Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (363-son)
22.10.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, ilova qilinayotgan roʻyxatga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin boʻlgan ayrim turlari bundan mustasno”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-oktabr,
363-son
