Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PQ-2878-son qarori) (281-son)
12.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PQ-2878-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
281-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)” 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
