Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-5022-son)
20.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bankrot korxonalar faoliyatini jadal surʼatlarda tiklash hamda tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
tijorat banklari ular tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida mulk sifatida qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida bank va uning boshqaruv kompaniyalarining ishtirok ulushi 100 foizgacha boʻlgan yangi korxonalar tashkil etish huquqiga ega;
2017-yilning 1-iyulidan boshlab bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish tanlov savdolarida amalga oshiriladi, bunda tijorat banklari oʻrtasida kim oshdi savdolari oʻtkazilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar boʻyicha sotib olish toʻlovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yoʻla yoki sotib olish summasining qoldigʻiga foizlar hisoblamasdan boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan koʻchmas mulk obyektlarining xatlovi oʻtkazilganligi natijasida:
avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan hamda ular negizida tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
obyektlari boʻyicha tijorat banklari oldidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan yuritilayotgan ijro ishi yakunlariga koʻra tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yoʻli bilan kelgusida ulardan samarali foydalanishga qaratilgan choralar amalga oshiriladigan alohida korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
ishlab chiqarish maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tijorat banklari va mulk egalari bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtiriladigan korxonalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki bilan birgalikda:
ikki oylik muddatda mazkur Farmonning 1-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiya) kiritsin;
ijro ishi tamomlanishiga koʻra, mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻzda tutilgan korxonalarning tijorat banklari mulkiga oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Respublika komissiyasiga takliflar — “yoʻl xaritalari”ni taqdim etsin;
avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
ikki oylik muddatda tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida koʻzda tutilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini — “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;
mazkur Farmonning 1, 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan choralarning amalga oshirilishi yuzasidan ularni asosan 2017 — 2018-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutgan holda nazorat oʻrnatsin;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritilishini taʼminlasin;
iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin va natijalarini Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;
6. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hamda vakolatlari etib belgilansin:
iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;
konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar roʻyxatini aniqlash;
tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish boʻyicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;
bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;
qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini koʻrib chiqish;
tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish;
tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini oʻrnatilgan tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
7. Avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida tijorat banklari tomonidan yangi tashkil etilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi bandi ikkinchi xatboshisida koʻzda tutilgan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlash boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilsin.
8. Tijorat banklariga berilgan bankrot korxonalar mulklari, shuningdek avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi tashkil etilgan xoʻjalik subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2019-yil 1-aprelga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-aprel,
