2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida (PQ-2941-son)
02.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda respublika hududlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, kasblari va ixtisosliklari boʻyicha kasbiy tayyorlangan mutaxassislarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha, istiqbolda moʻljallanayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini aniq kasb va ixtisosliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini qayta ixtisoslashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylarni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish hisobga olingan taklifi 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.
3. 2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilishning umumiy parametrlari (keyingi oʻrinlarda qabulning umumiy parametrlari deb ataladi), shuningdek hududlar boʻyicha qabul kvotalari 2 va 2.1 — 2.14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bir oy muddatda oxirgi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni puxta tahlil qilishdan kelib chiqqan holda qabulning umumiy parametrlari asosida viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga oʻqishga qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Bunda:
oʻquvchilar va ularning ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga boʻlgan xohishini, taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnik baza mavjudligini hisobga olib umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga;
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchi qizlari talab etilgan kasblarni egallashlarini nazarda tutgan holda, ular akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga toʻliq qamrab olinishiga alohida eʼtibor berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, tumanlar (shaharlar) hokimliklari, bandlikka koʻmaklashish markazlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor subyektlar ishtirokida 9-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari bilan oʻquvchilarning qiziqishlari va layoqatlariga muvofiq taʼlim yoʻnalishlari va kasblar ongli tanlashini, ularning keyingi ishga joylashishi va xizmat mavqeyi oʻsishini, shuningdek kasbga yoʻnaltirish ishlarining shakl va usullari, sifat darajasini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hisobidan tizimli kasbga yoʻnaltirish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabulning umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda oʻqishga qabul qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 10-avgustigacha boʻlgan muddatda yakuniy axborot taqdim etsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga:
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar va ularning ota-onalari tanlagan yoʻnalish va kasblar boʻyicha oʻqishga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek iqtisodiyot sohalari va xoʻjalik subyektlari — hududlardagi potensial ish beruvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli kadrlarga boʻlgan real joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash;
har bir kasb-hunar kolleji oʻquvchisini kasb-hunar kollejiga oʻqishga kirgan kundan boshlab kelgusida egallaydigan kasbi, ixtisosligi boʻyicha aniq ish oʻrniga biriktirish boʻyicha tashkilotlar yoki korxonalarni belgilash borasida oʻz vaqtida aniq chora-tadbirlar koʻrish;
