2018-2020-yillar davrida faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida (239-son)
25.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq, shuningdek 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishning aniq muddatlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvali (keyingi oʻrinlarda jadval deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Jadvalda koʻrsatilgan Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlar va boshqa tashkilotlar:
2017 — 2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Adliya vazirligiga hamda Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek ularni berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini va tegishli davlat organlaridan maʼlumotlar olish uchun idoralararo elektron hamkorlikdan majburiy foydalanishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha aniq tadbirlarni har yili 1-maygacha boʻlgan muddatda kiritsinlar;
Jadvalda koʻrsatilgan muddatlardan uch oy oldin Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarori 3 va 5-bandlari talablarining ijrosini taʼminlasinlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tegishli davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan, shuningdek eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan hujjatlar va maʼlumotlarni shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadigan maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Jadvalda koʻrsatilgan muddatlardan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsinlar;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tegishli yilda, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga 2017 — 2019-yillar mobaynida har yili 1-avgustgacha boʻlgan muddatda kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-aprel,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qaroriga ILOVA
2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish
JADVALI
T/r Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi Harakat va (yoki) muayyan faoliyat Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ Joriy etish muddati 2018-yil 3. Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalar�, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish. Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda qurish, rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2018-yil 1-iyul 5. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2018-yil 1-iyul 10. Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari). Yer uchastkasidan foydalanish. Tuman (shahar) hokimliklari 2018-yil 1-oktabr 11. Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shartlar. Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish. Foydalanish tashkilotlari 2018-yil 1-oktabr 12. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosiga litsenziya. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi. Adliya vazirligi 2018-yil 1-oktabr 13. Telekommunitsatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yil 1-oktabr 19. Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma. Yovvoyi hayvonlarni ovlash. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2018-yil 1-dekabr 20. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish. 21. Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma. Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga. 22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish. Davlat raqobat qoʻmitasi 2018-yil 1-dekabr 23. Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik. Qonunchilikda belgilangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushla�ni) olish yuzasidan shaxs yoki bir guruh shaxslar bilan oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalari, hadya, ishonchli boshqaruv va shu kabi bitimlarni tuzish. 24. Loyihaviy hujjatlarning meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi meʼmoriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish. Loyiha hujjatlarini obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini olish. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 2018-yil 1-dekabr 2019-yil 26. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani kelishish. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma olish. Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2019-yil 1-iyul 27. Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma. Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarish. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2019-yil 1-iyul 31. Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma. Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2019yil 1-oktabr 33. Bojxona ombori taʼsis etishga litsenziya. Bojxona ombori taʼsis etish. Davlat bojxona qoʻmitasi 2019yil 1-oktabr 34. Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. Qurilish vazirligi 2019yil 1-oktabr 36. Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan faoliyatni olib borish. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari 2019-yil 1-oktabr 37. Obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi xulosasi. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish. Davlat ekspertiza organlari 2019-yil 1-oktabr 38. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziya. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish. Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi 2019-yil 1-oktabr 39. Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etishga litsenziya. Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish. Davlat bojxona qoʻmitasi 2019-yil 1-dekabr 40. “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etishga litsenziya. “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish. 41. Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma. Dori vositasi va tibbiy buyumlardan tibbiy foydalanish. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2019-yil 1-dekabr 42. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati. Moliya vazirligi 2019-yil 1-dekabr 43. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Auditorlik faoliyati. 44. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Lotereyalar tashkil etish. 45. Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazishga litsenziya. Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish. Qurilish vazirligi 2019-yil 1-dekabr 46. Bahola� faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Baholash faoliyati. Davlat raqobat qoʻmitasi 2019-yil 1-dekabr 47. Birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno). Birja faoliyati. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno). 48. Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Rieltorlik faoliyati. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 49. Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish. Yer usti suvlaridan foydalanish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash. Suv xoʻjaligi vazirligi 2019-yil 1-dekabr 50. Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish. Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, Bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini tasdiqlash. Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabr 51. Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma. Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish. Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi 2019-yil 1-dekabr 52. Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish. Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish. 53. Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish. Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish. 2020-yil 55. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya, Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno. Ulgurji savdo, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari bundan mustasno. Tumanlar va shaharlar hokimliklari 2020-yil 1-aprel 56. Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga litsenziya. Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash. Intellektual mulk agentligi 2020-yil 1-aprel 57. Fonogrammalarni tayyorlashga litsenziya. Fonogrammalarni tayyorlash. 61. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazorati ostidagi obyektlarda rele himoyasi uskunalarini, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni sozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi 2020-yil 1-oktabr 62. Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma. Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish. 63. Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. Turizm faoliyati. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Turizmni rivojlantirish departamentlari 2020-yil 1-oktabr 64. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2020-yil 1-dekabr 65. Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishni kelishish. Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorni olish. Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,Ichki ishlar vazirligi 2020-yil 1-dekabr 66. Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemalarini kelishish. Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish. Ichki ishlar vazirligi 2020-yil 1-dekabr 68. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirish. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2020-yil 1-dekabr