PF-5022-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan hamda ular negizida tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan koʻchmas mulk obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Koʻchmas mulk obyekti nomi Qarzdor korxona nomi Hudud nomi Joylashgan manzili Umumiy yer maydoni (ga)* Ishlab chiqarish maydoni (m2) TIF Milliy banki 1. 1. Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari “Qiyot parranda” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani, “Shiman” QFY 15,3 10 130 2. 2. Bino, inshootlar (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash obmori) “Ixtisoslashtirilgan tayyorlov savdo” XK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani, Taxiatosh shahri, Amudaryo koʻchasi, 7 0,10 882,9 3. 3. Maʼmuriy va qoʻshimcha binolar “Chorvador” FX Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani, “Jaloyor” MFY 2,94 3 748 “Asaka” ATB 4. 1. Sex binolari va omborxona imoratlari “Qodirov Zokir Berdiyevich” XK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Xoʻjayli guzari koʻchasi 5,90 5 900 5. 2. Maʼmuriy bino va omborxona imoratlari “Sanar lizing” MChJ Andijon viloyati Asaka tumani, “Obodlik” QFY 0,176 1 464,4 6. 3. Sobiq bolalar bogʻchasi binolari “Chashma mevazori” FX Jizzax viloyati Jizzax shahri, “Doʻstlik” MFY, Doʻstlik koʻchasi, 15 1,34 668,14 7. 4. Sobiq avtokorxona binolari Jismoniy shaxs (Shamsiyev E.) Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Sanoatchilar koʻchasi 1,29 705,2 8. 5. Ishlab chiqarish binolari “Karpet lend” MChJ Samarqand viloyati Samarqand shahri, Bedil koʻchasi, 19 3,50 6888 9. 6. Bino va asbob-uskunalar “Samarqand LT” MChJ QK Samarqand viloyati Samarqand shahri, Kurchatova koʻchasi, 94 1,09 4094 10. 7. Chorvachilik binosi “Shaxboz Xabibullo” FX Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, “Boyovut” QFY 0,19 1000 11. 8. Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari “YuTM Parranda” MChJ Toshkent viloyati Qibray tumani, “Zafarobod” QFI 54,1 143 907 20,9 18 066 12. 9. Maʼmuriy bino va issiqxona kompleksi inshootlari “Bek pentium” MChJ Toshkent viloyati Qibray tumani, “Qipchoq” QFY, Hosildor koʻchasi 0,6 4756,3 13. 10. Maʼmuriy bino va inshootlar “Chinoz Yorqinoy baraka” MChJ Toshkent viloyati Chinoz tumani, “Eski Toshkent” QFY 1,50 1020 14. 11. Chorvachilik fermasi bino va inshootlari “Yorqinoy fayz” FX Toshkent viloyati Chinoz tumani, “Eski T�shkent” QFY 1,90 5 589 15. 12. Chorvachilik fermasi bino va inshootlari “Ergash hosilot fayzi” FX Fargʻona viloyati Beshariq tumani, “Tovul” QFY Besharshskiy rayon, “Beshsari” QFY 0,997 1 788,1 1,94 4 166 16. 13. Bino va omborxona imoratlari “Stoun ekspress” MChJ Toshkent shahri Yashnobod tumani, Taraqqiyot koʻchasi, 2 1,42 7817 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 17. 1. Bino va inshootlar “Rahnamo Nur” MChJ QK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Taxiatash guzari koʻchasi, 11/2 1,10 1904,0 18. 2. Bino va inshootlar “Almaz Oil” MChJ Buxoro viloyati Buxoro tumani, “Losha” QFY 2,87 3610,3 19. 3. Ishlab chiqarish bino va inshootlari “Rahnamo Nur” MChJ QK Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani, Sirdaryo shahri, Oʻzbekiston koʻchasi 1,53 6648,8 20. 4. Bino va inshootlar “Savdo xarid fayz” XK Sirdaryo viloyati Guliston shahri, Toshkent koʻchasi 0,35 1518,4 21. 5. Bino va inshootlar “Unig-Servis” MChJ Toshkent viloyati Boʻka tumani, “Turon” QFY 2,73 1 773 22. 6. Meva-sabzavotlarni quritish uchun texnologik asbob- uskunalar va bino “Sekko Allesandri” MChJ Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani, “Istiqlol” QFY 1,66 1 582 23. 7. Bino va inshootlar “Spitamen-Siyavush-Invest” MChJ Toshkent viloyati Angren shahri, Navoiy koʻchasi 0,019 191 24. 8. Bino va inshootlar “Vita Colmir” MChJ Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, Doʻstobod shahri 1,19 7 838,1 25. 9. Bino va inshootlar “Boʻka rivoj” MChJ Toshkent viloyati Piskent tumani, A. Qodiriy koʻchasi 1,2 2090,7 ATB “Qishloq qurilish bank” 26. 1. Sobiq kinoteatr binosi “Qoʻqon Hamza Umarov” MChJ Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri, Istiqlol koʻchasi, 38 0,12 1009,77 27. 