Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (629-III-son)
24.11.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida. 2. “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi QL-163-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish). 3. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-164-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish). 4. “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish). 5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish). 6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-166-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-noyabr,
629-III-son
