Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-93-III-son)
24.08.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlariga hamda kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan maʼruza toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
2. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
3. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
4. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
5. “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
6. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga parlament soʻrovlarini yuborish toʻgʻrisida.
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-avgust,
SQ-93-III-son