2. Sobiq magazin binosi “Mishelin Avto” MChJ Toshkent shahri Yashnobod tumani, Ohangaron koʻchasi, 113-114 0,80 8000 “Trastbank” XABB 28. 1. Mehmonxona binosi “Alif-Mim” MChJ Navoiy viloyati Karmana tumani, “Malikrabot” QFY, Istiqlol koʻchasi 1,0 2210 “Turonbank” ATB 29. 1. Metalni qayta ishlash sexi binosi “Metal Grating Service” MChJ Fargʻona viloyati Quvasoy shahri, “Soyboʻyi” MFY, Mustaqillik koʻchasi 1,6 2 047 AT “Xalq bank” 30. 1. Sex binosi “Yangi davr qurilish” MChJ Andijon viloyati Xoʻjaobodtumani, “Birlashgan” QFY 2,0 5 089,3 31. 2. Sobiq bolalar bogʻchasi binosi “Sadaf mobil qurilish” MChJ Andijon viloyati Izboskan tumani, “Doʻstlik” MFY 0,6 1 120,2 32. 3. Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari “Jizzax don qurilish” ShK Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani, “Koʻkbuloq” QFY 2,0 2 473 33. 4. Magazin binosi “Sabinaning Orzusi” XK Jizzax viloyati Jizzax shahri, “�angzor” QFY, Sh. Rashidov koʻchasi 0,016 293,9 34. 5. Bino “Kuxron Ulgurji Savdo” MChJ Navoiy viloyati Navbahor tumani, “Beshrabot” QFY 2,2 5 843,4 35. 6. Magazin binosi “Italina” XK Navoiy viloyati Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi, 11 0,1 761,4 36. 7. Magazin binosi va ofis imorati “Surxon sholikori” MChJ Surxondaryo viloyati Termez shahri, “Bagzar” MFY 0,05 494,7 37. 8. Chorvachilik fermasi “Odil” FX Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, “Xoʻjakent” QFY 4,1 6 593,3 “Invest finans bank” ATB 38. 1. Bino “Sarbon Elegant And” MChJ Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani, “Suvyulduz” QFY 0,1 271,46 “Kapitalbank” ATB 39. 1. Parrandachilik fabrikasi binolari “Xonobod Broyler” MChJ Andijon viloyati Xonobod shahri, Koinot koʻchasi, 41 41,8 93 605,0 40. 2. Ishlab chiqarish sexi “Trans xizmat” MChJ Navoiy viloyati Navoiy shahri, Janubiy-sharqiy sanoat zonasi 0,9 491,5 41. 3. Parrandachilik fabrikasi binolari “AAA Group” MChJ Fargʻona viloyati Rishton tumani, “Yayilma” QFY 64,1 66 523,0 42. 4. Ustaxona bino va inshooti “Ekspress Arsenal Forfor” XK Fargʻona viloyati Buvayda tumani, “Qoʻngʻirot” QFY 0,1 353,3 “Xamkor bank” ATB 43. 1. Savdo muassasasi binosi “Axmedov Mirmuxsin” XK Andijon viloyati Jalaquduq tumani, “Teshiktosh” QFY, “Gʻayrat” MFY 0,04 220,3 44. 2. Chorvachilik kompleksi “Koinot Vodiy Savdo” MChJ Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani, “Oltinkoʻl” QFY, “Oftobachek” MFY 6,84 7473,61 45. 3. Magazin va ishlab chiqarish sexi binosi “Murod qassob” MChJ Samarqand viloyati Samarqand shahri, Usta qoʻli koʻchasi, 2 0,10 111,45 46. 4. Omborxona binosi “Jayxun chorva parranda” MChJ Xorazm viloyati Yagnibozor tumani, Furqat koʻchasi 0,3 1226,62 ATB “Agrobank” 47. 1. Bino va inshootlar “Toshmatov agrotexservis MMTP” MChJ Andijon viloyati Jalaquduq tumani, “Jalaquduq” QFY, “Doʻngqishloq” MFY 1,57 7500 48. 2. Bino va inshootlar “Olot Texnika MMTP” MChJ Buxoro viloyati Olot tumani, “Guliston” QFY, “Opshoq” MFY 1,09 3000 49. 3. Bino “Ochil Bolta Baraka” MChJ Buxoro viloyati Buxoro tumani, “Doʻstlik” MFY 0,12 741,7 50. 4. Sabzavotlar saqlaydigan joy “Yunus tayyorlov savdo” MChJ Navoiy viloyati Navoiy shahri, Gʻalaba koʻchasi 0,7 3000 51. 5. Tikuv sexi bino va inshooti “Usta Adash Abdulla Karim” MChJ Namangan viloyati Chortoq tumani, “Bulon” MFY 0,9 504,2 52. 6. Bino “Ali Mega Stil” MChJ Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, “Fargʻona” QFY 0,2 1518,96 53. 7. Bino va inshootlar “Agro toshpet MMTP” MChJ Toshkent viloyati Zangiota tumani, “Oʻrtaovul” QFY 2,4 1200 54. 8. Giperpreslangan gʻisht ishlab chiqarish asbob- uskunalari va binolari “Xorazm Kimyo Universal Gisht” MChJ Xorazm viloyati Urganch tumani, “Chotkoʻpir” QFY 3,2 3365,28 55. 9. Bino “Shaxriyor savdo invest” MChJ Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani, “Xasiyan” QFY 0,65 557,39 “Ravnak-bank” XATB 56. 1. Bino “Fazo Taom Servis” MChJ Toshkent shahri Shayxontoxur tumani, Furqat va Navoiy koʻchalari kesishuvida, 25 0,144 1 442 “Ipak Yoʻli” AITB 57. 1. Bino va inshootlar “Marg Madina Servis” XK Fargʻona viloyati Beshariq tumani, “Qashqar” QFY, “Abduvai” MFY 0,2 237
