Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B. Axmedovning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axborotini eshitish toʻgʻrisida (501-III-son)
21.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B. Axmedovning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti eshitilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi eshituvning tayyorlanishi hamda oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyul,
501-III-son
