻch., 53 25 “Odina loyiha” MChJ Yangiyoʻl sh., Samarqand koʻch., 174 25 12. Fargʻona viloyati “Fargʻona fuqaroloyiha” MChJ Fargʻona sh., Fargʻona koʻch., 82 25 “Qoʻqon Loyiha-Qurilish” MChJ Qoʻqon sh., A.T. Xoʻqandiy, 130-b 25 13. Xorazm viloyati “Loyiha qurilishlyuks” XK Urganch sh., Al-Xorazmiy koʻch., 62 25 “Xorazm loyihaqurilish” korxonasi Urganch sh., Al-Xorazmiy koʻch., 23 25
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-847-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “tashkilotlar” soʻzidan oldin “Davarxitektqurilish qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 1. “OʻzInjiniring” RLI 2. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK 3. “OʻzGAShKLITI” DUK 4. “ToshkentboshplanLITI” DUK 5. “Qishloq qurilish loyiha” MChJ 6. “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ 7. “Tashgiprogor” AJ 8. “ToshuyjoyLITI” AJ 9. “Boshtransloyiha” AJ 10. “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ 11. “Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ 12. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK 13. “OʻzLITIneftgaz” AJ 14. “Oʻzyengilsanoatloyiha” MChJ 15. “Oʻzbek kommunal loyiha qurilish” MChJ 16. “Oʻzgazloyiha” MChJ 17. “Qishloqenergoloyiha” AJ 18. “Issiqlikelektrloyiha” AJ 19. “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ 20. “Gidroloyiha” AJ 21. “Aloqaloyiha” DUK 22. “OʻzGIP” MChJ 23. “Oʻzsuvloyiha” AJ 24. “Suvsanoatfuqaroli” MChJ 25. “Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ 26. “Oʻztibloyiha” MChJ 27. “Harbiyloyiha” DK 28. “Chegaraloyiha” MChJ 29. “Sredazenergosetproyekt” AJ 30. “QurilishmaterialLITI” MChJ ”.