alohida taʼlimga muhtoj boʻlgan bolalar va “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga taʼlim muassasalarini tanlash huquqi hamda ularning keyinchalik ishga joylashish huquqini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchi qizlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish, ular uchun egallaydigan kasb va ixtisosliklari boʻyicha istiqboldagi doimiy ish oʻrinlarini tayin qilish, jumladan oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi va bandlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga yangi tashkil etiladigan ish joylarini belgilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017/2018 oʻquv yili uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, shuningdek yangidan foydalanishga topshiriladigan kasb-hunar kollejlari filiallarida 2017/2018 oʻquv yili boshlanguniga qadar oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, shuningdek ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, tayyorlov yoʻnalishlariga muvofiq zarur zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, oʻquv-normativ hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-may,
PQ-2941-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 1-ILOVA
2017-2018-yildan boshlab qayta ixtisoslashtirilayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining
ROʻYXATI
T/r Shaharlar va tumanlar nomi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining amaldagi nomi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yangi nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Nukus shahar Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik litseyi Nukus turizm va servis kasb-hunar kolleji 2. Toʻrtkoʻl tumani Toʻrtkoʻl maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Toʻrtkoʻl maishiy xizmat koʻrsatish va qurilish kasb-hunar kolleji 3. Beruniy tumani Beruniy maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Beruniy agroservis va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Andijon viloyati 4. Andijon shahar Andijon iqtisodiyot kolleji Andijon iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 5. Andijon shahar Andijon davlat universiteti qoshidagi 5-akademik litseyi Andijon turizm va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 6. Andijon tumani Andijon tumanidagi Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi akademik litseyi Andijon tumani axborot texnologiyalari va servis kabs-hunar kolleji Buxoro viloyati 7. Buxoro shahar Buxoro davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyi Buxoro oziq-ovqat sanoati va servis kasb-hunar kolleji 8. Buxoro shahar Buxoro davlat universiteti qoshidagi Kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyi Buxoro telekommunikatsiya texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji 9. Buxoro shahar Buxoro arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji Buxoro irrigatsiya-melioratsiya va arxitektura kasb-hunar kolleji 10. Vobkent tumani Vobkent pedagogika kolleji Vobkent pedagogika va servis kasb-hunar kolleji 11. Shofirkon tumani Shofirkon iqtisodiyot kolleji Shofirkon iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji Jizzax viloyati 12. Jizzax shahar Jizzax uy-joy kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Jizzax arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji 13. Zomin tumani Zomin pedagogika kolleji Zomin pedagogika va turizm kasb-hunar kolleji 14. Gʻallaorol tumani Jizzax politexnika instituti qoshidagi 2-akademik litseyi Gʻallaorol avtomobil-yoʻl xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji Qashqadaryo viloyati 15. Qarshi shahar Qarshi davlat universiteti qoshidagi 4-akademik litseyi Qarshi xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 16. Dehqonobod tumani Dehqonobod axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji Dehqonobod xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 17. Chiroqchi tumani Koʻkdala ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kolleji Chiroqchi pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Navoiy viloyati 18. Zarafshon shahar Zarafshon kompyuter texnologiyalari kolleji Zarafshon konchilik elektroenergetika kolleji Namangan viloyati 19. Namangan shahar Namangan milliy hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Namangan madaniyat kasb-hunar kolleji 20. Toʻraqoʻrgʻon tumani Toʻraqoʻrgʻon ijtimoiy iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji Toʻraqoʻrgʻon energetika kasb-hunar kolleji 21. Uchqoʻrgʻon tumani Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagiUchqoʻrgʻon tumani akademik litseyi Uchqoʻrgʻon yengil sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Samarqand viloyati 22. Samarqand shahar Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyi Samarqand xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 23. Qoʻshrabot tumani Qoʻshrabotpedagogika kolleji Qoʻshrabot pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Surxondaryo viloyati 24. Termiz shahar Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji 25. Sariosiyo tumani Termiz davlat universiteti qoshidagi Sariosiyo tumani 4-akademik litseyi Sariosiyo tumani axborot texnologiyalari va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Sirdaryo viloyati 26. Guliston shahar Guliston davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyi Guliston yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji 27. Guliston tumani Guliston tumani iqtisodiyot kasb-hunar kolleji Guliston tumani yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji Toshkent viloyati 28. Yangiyoʻl shahar Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Yangiyoʻl shahri akademik litseyi Yangiyoʻl madaniyat va sanʼat kasb-hunar kolleji 29. Angren shahar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Angren shahri akademik litseyi Angren turizm va mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Fargʻona viloyati 30. Fargʻona shahar Fargʻona davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyi Fargʻona politexnika kasb-hunar kolleji 31. Qoʻqon shahar Qoʻqon shahridagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyi Qoʻqon sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 32. Toshloq tumani Toshloq ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Toshloq yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji 33. Buvayda tumani Buvayda iqtisodiyot kolleji Buvayda iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 34. Bogʻdod tumani Bogʻdod tumanidagi Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali qoshidagi akademik litseyi Bogʻdod politexnika kasb-hunar kolleji Xorazm viloyati 35. Xiva shahar Urganch davlat universiteti qoshidagi 4-akademik litseyi Xiva milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji 36. Gurlan tumani Gurlan ijtimoiy iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji Gurlan xizmat koʻrsatish va transport kasb-hunar kolleji Toshkent shahri 37. Olmazor tumani Olmazor politexnika kolleji Olmazor politexnika va standartlashtirish kasb-hunar kolleji 38. Mirzo Ulugʻbek tumani Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3-akademik litseyi Mirzo Ulugʻbek politexnika kasb-hunar kolleji
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga qabul qilishning
UMUMIY PARAMETRLARI
T/r Hududlar nomi 9-sinf bitiruvchilarining soni (oʻquvchilar) Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari soni Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining amaldagi quvvati (oʻquvchilar) Smenalilik koeffitsiyenti Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) AL KHK KHK filiallari AL KHK KHK filiallari AL KHK KHK filiallari jami shu jumladan AL KHK 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 26 478 9 94 1 6 850 65 665 180 0,9 1,1 1,2 26 478 1 820 24 658 viloyatlar: 2. Andijon 42 055 9 119 6 976 92 899 0,9 1,3 42 055 2 002 40 053 3. Buxoro 26 326 6 82 3 705 57 947 1,0 1,3 26 326 988 25 338 4. Jizzax 21 068 3 76 2 2 520 46 750 360 1,2 1,3 1,3 21 068 988 20 080 5. Qashqadaryo 48 910 6 138 16 4 430 103 210 2 880 