Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2936-son)
01.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
7. Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
shaharsozlik, shaharsozlik normalari toʻgʻrisidagi qonunchilikka, qoidalar va standartlarga rioya etish nazoratini taʼminlash;
hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini sifatli ishlab chiqishni taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatini oʻtkazish va texnik jihatdan tartibga solish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish;
arxitektura, loyiha ishi va qurilish sohalarida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish;
Qurilish vazirligi tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash.
Qurilish vazirligi masʼul ijrochilar — manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, belgilangan muddatlarda tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-may,
PQ-2936-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish boʻyicha
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli (mexanizmi) Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar I. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etish nazoratini kuchaytirish 1. Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazoratni taʼminlash boʻyicha davlat arxitektura-qurilish nazoratining qilish masʼuliyatini kuchaytirish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori va ShNQ 1.03.07-2010 “Qurilish obyekti ustidan mualliflik va texnik nazorat toʻgʻrisida Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kirit�sh 2017-yil, iyul Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar 2. Qurilish obyektlarining murakkablik (xatarlilik) darajasiga koʻra qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan tekshirishlar oʻtkazish tartibini oʻrnatish, bunda: murakkablik (xatarlilik) darajasiga koʻratekshirishlarni tayinlashning mezonlarini aniqlash; tekshirishlar oʻtkazish (nazorat funksiyalarini amalga oshirish) muddatlarini nazarda tutish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2017-yil, iyun Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi 3. Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish-montaj ishlari sifa�ini nazorat qilishdagi roli va masʼuliyatini oshirish. “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish (Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 2017-yil, iyul Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi,Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi 4. Obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlarini kafolat muddati davomida nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish tartibi oʻrnatilishini nazarda tutuvchi reglamentni ishlab chiqish. Reglament ishlab chiqish 2017-yil, sentyabr Markaziy bank, Davarxitekqurilish 5. Qonunchilikda belgilangan jarima stavkalarini koʻtarish orqali shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan jismoniy va mansabdor shaxslar javobgarligini oshirish. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish 2017-yil, dekabr Davarxitektqurilish, Adliya vazirligi II. Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish 6. Markazlashtirilgan manbalar va mahalliy budjet hisobiga moliyalashtiriladigan hududlarni rivojlantirishni va rejalashtirish ularda qurilish ishlarini olib borishni boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyalariniQoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilishi qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga topshirish. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga oʻzgart�sh va qoʻshimchalar kiritish 2017-yil, sentyabr Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi 7. Shaharlarva shaharposyolkalarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, barcha toifadagi qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida respublika budjeti mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash. Davarxitektqurilish, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 8. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini taqdim etishning amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqish, bundan kuzatilgan maqsad, yer uchastkalarini tanlash va ajratishga oid materiallarni tayyorlash hamda vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini tartibga solish va amaldagi mexanizmning shaffofligi va avtomatlashtirilishini taʼminlab, ushbu xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish tartibini joriy etishdan ibora�dir. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish 2017-yil, iyun Davarxitekqurilish, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar III. Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishning normativ bazasini takomillashtirish 9. Shaharsozlik, loyihalashtirish, qurilish hamda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlarni oʻtkazish. Mavzular boʻyicha ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish Dasturni amalga oshirish 2017-yil, noyabr 2017 — 2020-yillar Davarxitektqurilish, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar 10. Innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribani har tomonlama oʻrganish asosida loyihalashtirish va qurilishda qoʻllaniladigan shaharsozlik norma, qoida va standartlarni yangilash. Shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini xatlovdan oʻtkazish Shaharsozlik norma va qoidalarini yangilash dasturini ishlab chiqish 2017-yil, iyun 2017 — 2020-yillar Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar 11. Loyihalashtirish davomiyligi normalari va loyiha-qidiruv ishlari qiymatini aniqlash tartibini normalarini ishlab chiqish. Shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish 2018-yil, mart Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari 12. Vazirlik va idoralar huzurida texnik jihatdan tartibga solishning normativ hujjatlarini tizimli yangilash, qayta ishlash va tasdiqlash masalalari boʻyicha tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini tashkil qilish. Vazirlik va idoralar buyrugʻi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish 2017-yil, may 2017-yil, iyun Davarxitektqurilish, vazirlik va idoralar, loyiha-qidiruv institutlari Vazirlik va idoralar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida loyihalashtirish va qurilishda qoʻllaniladigan idoraviy normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va Davarxitektqurilishga kelishish uchun taqdim qilish. IV. Ishlab chiqarilayotgan loyiha mahsulotlarining sifatini yaxshilashga moʻljallangan yangi metodika va texnologiyalarni joriy etish 13. Avtomatlashtirilgan loyihalashtirishni va zamonaviy litsenzion dasturiy mahsulotlarni, istiqbolli texnik va texnologik yechimlarni, energiya va resurs tejaydigan yuqori texnologiyali materiallar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017-yil, iyul 2017 — 2019-yillar Qurilish vazirligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik vaidoralar 14. Loyihalarni ishlab chiqishda texnik vazifalarni shakllantirish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, bunda: buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga texnik vazifani ishlab chiqishning aniq va asoslangan muddatlarini belgilash; loyihalarni ishlab chiqishda tegishli tarmoq texnik kengashining qarorisiz va tasdiqlovchi hujjatlarsiz texnik vazifalarni vakolatli organlarga kiritish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqa boshlashni man qilish. Shaharsozlik norma va qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish 2017-yil, avgust Davarxitektqurilish, loyiha-qidiruv tashkilotlari 15. Elektron tashuvchi vositalarda berilgan (elektron formatda) loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibini amaliyotga joriy etish. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish 2017-2018-yillar Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, loyiha-qidiruv institutlari, vazirlik va idoralar V. Arxitektura-qurilish sohasiga mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash 16. Oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qurilish mutaxassisliklari ishchilarini oʻqitish va malakasini oshirish, bunda quyidagilar inobatga olinadi: oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni oʻrganish kursini kiritish; Toshkent arxitektura va qurilish instituti hamda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish; kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini qayta koʻrib chiqish. Koʻshma qaror 2017-yil, oktyabr Davarxitektqurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 17. Oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini bevosita ishlab chiqarishda – loyiha tashkilotlarida, qurilayotgan obyektlarda va qurilish industriyasi korxonalarida oʻtash boʻyicha oʻzaro hamkorlik mexanizmini nazarda tutgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish doimiy Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar 18. Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qoshida Arxitektorlar, loyihalovchilar, muhandis-quruvchilar va buyurtmachi tashkilotlarning mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2017-yil, iyul Davarxitektqurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 19. Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari negizida loyihalovchi — mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli ravishda tashkillashtirish. “OʻzGAShKLITI” DUK, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, “Qishloqqurilishloyiha” MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari huzurida oʻquv-maslahat markazlarini tashkil qilish. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish doimiy Qurilish vazirligi, loyiha-qidiruv tashkilotlari, vazirlik va idoralar 20. Oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi-professorlari, ilmiy xodimlari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkillashtirish, iqtidorli talabalarni xorijiy yetakchi taʼlim muassasalariga oʻqish va stajirovkaga yuborish boʻyicha takliflar tayyorlash. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish doimiy Qurilish vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 21. Xorijda stajirovkalar tashkillashtirish va chet eldagi taʼlim muassasalari hamda loyiha tashkilotlarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilish orqali loyiha- qidiruv tashkilotlari arxitektorlari, loyihalovchilari va texnik xodimlarining malakasi, kasbiy mahorati va ijodiy faolligini oshirish. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish doimiy Qurilish vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti VI. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi tarkibi boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash 22. Davarxitektqurilish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib, qoʻmitaning barcha tarkibiy boʻlinmalarini to tuman boʻgʻinlarigacha korporativ tarmoqqa ulagan holda shaharsozlik faoliyati sohasida yagona axborot resursini yaratish. Quyidagilarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish: qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarini kompyuter uskunalari, tashkiliy texnika va litsenzion dasturiy mahsulotlar bilan moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash; qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tegishli dasturiy taʼminotni oʻrnatish va interfaol xizmatlar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; aholi va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” yagona markazlari orqali interfaol xizmatlar koʻrsatish. Davarxitektqurish tizimida AKTni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish 2017-yil may-iyunda ishlab chiqish 2017-2018-yillarda amalga oshirish Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar 23. Davlat arxitetura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarini: zamonaviy laboratoriya-sinov uskunalari; qurilish materiallari va konstruksiyalarini putur yetmaydigan usullar bilan ekspress-tahlil qilish boʻyicha nazorat-oʻlchov priborlari bilan jihozlash; qurilish maydonlarida qurilish konstruksiyalariniputur yetmaydigan usullar bilan tekshirish boʻyicha mobil laboratoriyalar tashkil etish. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 2017-yil may-iyunda ishlab chiqish 2017-2018-yillarda amalga oshirish Qurilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-771-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi 441-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 165-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 538-son qarori, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 358-son qarorining 12-ilovasi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 222-son qarorining 1-ilovasi.
