Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida (KQ-107-III-son)
18.10.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi 2016-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining qoʻllanish tartibi haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
4. “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmita raisini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-oktabr,
KQ-107-III-son
