“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida (243-son)
26.06.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlariga reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
2. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini taʼminlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin.
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining koʻrsatib oʻtilgan organlari bir oy muddatda oʻzlarining amaldagi nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-iyun,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ILOVA
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
ROʻYXATI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
