Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (446-III-son)
05.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qoʻshma qarorlari tasdiqlansin:
2016-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan qayd etilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni hal etish uchun takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning takliflari toʻgʻrisida”gi 441-III/KQ-86-III-sonli Qoʻshma Qarori;
2016-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 442-III/KQ-87-III-sonli Qoʻshma qarori.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-may,
446-III-son