* Texnik xatlov va yangi kadastr hujjatlari tayyorlash jarayonida aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 2-ILOVA
Obyektlari boʻyicha tijorat banklari oldidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan yuritilayotgan ijro ishi yakunlariga koʻra tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yoʻli bilan kelgusida ulardan samarali foydalanishga qaratilgan choralar amalga oshiriladigan alohida korxonalar
ROʻYXATI
T/r T/r Korxonalar nomi Joylashgan manzili Faoliyat turi AT “Xalq bank” 1. 1. “Kambar Shifo” MChJ Andijon viloyati, Xonabod shahri Xizmat koʻrsatish 2. 2. “Kamol qurilish Servis” MChJ Buxoro viloyati, Olot tumani Xizmat koʻrsatish. 3. 3. “Buxoro Sof Parranda” MChJ Buxoro viloyati, Buxoro shahri Parrandachilik 4. 4. “Jalol” FX Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 5. 5. “Osiyo orgtexmontaj” XK Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani Savdo 6. 6. “Jalil bobo” XK Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani Savdo 7. 7. “Karmana Baxori” MChJ Navoiy viloyati, Navoiy shahri Xizmat koʻrsatish 8. 8. “Kudratov Dilmurod Jurakulovich” XK Navoiy viloyati, Karmana tumani Xizmat koʻrsatish 9. 9. “Nazimova Nargiza Yakubovna” XK Navoiy viloyati, Karmana tumani Xizmat koʻrsatish 10. 10. “Karakalpak Polimer” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri Polimer mahsulotlari ishlab chiqarish 11. 11. “Elat Abadanlashtirish” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani Xizmat koʻrsatish 12. 12. “Pronto Bistro Group” MChJ Samarqand viloyati, Samarqand shahri Umumiy ovqatlanish 13. 13. “Mangu” MChJ Samarqand viloyati, Jomboy tumani Xizmat koʻrsatish 14. 14. “Termiz Mashxura” XK Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Umumiy ovqatlanish 15. 15. “Termiz Lions servis” XK Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 16. 16. “Termiz Aziya surxon” XK Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 17. 17. “Surxon baliqchilik naslchilik” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Baliqchilik 18. 18. “Astoriya lyuks” MChJ Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Xizmat koʻrsatish 19. 19. “Lochin Parranda Invest” MChJ Toshkent viloyati, Bekabod shahri Xizmat koʻrsatish 20. 20. “Shovot koʻmiri” MChJ Xorazm viloyati, Shovot tumani Koʻmir briketlari ishlab chiqarish 21. 21. “Rasulbek Xudaynazar” XK Xorazm viloyati Shovot tumani Xizmat koʻrsatish ATB “Qishloq qurilish bank” 22. 1. “Subxidam gʻunchasi” XK Andijon viloyati, Andijon tumani Xizmat koʻrsatish 23. 2. “Niyozxon” XK Buxoro viloyati, Buxoro shahri Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish 24. 3. “Navoiy Kristal Servis” MChJ Navoiy viloyati, Navoiy shahri Mebel ishlab chiqarish 25. 4. “Yasnoe nebo” MChJ Namangan viloyati, Namangan shahri Non va makaron mahsulotlari i�lab chiqarish 26. 5. “Jayhun Lider Trans” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani Xizmat koʻrsatish 27. 6. “Beruniy Gold Textile” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani Xizmat koʻrsatish 28. 7. “Shimbay nurli avto” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani Xizmat koʻrsatish 29. 8. “Kattaqoʻrgʻon dehqon bozori” MChJ Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani Savdo 30. 9. “Glamurinvest Finans” MChJ Surxondar� viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 31. 10. “Termiz Kapital qurilish” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Qurilish 32. 11. “Osiyo Tekstil Surxon” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Tikuvchilik mahsulotlari 33. 12. “Termiz Gavxar Savdo” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 34. 13. “Taʼminot Tijorat” MChJ Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri Adyol ishlab chiqarish 35. 14. “Davr Universal Luyks” MChJ QK Fargʻona viloyati, Quva tumani Mebel ishlab chiqarish 36. 15. “Asadbek Temir Invest” MChJ Xorazm viloyati, Xiva tumani Xizmat koʻrsatish 37. 16. “Fortuna Doniyor Gulyor” MChJ Xorazm viloyati, Xiva tumani Non va n�n-bulka mahsulotlari, alyumin va plastik profil ishlab chiqarish 38. 