1,2 1,4 1,8 48 910 1 456 47 454 6. Navoiy 13 281 4 47 1 2 970 31 445 180 0,9 1,2 1,4 13 281 780 12 501 7. Namangan 38 917 9 109 6 440 91 195 1,2 1,2 38 917 1 664 37 253 8. Samarqand 55 321 11 162 5 9 320 114 560 960 0,9 1,4 1,8 55 321 2 620 52 701 9. Surxondaryo 37 595 4 117 10 3 210 78 373 1 800 1,0 1,4 1,6 37 595 936 36 659 10. Sirdaryo 12 399 3 48 2 415 30 515 1,2 1,1 12 399 936 11 463 11. Toshkent 35 000 5 124 3 060 82 120 0,9 1,2 35 000 884 34 116 12. Fargʻona 46 069 9 147 2 6 390 117 405 360 1,0 1,2 1,3 46 069 1 898 44 171 13. Xorazm 29 336 5 87 4 345 59 546 1,0 1,4 29 336 1 476 27 860 14. Toshkent shahar 34 264 39 79 21 205 67 436 1,1 1,3 34 264 6 624 27 640 Respublika boʻyicha jami 467 019 122 1 429 37 83 836 1 039 066 6 720 1,0 1,3 1,6 467 019 25 072 441 947
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.1-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Nukus shahar 3 938 26 22 534 6 415 2. Amudaryo tumani 3 366 9 5 181 2 940 3. Beruniy tumani 2 813 8 6 060 2 670 4. Qonlikoʻl tumani 663 3 1 755 540 5. Qoraoʻzak tumani 592 3 1 755 540 6. Kegeyli tumani 1 190 6 3 675 960 7. Qoʻngʻirot tumani 1 905 5 1 3 630 1 680 8. Moʻynoq tumani 415 2 1 020 330 9. Nukus tumani 704 3 1 890 450 10. Taxtakoʻpir tumani 469 2 1 380 420 11. Toʻrtkoʻl tumani 3 039 9 6 015 2 910 12. Xoʻjayli tumani 2 785 10 6 565 2 580 13. Chimboy tumani 1 521 7 4 035 1 230 14. Shumanay tumani 653 3 2 625 540 15. Ellikqalʼa tumani 2 425 7 4 575 2 273 Jami 26 478 103 1 72 695 26 478
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.2-ILOVA
/2018 oʻquv yilida Andijon viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Andijon shahar 5 991 27 23 534 10 315 2. Xonobod shahar 457 4 3 160 510 3. Oltinkoʻl tumani 2 723 7 5 340 2 130 4. Andijon tumani 3 411 8 6 060 1 980 5. Asaka tumani 4 183 13 9 961 4 260 6. Baliqchi tumani 2 640 8 5 865 2 610 7. Boʻz tumani 1 004 4 3 450 1 230 8. Buloqboshi tumani 1 890 5 3 885 1 830 9. Jalaquduq tumani 2 517 6 4 020 1 770 10. Izboskan tumani 3 020 7 6 090 2 430 11. Qoʻrgʻontepa tumani 2 655 7 4 695 2 400 12. Marhamat tumani 2 394 6 5 815 2 160 13. Paxtaobod tumani 2 633 7 4 635 2 370 14. Ulugʻnor tumani 769 3 2 055 780 15. Xoʻjaobod tumani 1 599 5 3 630 1 770 16. Shahrixon tumani 4 169 11 7 680 3 510 Jami 42 055 128 99 875 42 055
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.3-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Buxoro shahar 3 627 21 17 770 5 924 2. Kogon shahar 713 2 1 290 630 3. Olot tumani 1 524 4 2 510 1 261 4. Buxoro tumani 2 004 6 4 077 1 590 5. Vobkent tumani 1 925 7 3 891 1 800 6. Gʻijduvon tumani 4 165 12 8 930 3 752 7. Jondor tumani 2 615 5 3 375 1 925 8. Kogon tumani 897 2 1 270 630 9. Qorakoʻl tumani 2 555 9 5 329 2 560 10. Qorovulbozor tumani 324 2 900 434 11. Peshku tumani 1 753 5 3 970 1 650 12. Romitan tumani 1 737 6 3 660 1 710 13. Shofirkon tumani 2 487 7 4 680 2 460 Jami 26 326 88 61 652 26 326
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.4-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Jizzax viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Jizzax shahar 2 946 12 9 815 3 964 2. Arnasoy tumani 546 3 1 335 510 3. Baxmal tumani 3 049 10 5 150 2 760 4. Gʻallaorol tumani 2 807 11 1 6 465 2 864 5. Sharof Rashidov tumani 3 093 9 5 865 2 800 6. Doʻstlik tumani 834 3 2 010 830 7. Zomin tumani 2 676 9 5 970 2 600 8. Zarbdor tumani 1 035 4 2 535 960 9. Zafarobod tumani 663 3 1 1 920 600 10. Mirzachoʻl tumani 737 3 1 710 690 11. Paxtakor tumani 1 061 4 2 445 960 12. Forish tumani 1 175 6 3 510 1 110 13. Yangiobod tumani 446 2 900 420 Jami 21 068 79 2 49 630 21 068
