Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-5040-son)
10.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-may,
PF-5040-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidan “yoki qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 31-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 25-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin.