17. “Qiyot kurilish invest” MChJ Xorazm viloyati, Xiva tumani Qurilish 39. 18. “Shuxrat Kodirbergan oʻgʻli” MChJ Xorazm viloyati, Xiva tumani Chorvachilik ATB “Agrobank” 40. 1. “New horizon” MChJ Jizzax viloyati, Jizzax shahri Savdo 41. 2. “Gagarin momiq” MChJ Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani Non va non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish 42. 3. “Asadbek Lyukchayev” MChJ Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani Servis 43. 4. “Kafolat Fayz Servis” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 44. 5. “Janub Limonzor” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Xizmat koʻrsatish 45. 6. “Dilnura ALP” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Chorvachilik 46. 7. “Namuna Otchopar” XK Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Chorvachilik 47. 8. “Business Industry Group” MChJ Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Savdo 48. 9. “Xurmat usta” MChJ Xorazm viloyati, Xozarasp tumani Xizmat koʻrsatish “Ipoteka-bank” ATIB 49. 1. “Kogon Agro Saxovat” MChJ Buxoro viloyati, Kogon tumani Xizmat koʻrsatish 50. 2. “Boʻston Jamoli” MChJ Jizzax viloyati, Zarbdor tumani Umumiy ovqatlanish 51. 3. “Xuroson-Izzat-Termiz” XK Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchasi 52. 4. “Termiz Agrotexservis MTP” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 53. 5. “Ulugʻ-Obod-Osiyo” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 54. 6. “Termiz Agrotexservis” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 55. 7. “Afrosiyob Tarmit” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Mebel ishlab chiqarish 56. 8. “Olmazor Termiz xamkor” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Xizmat koʻrsatish 57. 9. “Osiyo Rit” MChJ” Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani Umumiy ovqatlanish “Asaka” ATB 58. 1. “Astera tekstil” MChJ Toshkent shahar, Olmazor tumani Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 59. 2. “Indabrus Nukus” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus tumani Xizmat koʻrsatish 60. 3. “Vostok Produkt” MChJ QK Samarqand viloyati, Samarqand shahri Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash 61. 4. “Doktor Ashirali” MChJ Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani Xizmat koʻrsatish 62. 5. “Shingdong spininng Termiz” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 63. 6. “Shirin tadqiqot” MChJ Sirdaryo viloyati, Xovos tumani Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish “Mikrokreditbank” ATB 64. 1. “Nurli davr mahorati” QK Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani Non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish 65. 2. “Azizbek dizayn savdo” MChJ Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani Meva va sabzavotlarni qayta ishlash 66. 3. “Boysun Plastic Produkcts” Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Polietilen plyonkalari ishlab chiqarish 67. 4. “Surxon baraka invest” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Xizmat koʻrsatish 68. 5. “Xurshid Murod” XK Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani Xizmat koʻrsatish 69. 6. “A1 Allabergan” MChJ Xorazm viloyati, Urganch shahri Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish TIF Milliy banki 70. 1. “Sharq goʻsht mahsulotlari” MChJ Buxoro viloyati, Buxoro shahri Goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish 71. 2. “Industrial superlativ servis” MChJ Namangan viloyati, Chortoq tumani Chorvachilik va parrandachilik 72. 3. “Modar Oil” XF Namangan vil�yati, Chortoq tumani Oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish 73. 4. “Quvasoy Ipak yoʻli” MChJ Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri Umumiy ovqatlanish 74. 5. “Quvasoy bexizor” agrofirmasi Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 75. 6. “Muyan Soxibkor” agrofirmasi Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri Xizmat koʻrsatish “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 76. 1. “Ruta” MChJ Toshkent shahar, Mi�obod tumani Tikuvchilik iplari ishlab chiqarish 77. 2. “Bek Amir Nurkelajagi” MChJ Navoiy viloyati, Navoiy shahri Issiqxona 78. 