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.5-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Qashqadaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Qarshi shahar 4 208 20 18 135 7 285 2. Gʻuzor tumani 3 075 8 2 6 425 3 000 3. Dehqonobod tumani 2 174 8 2 4 510 2 310 4. Qamashi tumani 3 754 12 2 8 740 3 600 5. Qarshi tumani 3 315 6 1 4 790 2 400 6. Koson tumani 4 654 11 8 105 4 065 7. Kasbi tumani 3 143 8 2 6 565 2 640 8. Kitob tumani 3 799 11 2 7 815 3 480 9. Mirishkor tumani 1 722 6 1 4 385 1 680 10. Muborak tumani 1 442 5 3 890 1 560 11. Nishon tumani 2 242 6 4 155 1 890 12. Chiroqchi tumani 7 170 16 3 12 035 6 390 13. Shahrisabz tumani 4 451 16 1 13 925 5 220 14. Yakkabogʻ tumani 3 761 11 7 045 3 390 Jami 48 910 144 16 110 520 48 910
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.6-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Navoiy viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Navoiy shahar 2 377 10 8 050 2 626 2. Zarafshon shahar 983 4 2 430 1 020 3. Konimex tumani 329 3 1 530 350 4. Karmana tumani 1 547 5 3 330 1 440 5. Qiziltepa tumani 1 911 6 1 5 016 1 860 6. Navbahor tumani 1 293 5 3 492 1 290 7. Nurota tumani 1 251 6 3 503 1 180 8. Tomdi tumani 99 1 600 90 9. Uchquduq tumani 493 2 1 035 455 10. Xatirchi tumani 2 998 9 5 609 2 970 Jami 13 281 51 1 34 595 13 281
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.7-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Namangan viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Namangan shahar 9 177 21 19 665 9 066 2. Kosonsoy tumani 3 030 10 9 300 3 060 3. Mingbuloq tumani 1 995 6 4 980 2 010 4. Namangan tumani 2 312 9 6 615 2 310 5. Norin tumani 1 977 8 5 610 2 010 6. Pop tumani 2 875 9 7 350 2 911 7. Toʻraqoʻrgʻon tumani 2 851 9 6 390 2 850 8. Uychi tumani 2 885 8 7 005 2 880 9. Uchqoʻrgʻon tumani 2 407 8 5 925 2 400 10. Chortoq tumani 2 564 10 8 505 2 580 11. Chust tumani 3 857 11 9 945 3 900 12. Yangiqoʻrgʻon tumani 2 987 9 6 345 2 940 Jami 38 917 118 97 635 38 917
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.8-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Samarqand shahar 6 616 38 30 645 12 050 2. Kattaqoʻrgʻon shahar 1 170 6 1 6 105 2 130 3. Oqdaryo tumani 2 190 7 5 010 1 920 4. Bulungʻur tumani 3 049 8 5 140 2 520 5. Jomboy tumani 2 400 7 4 845 2 070 6. Ishtixon tumani 3 915 11 1 7 890 3 840 7. Kattaqoʻrgʻon tumani 4 034 12 1 7 605 3 000 8. Qoʻshrobot tumani 2 025 7 4 305 2 040 9. Narpay tumani 3 060 6 5 055 2 850 10. Nurobod tumani 2 302 7 3 570 1 800 11. Payariq tumani 4 151 12 7 620 3 510 12. Pastdargʻom tumani 5 154 14 9 690 4 470 13. Paxtachi tumani 2 019 6 3 945 1 860 14. Samarqand tumani 2 985 5 3 990 1 831 15. Toyloq tumani 2 904 7 4 905 2 170 16. Urgut tumani 7 347 20 2 14 520 7 260 Jami 55 321 173 5 124 840 55 321
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.9-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Surxondaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Termiz shahar 1 885 11 9 085 2 861 2. Oltinsoy tumani 2 471 8 5 375 2 460 3. Angor tumani 1 667 7 4 160 1 650 4. Boysun tumani 1 830 5 4 3 690 1 740 5. Denov tumani 5 756 15 4 11 668 5 694 6. Jarqoʻrgʻon tumani 3 224 10 1 6 200 3 126 7. Qumqoʻrgʻon tumani 3 445 11 6 901 3 360 8. Qiziriq tumani 2 610 9 6 150 2 580 9. Muzrabot tumani 1 987 8 4 525 1 920 10. Sariaosiyo tumani 2 543 8 1 5 805 2 460 11. Termiz tumani 1 652 4 3 076 1 494 12. Uzun tumani 2 550 7 5 394 2 430 13. Sherobod tumani 2 751 9 5 639 2 730 14. Shoʻrchi tumani 3 224 9 5 715 3 090 Jami 37 595 121 10 83 383 37 595
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.10-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Guliston shahar 1 739 8 6 350 2 346 2. Yangiyer shahar 703 4 4 155 1 440 3. Shirin shahar 261 1 1 260 420 4. Oqoltin tumani 718 4 2 817 690 5. Boyovut tumani 1 883 7 3 660 1 500 6. Guliston tumani 978 4 2 145 780 7. Mirzaobod tumani 1 115 3 1 485 810 8. Sayhunobod tumani 1 083 5 2 505 840 9. Sardoba tumani 904 5 2 688 870 10. Sirdaryo tumani 1 697 7 4 185 1 983 11. Xovos tumani 1 318 3 1 680 720 Jami 12 399 51 32 930 12 399
