Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ103-III-son)
25.08.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2016-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan qayd etilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni hal etish uchun takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning takliflari toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
2016-yil 30-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2015-yil 26-maydagi 141-III/QQ-19-III-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
2016-yil 23-avgustda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi R. Norboʻtayev toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-avgust,
SQ-103-III-son