3. “Plutos agro” MChJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani Parrandachilik 79. 4. “72-sonli Avtokorxona” MChJ Toshkent viloyati, Angren shahri Avtomobil xizmati koʻrsatish 80. 5. “Green Word” MChJ Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri Konserva mahsulotlari ishlab chiqarish AT “Aloqabank” 81. 1. “Golden Xello Treyd” MChJ Namangan viloyati, Namangan shahri Ip gazlama matolari ishlab chiqarish 82. 2. “Namangan zamin standart” MChJ Namangan viloyati, Namangan shahri Transport xizmati koʻrsatish 83. 3. “Sevar Shaxnoz baraka” MChJ Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish 84. 4. “Xorazm mega beton” MChJ Xorazm viloyati, Urganch shahri Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish “Kapitalbank” ATB 85. 1. “Axsin” MChJ Namangan viloyati, Namangan shahri Ishlab chiqarish maydoni 86. 2. “Sara mebil servis” MChJ Namangan viloyati, Namangan shahri Ishlab chiqarish maydoni 87. 3. “Midibus Servis” MChJ Toshkent viloyati, Angren shahri Xizmat koʻrsatish “Turonbank” ATB 88. 1. “Boʻston obod taʼmir” MChJ Jizzax viloyati, Zarbdor tumani Xizmat koʻrsatish 89. 2. “Platinum Glass” MChJ Toshkent viloyati, Boʻka tumani Shisha buyumlari ishlab chiqarish 90. 3. “Avto Oynalar Dunyosi” MChJ Toshkent viloyati, Zangiota tumani Shisha buyumlari ishlab chiqarish “Hamkor bank” ATB 91. 1. “Saxovatli Zamin Termiz” MChJ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani Xizmat koʻrsatish 92. 2. “Fargʻona gidroizolatsiya materiallari zavodi” MChJ Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri Plastik trubalar ishlab chiqarish “Ipak Yoʻli” AITB 93. 1. “Navbahor xamkor trans” MChJ Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri Xizmat koʻrsatish “Savdogar” ATB 94. 1. “Eksptek-Texnolog IT ICh” MChJ Buxoro viloyati, Buxoro shahri Xizmat koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 3-ILOVA
Ishlab chiqarish maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tijorat banklari va mulk egalari bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtiriladigan korxonalar
ROʻYXATI
T/r T/r Korxona nomi Koʻchmas mulk obyekti nomi Joylashgan manzili Jami maydoni (ga) Ishlab chiqarish maydoni (m2) TIF Milliy banki 1. 1. “Reprocessing Uz” MChJ QK Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 3/163 4,5 856 2. 2. “Restored Beuty” MChJ QK Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 3/163 5 1050 3. 3. “Garbus Trade” MChJ Ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 157a 2 600 4. 4. “Banner Print” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Bektemir tumani, X. Boyqaro koʻchasi, 35 1,5 568 5. 5. “Maxsusmetallsanoat” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi 6 1568 6. 6. “Leather Group Impex” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Sergeli tumani, Janubiy sanoat zonasi 3,4 3 455 7. 7. “Om-Ak-Nur Biznes” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasi, 2a 1,2 1 200 8. 8. “Suntex Prom” MChJ Savdo rastalari Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shiroq koʻchasi 3,4 3 400 9. 9. “Pergament Quality Exclusive” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Jarqoʻrgʻon koʻchasi, 39 0,9 850 10. 10. “Milk Foods Trade” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi 2,5 1 545 11. 11. “Mill Max Group” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Sergeli tumani, Nilufar koʻchasi, 85 4,9 2 969 12. 12. “Sm Grand Gigant Stroy” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-daha, 1/13 1,2 1 246 13. 13. “Euro Pack” MChJ QK Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 56 1,8 1 660 14. 14. “Kam Guz Nur” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi 3,2 2 280 15. 15. “Ellite Food” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Olmazor tumani,, Usta Olim koʻchasi, 16 0,92 250 16. 16. “Edvice And Solutions” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, inshootlar Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 1 4,1 3 600 17. 17. “Toshkent qogʻozi” MChJ Ishlab chiqarish binolari Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi 9 4 500 “Asaka” ATB 18. 