Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida (KQ-95-III-son)
05.08.2016
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi 2016-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida chaqirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlariga hamda kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan maʼruza toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
2. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
3. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
4. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
5. “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
6. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga parlament soʻrovlarini yuborish toʻgʻrisida.
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-avgust,
KQ-95-III-son
