Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlar haqidagi axboroti toʻgʻrisida (KQ-98-III-son)
23.08.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlar haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-avgustdagi KQ-95-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha masala kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining Kotibiyatini:
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari (Kotibiyat rahbari) Ataniyazova Oral Aminovna — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori Mavlonov Shavkat Teshayevich — Buxoro viloyati Peshku tumani hokimidan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazorat qiluvchi guruhni:
Baxronov Toxir Saidovich — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Buxoro xalqaro aeroporti direktori (guruh rahbari) Xolboyev Normumin Yaxshiyevich — Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimi Yuldasheva Tojibar Oʻktamovna — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi “Birlashgan” qishloq fuqarolar yigʻini raisidan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin.
5. Ovozlarni hisoblashning elektron tizimida nosozlik vujudga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining Sanoq komissiyasini:
Ortikov Baxtiyar Begimkulovich — Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi (komissiya raisi) Maksudov Muxammadjon — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali davlat unitar korxonasi direktori Sattorova Gulchehra Xayitovna — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabi direktoridan iborat tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklif kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-avgust,
KQ-98-III-son
