“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida (253-son)
30.06.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 28-iyundagi PF-2647-son Farmoniga muvofiq hamda respublika telekommunikatsiyalar tizimini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi unga:
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari mol-mulkini;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
4. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tugatilayotgan “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirgan 4-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimida mustaqil amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsis majlisi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, rahbar organlari tuzilishini va uning ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin;
2001-yil 1-yanvargacha mustaqil baholash kompaniyalarini jalb qilgan holda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga berilayotgan mol-mulk qiymatini va aksiyalar paketlarini baholasin, shuningdek “Oʻzbektelekom” kompaniyasi aksiyalarini xorijiy investorlarga sotishga tayyorlash uchun xalqaro moliyaviy maslahatchini jalb etsin;
2001-yil 1-aprelgacha “Oʻzbektelekom” kompaniyasining xorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalari paketlarini tender savdolariga qoʻysin.
7. Hukumat qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-iyun,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 4-ILOVA
“Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqariladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar
Roʻyxati
I. Davlat korxonalari
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korxonasi
Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi
II. Aksiyadorlik jamiyatlari
“Aloqainvest”
“Sanoataloqa”
“RRENOS” ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi
“Avtoaloqa”
“Elektraloqataʼminot”
“Oʻzimpeksaloqa”
III. Qoʻshma korxonalar
“Aloqa-DEU”
“Kamalak-TV”
“Oʻzdunrobita”
“Oʻzyoʻldoshaloqa”
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori 4-bandi 2-xat boshining birinchi jumlasi, 5-bandining 3-xat boshi, qarorga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b-ilovalar, 6-ilova 1-boʻlimining 1 va 2-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Udinet” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyati shart-sharoitlari toʻgʻrisida” 1997-yil 20-oktabrdagi 479-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 5 va 5a-ilovalardagi “Xabar” gazetasi (kompaniyaning uyushgan aʼzosi)” va “Xabar” gazetasi” soʻzlari tegishlicha chiqarib tashlansin.
