Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2885-son)
16.05.2017
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2885]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
15-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
125-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
2017/10-3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
2017-09-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
01-02/8-8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 14-apreldagi 15, 125, 2017/10-3, 2017-09 va 01-02/8-8-son qaroriga ILOVA
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar jumlasiga hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushumlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi.
Ushbu korxonalarga quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari beriladi:
a) quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
mol-mulk soligʻi;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilish;
b) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzi uchun ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xomashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona toʻlovlarini toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 60 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirish. Kechiktirib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan xomashyo va materiallar roʻyxatiga kiritilmagan xomashyo, materiallar va furnituralarga beriladi.
2. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) asosan boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, ularni taqdim etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish tartibi yuqorida qayd etilgan Nizom bilan tartibga solinadi.
2-bob. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash
3. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
4. Mazkur Nizom 1-bandining “b” kichik bandidagi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat olish uchun korxonalar tomonidan bojxona organlariga Bojxona kodeksining 330-moddasiga asosan hujjatlar taqdim etiladi.
5. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun imtiyozlardan foydalangan korxonalar yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.
6. Agar hisobot yili yakunlari boʻyicha korxona taqdim etilgan maʼlumotnoma hisob-kitobga asosan imtiyoz berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanmaganda) soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, ularni oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda, budjetga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklanib bekor qilinadi.
Korxonalar imtiyozlardan foydalanish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda avval toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini undirish choralarini koʻrish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
7. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
9. Mazkur Nizom “Oʻzbekyengilsanoat” AJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisi I. XAYDAROV
2017-yil 14-aprel
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan tovar guruhlarining
ROʻYXATI
Tovar guruhi Imtiyoz qoʻllaniladigan tovarlar nomi I. Tayyor ip-gazlama matolar (chit va satindan tashqari) Astarbop mato Tik matosi Koʻylakbop, shu jumladan, aralashma toladan Koʻylakbop mato (ayollar) Flanel, bumazeya (Pahmoq, bumazey) Jinsi matosi Sochiqbop gazlama (vafel) Sochiqbop gazlama (pahmoqli) Diagonal gazlamasi Gabardin Poplin Mitkal II. Tayyor aralashma matolar Aralashmali gazlamalarning barcha turlari III. Tayyor shoyi (atlasdan tashqari) matolar Krep shifon gazlamasi Krep jorjet gazlamasi Krepdeshin Alpak Pardabop Astarbop Baxmal IV. Tayyor tikuvchilik buyumlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlari) Yostiqlar Matratslar Adyollar Choyshab Koʻrpa-toʻshak komplektlari (choyshablar, koʻrpajildlar, yostiq jildlari) Sochiqlar Turli xil gʻiloflar Pardalar Darpardalar Parterlar Dasturxonlar Salfetkalar Tentlar Turli xil chodirlar Uxlash uchun qoplar Pledlar Konvertlar Ayollar koʻylagi Pidjaklar Xalatlar Bluzkalar va koftalar Yubkalar Plashlar Kostyumlar Erkaklar koʻylagi Kurtkalar Shimlar Palto va yarimpalto Milliy kiyimlar Tungi koʻylaklar Ishchi va maxsus kiyim Vetrovkalar Chaqaloqlar uchun kiyim Maktab formasi Turli xil fartuklar Roʻmollar Shorti Trusik Sport kostyumlari, shimi va trikosi Turli xil qoʻlqoplar Bolonkalar Bushlatlar Kitellar Xomiladorlar uchun kiyim Jiletlar Jaketlar Sarafanlar Pijama Ichki kiyim (kalson va rubaxa) Bolero Kapri Tunika Syurtuk Shorti yubka Pelerina Sultankalar Bridji Kapyushonli va kapyushonsiz jemperlar Maykalar Kombinezonlar va yarim kombinezonlar Fufaykalar Futbolkalar Bodalar Polzunkalar Vodolazkalar Sviterlar Puloverlar Pantalonlar Reytuzalar Trikotaj toʻqilgan qoʻlqoplar Changʻichilar kostyumi Varejka va qalpoqlar “Polo” erkaklar koʻylagi “Polo” ayollar koʻylagi Penyuarlar Kombinatsiyalar Choʻmilish kostyumlari Plavkalar Legenslar V. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari) Shlyapalar, beretalar, qalpoqlar, kepkalar, telpaklar VI. Paypoq buyumlari Kolgotkalar Bolalar va ayollar uzun paypoqlari Paypoqlar Golfilar Getra VII. Toʻqimachilik attorlik buyumlari Turli bosh kiyimlar (roʻmollar) Sharflar Dastroʻmollar Boʻyinbogʻlar Korset mahsulotlari Oshxona matolari (dasturxonlar, salfetkalar) Uchburchak roʻmollar Dorojkalar Yopinchiqlar Choyshab Darpardalar Gilamchalar Matodan ishlangan abajurlar Sumkalar Gamaklar va setkalar Qoʻlda toʻqish uchun ip-kalava Tikuv iplar VIII. Tikuv-trikotaj sanoati uchun furnitura va aksessuarlar Toʻqima yozuvli toʻqima yorliqlar Bosma yozuvli toʻqima yorliqlar Karton yoki qogʻozdan tayyorlangan bosma yorliqlar va etiketkalar Karton yoki qogʻozdan tayyorlangan bosma yorliqlar va etiketkalar (yopishqoq) Shevron Kolechkalar Blochkalar Xalnitenlar Karabinlar Velkro lentasi Munchoqlar Yaltiroq furnituralar Tugmachalar Zamoklar Zanjirsimon yopqichlar Zastejkalar Toʻqalar Toʻgʻnogʻichlar va bezaklar Knopkalar Ilmoqlar Lentalar Rezina shnurlar Bogʻichlar Arqonlar Kanat arqonlar Shpagat Zontlar uchun gʻiloflar Manjetlar Yoqalar Metrli lentalar, rezinali proderjka, har xil tesma, baxrama-popuklar Tyul-gardin anjomlari, krujeva (bezak toʻrlar) Tekstil shnurlari
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2 ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, qq-01, 2019-51 va 01-02/8-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2885-1, 22.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son)