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.11-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Toshkent viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Olmaliq shahar 1 842 7 6 375 2 730 2. Angren shahar 2 404 11 7 395 2 910 3. Bekobod shahar 1 271 6 3 945 1 710 4. Chirchiq shahar 2 004 9 6 985 2 830 5. Oqqoʻrgʻon tumani 1 366 5 3 060 1 320 6. Ohangaron tumani 1 632 7 4 275 1 360 7. Bekobod tumani 2 212 7 4 170 1 620 8. Boʻstonliq tumani 2 105 7 3 855 1 620 9. Boʻka tumani 1 620 7 4 000 1 590 10. Zangiota tumani 3 316 12 7 465 3 540 11. Qibray tumani 1 421 9 6 165 2 070 12. Quyichirchiq tumani 1 470 5 3 140 1 320 13. Parkent tumani 2 275 6 3 645 1 920 14. Piskent tumani 1 246 5 2 745 930 15. Oʻrtachirchiq tumani 2 039 7 4 125 1 680 16. Chinoz tumani 1 865 5 3 645 1 590 17. Yuqorichirchiq tumani 1 475 4 2 455 1 050 18. Yangiyoʻl tumani 3 437 10 7 735 3 210 Jami 35 000 129 85 180 35 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.12-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Fargʻona viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Fargʻona shahar 3 916 25 23 079 6 710 2. Qoʻqon shahar 3 281 15 15 920 5 526 3. Margʻilon shahar 2 969 12 10 415 3 583 4. Quvasoy shahar 1 190 4 3 105 1 110 5. Oltiariq tumani 2 587 7 4 390 2 400 6. Bogʻdod tumani 2 455 7 1 5 055 2 340 7. Beshariq tumani 2 844 7 1 5 490 2 280 8. Buvayda tumani 3 105 8 6 180 2 610 9. Dangʻara tumani 2 203 6 4 190 2 040 10. Quva tumani 3 061 8 5 807 2 680 11. Qoʻshtepa tumani 2 470 7 3 645 1 890 12. Rishton tumani 2 270 8 6 000 2 220 13. Soʻx tumani 959 4 2 440 870 14. Toshloq tumani 2 370 6 4 465 1 500 15. Oʻzbekiston tumani 2 351 7 4 935 1 650 16. Uchkoʻprik tumani 2 852 6 5 024 2 250 17. Fargʻona tumani 2 373 9 6 325 2 040 18. Furqat tumani 1 493 5 4 095 1 170 19. Yozyovon tumani 1 320 5 3 595 1 200 Jami 46 069 156 2 124 155 46 069
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.13-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Xorazm viloyati umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kollejlariga (KHK) oʻqishga
QABUL QILISH KVOTALARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish kvotalari (oʻquvchilar) 1. Urganch shahar 2 926 17 14 565 5 276 2. Bogʻot tumani 2 951 7 4 365 2 730 3. Gurlan tumani 2 409 7 3 975 2 190 4. Qoʻshkoʻpir tumani 2 453 8 4 440 1 980 5. Urganch tumani 2 162 7 5 021 2 010 6. Hazorasp tumani 3 980 9 6 405 3 690 7. Xonqa tumani 3 127 9 5 460 2 910 8. Xiva tumani 3 797 11 8 995 3 660 9. Shovot tumani 2 384 6 4 065 2 190 10. Yangiariq tumani 1 657 6 3 390 1 440 11. Yangibozor tumani 1 490 5 3 210 1 260 Jami 29 336 92 63 891 29 336
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2941-son qaroriga 2.14-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Toshkent shahri umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari (KHK) va akademik litseylariga (AL) oʻqishga
QABUL QILISH PARAMETRLARI
T/r Shahar va tumanlar nomi 9-sinf bitiruvchilari soni (oʻquvchilar) AL va KHK soni KHK filiallari soni AL va KHKning amaldagi quvvati (oʻquvchilar) AL va KHKlarga qabul qilish parametrlari (oʻquvchilar) 1. Bektemir tumani 795 2 795 210 2. Mirobod tumani 2 140 12 9 035 3 179 3. Mirzo Ulugʻbek tumani 3 895 14 10 030 3 830 4. Olmazor tumani 4 358 16 12 370 3 750 5. Sergeli tumani 2 989 8 7 155 2 490 6. Uchtepa tumani 3 805 7 6 170 2 102 7. Chilonzor tumani 4 138 16 14 590 6 320 8. Shayxontohur tumani 3 072 13 10 181 4 315 9. Yunusobod tumani 4 502 12 8 895 3 450 10. Yakkasaroy tumani 1 398 10 4 990 2 038 11. Yashnobod tumani 3 172 8 6 030 2 580 Jami 34 264 118 90 241 34 264