1. “Shodlik Saxovati” MChJ Ishlab chiqarish binosi Andijon viloyati, Andijon tumani, Asaka yoʻli koʻchasi 1,9 1 173 19. 2. “Mohlaroyim Norboeva” MChJ Ishlab chiqarish binosi Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Yoshlik” QFY, Qaliya koʻchasi, 125 0,5 3 200 20. 3. “Yorkatay qurilish invest” XK Ishlab chiqarish binosi Namangan viloyati, Uychi viloyati 0,5 2 450 21. 4. “Tong” MChJ Ishlab chiqarish binosi Samarqand viloyati, Samarqand shahri 0,4 2 425 22. 5. “Guliston polimer industrial” MChJ Ishlab chiqarish binosi Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 0,8 1 500 23. 6. “Quva Agro Invest” MChJ Ishlab chiqarish binosi Fargʻona viloyati, Quva tumani, Qayqubod, 47 5,25 4 100 24. 7. “Osiyo Asaka Model” MChJ Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Gavhar koʻchasi, 124 0,3 3 316 25. 8. “Agrointersoft” MChJ Ishlab chiqarish binosi va uskuna Toshkent shahri, Olmazor tumani, Bayroqtol koʻchasi 0,1 1 000 “Agrobank” ATB 26. 1. “Ulugʻ paxta trans” MChJ Avtosaroy Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani, “Bobur” QFY 2,30 2 176 27. 2. “Paxtasanoat chevarlari” MChJ Ishlab chiqarish binosi Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani 16,0 112 28. 3. “Omon fayz” MChJ Ishlab chiqarish binosi Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Kulbapoyan” QFY 2,1 520 29. 4. “Guliston Best servis” XK Akvapark Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 0,6 646 “Qishloq qurilish bank” ATB 30. 1. “Afsona gold kapital” Ohak ishlab chiqarish zavodi Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani, “Chayonlik” QFY 1,0 400 31. 2. “Nurobod ishonchli qurilish” MChJ Ishlab sexi Samarqand viloyati, Nurobod tumani 0,6 200 32. 3. “Dekla — Gulistan” MChJ Ishlab sexi Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 0,15 50 33. 4. “Interplast produkt” MChJ Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Choshtepa koʻchasi 0,07 400 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 34. 1. “Ilonsoy naslli parranda” XK Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Dashtakibolo” QFY 1,0 700 35. 2. “Oqoltin tomorqa servis besh” MChJ Bino va inshootlar Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, “Bobur” QFY 0,5 450 36. 3. “Geostar plyus” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent koʻchasi, 306 0,4 837 37. 4. “Dizayn print” MChJ Maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari, uskunalar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chopon ota koʻchasi, 8a 1,0 600 38. 5. “Gidrogabion” MChJ Bino va inshootlar Toshkent shahri, Yashnobod tumani 1,8 350 “Kapitalbank” ATB 39. 1. “Prestij Bon Story Servis” MChJ Maʼmuriy bino, maishiy xizmat majmuasi va omborxona Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Spitamenshox koʻchasi, 153 0,24 1 315 40. 2. “Sam Metal Komfort” XK Ofis binosi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Sattepo mavze, 88/12 0,19 728 41. 3. “Elegant TSG” MChJ Taksi saroy Toshkent shahri, Shay?ontohur tumani, Uygʻur koʻchasi, 314 0,2 460 42. 4. “Sapfir kurilish montaj” MChJ Qurilish mollari ishlab chiqarish sexi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chorbogʻ koʻchasi, 25 2,2 1728 “Ipoteka-bank” ATIB 43. 1. “Russkiy stil” XK Ishlab chiqarish binosi Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Bunyod” MFY 3,26 1 152 44. 2. “Oʼ zbiokombinat” MChJ QK Ishlab chiqarish binosi Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani 27,0 2 700 45. 3. “Sirdaryo Marvaridi” MChJ Eski univermag binosi Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani 1,3 600 46. 4. “Quality Textile Production” MChJ Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Yunusabod tumani, 9-daha, 27 0,2 1500 “Ipak Yoʻli” AITB 47. 1. “Muattarovlar Mahsulotlari” XK Muzlatish ombori binosi Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Kulbapoyan” QFY 0,44 684 48. 2. “Art Furniture” MChJ QK Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Qoʻyliq koʻchasi, 23 0,65 5789 49. 3. “Baw Invest” MChJ Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent koʻchasi, 327a 0,46 2814 “Aloqabank” ATB 50. 1. “SMALL CITY” MChJ Ishlab chiqarish binosi Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Sayiljoy” MFY 0,1 772 51. 2. “RASTINAL” XF Ishlab chiqarish binosi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Muliyon” MFY 0,2 1 000 52. 3. “Trans tayyorlov savdo” MChJ Ishlab chiqarish binosi Toshkent shahri, Sergeli tumani, Oltin vodiy koʻchasi 0,1 600 53. 4. “Xisorak beshyogʻoch” MChJ Sobiq Nukus kinoteatri binosi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifokorlar koʻchasi, 8 0,3 2000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 4-ILOVA
Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasining
TARKIBI
A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi R.S. Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari G.K. Saidova — Iqtisodiyot vaziri A.A Abduxakimov — Mehnat vaziri B.R. Parpiyev — Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimi boʻyicha — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi S.S. Xodjayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari T.A. Ishmetov — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Oliy sud raisining oʻrinbosari U.J. Sunnatov — Bosh prokuror oʻrinbosari Y.E. Tursunov — Moliya vaziri oʻrinbosari A.A. Usmanov — Adliya vaziri oʻrinbosari S.P. Abdullayev — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori lavozimi boʻyicha — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning oʻrniga mazkur lavozimga tayinlangan yangi shaxslar yoki uning vazifalari yuklatilgan shaxslar tarkibga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida”gi Farmoni ilovasining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-ilovasining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
ilova nomidan, 1 va 3-bandlar, 6-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandda:
ikkinchi xatboshidan “mulki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
II boʻlim, 38 va 39 bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 2-ilovadagi:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;
konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar roʻyxatini aniqlash;
tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish boʻyicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;
bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;
qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini koʻrib chiqish;
tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish.
tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini oʻrnatilagn tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
konkurs savdolari oʻtkazishda tijorat banklariga bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini sotish shartlarini tasdiqlash;
bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini konkurs savdolarida “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali sotish boʻyicha konkurs hujjatlarini tasdiqlash;
bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali tijorat banklariga sotish boʻyicha konkurs savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxonalar mutaxassislari va konsalting, baholash, audit va boshqa sohasidagi ekspertlarini ekspert guruhi ishiga jalb etgan holda konkurs takliflarini ishlab chiqish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
bankrot korxonalarni konkurs savdolarida tijorat banklariga, ular tomonidan ishlab chiqarishlarni tiklash, modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan majburiyatlarni qabul qilgan holda sotish boʻyicha natijalarni tasdiqlash;
IV boʻlimning nomidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandda:
birinchi xatboshidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bankrot korxonaning kreditorlik qarzdorligi tarkibidagi soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan hamda ish haqi toʻlovlaridan boʻlgan qarzdorlik 50 foizidan yuqori boʻlsa”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
19-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “auksion” soʻzlari “konkurs” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “auksion” soʻzi “konkurs” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
