Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2857-son)
29.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qayd etib oʻtilsinki, aholiga keng koʻlamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishini, uning oʻz vaqtida va yuqori sifatli boʻlishini taʼminlash respublikada zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimini yaratishning muhim ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda tashkil etilgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tarmogʻi, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari sohadagi mazkur vazifalarni maʼlum darajada hal etish imkonini berdi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining mustahkamlanishi bemorlarni statsionar sharoitida davolash darajasining 2017-yilda 1991-yilga nisbatan 1,6 barobar pasayishiga, poliklinika muassasalariga aholi murojaatlari soni esa 2,2-martaga oshishi va kishi boshiga qatnovlar sonini 6,5 dan 9,7 gacha oshirishga imkon yaratdi.
Shu bilan birgalikda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bilan bogʻliq masalalar oʻz yechimini topmay kelmoqda. Aholining, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholi salomatligi holatining patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilashni talab etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning murojaatlari tahlili aholining tibbiy yordam sifatidan, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, uning oʻz vaqtida koʻrsatilishidan qoniqmayotganligini koʻrsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini joylashtirish ishlari oqilona olib borilmaganligi sababli ayrim aholi punktlari birlamchi tibbiy yordamdan tezkorlik bilan foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻlgan boʻlsa, ayrimlarida xizmatlar biri-birini takrorlab kelmoqda. Ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarning oʻzaro integratsiyasi qoniqarsizligicha qolmoqda Oliy tibbiy taʼlim muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash tizimi sifat jihatdan takomillashtirilishiga ehtiyoj sezmoqda.
Respublika aholisining malakali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan keng foydalanish imkoniyatini yanada oshirish, uning oʻz vaqtida koʻrsatilishini hamda qamrab olinishi kengaytirilishini taʼminlash, umuman mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish maqsadida:
1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini yanada isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimini kasalliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida profilaktika va patronaj ishlariga qayta yoʻnaltirish. Faoliyat samaradorligining asosiy mezoni sifatida xizmat koʻrsatish hududida qatnov va davolangan bemorlar sonining kamayishi koʻrsatkichlari oʻrniga aholining shifoxonada davolanishi, kasallanish va nogironlik darajasini pasaytirish ishlariga oʻzgartirish;
qishloq vrachlik punktlari (bundan buyon — QVP), oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarda xizmat koʻrsatish vaqtini soat 8:00 dan 20:00 gacha uzaytirish hisobiga aholi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularda tunu-kun davomida mobil ishlaydigan, yaxshi jihozlangan tez yordam podstansiyalarini tashkil etish va foydalanish;
fertil yoshidagi va homilador ayollar, bolalar, shuningdek oʻzgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, surunkali kasallikka chalingan va boshqa shaxslar oʻrtasida patronaj ishlarini muntazam olib borishni tashkil etish;
qishloq aholisi, shu jumladan, bevosita ularning turar joylarida profilaktik koʻruvlar, laboratoriya klinik-biokimyoviy va instrumental (UTT, EKG va boshqa) tekshiruvlarni olib borish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning surunkali holga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik tizimini yaratish;
qishloq aholisiga bevosita QVP va poliklinikalarda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini tuman darajasida, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlar hamda tibbiyot oliygohlari klinikalari tomonidan ixtisoslashgan xizmatlar tizimini yaratishda amaliy yordam berishni tashkil etish orqali kengaytirish;
QVP va poliklinikalar moddiy-texnik bazasini zarur diagnostika va davolash jihozlari, shu jumladan tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun mobil brigadalarni joylashtirish hisobiga mustahkamlash;
QVP va poliklinika shifokorlarining malakali faoliyatini taʼminlash uchun, shu jumladan ularni klinik protokol, tibbiy adabiyot, meʼyoriy hujjatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, birlamchi tibbiy hujjatlarni maqbullashtirish va elektron shaklini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga yetarli shart-sharoitlar yaratish;
qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar shifokorlarini uy-joy va transport vositalari bilan taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishni va dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (bundan keyin — Komissiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining vakillari bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari joylashuvi, texnik jihozlanganlik holati toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Komissiyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining QVPlar tarmogʻini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi quyidagilarni koʻzda tutuvchi taklifi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin:
QVPlar sonini 2 985 tadan 1 612 tagacha qisqartirish va 793 ta QVPlar negizida kunduzgi statsionari mavjud boʻlgan qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish;
tashkil etiladigan qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yoʻlga qoʻyadigan “Dori-darmon” AK tizimining dorixonalarini joylashtirish;
qisqartirilayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida yangi 441 ta podstansiyalarni tashkil etish orqali qishloq joylardagi tez tibbiy yordam tarmogʻini kengaytirish;
faoliyati tugatilayotgan 658 ta QVP binolarini QVP va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida foydalanishga topshirish;
2025-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlarining faoliyatini amaldagi shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomida qayta tashkil etish va ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati koʻrsatishni tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari zimmasiga yuklash.
Belgilansinki, tuman tibbiyot birlashmalari tegishli qishloq vrachlik punktlarining huquqiy vorislari hisoblanadilar.
4. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklar profilaktikasi, erta aniqlash, tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va keng joriy etish;
sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini hisoblangan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
tibbiyot kadrlari tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 va undan keyingi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari binolari, shuningdek, uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida joylashgan QVP va poliklinika shifokorlari yashashi uchun xizmat uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan tartibda kiritib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan QVPlar tomonidan ilgari xizmat koʻrsatilgan aholini optimal joylashgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida aholini xabardor qilish;
qayta biriktirilayotgan aholi uchun malakali tibbiy yordamni tashkil etish;
tugatilayotgan QVPlarning tibbiy asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkining saqlanishi, oʻtkazib berilishi va samarali foydalanilishini taʼminlash;
maqbullashtirilishi natijasida boʻshaydigan QVPlar xodimlarini ish bilan taʼminlash;
sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini qoʻshimcha biriktiriladigan aholi sonini hisobga olgan holda oʻz vaqtida moliyalashtirish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat koʻrsatadigan tibbiyot xodimlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlash;
davlat granti asosida taʼlim olgan tibbiyot oliy oʻquv muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalariga 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ishlab berish uchun yoʻllash;
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yoʻl haqi kompensatsiyasini belgilash va toʻlab berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2017-yilning 1-iyulidan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish va davolashni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-yilning 1-oktabridan boshlab, kunduzgi statsionari mavjud boʻlgan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini reyting tizimida baholash hamda ular tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy xizmat koʻlami va sifatini baholash asosida tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Belgilansinki:
ushbu qarorda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish amaldagi xodimlar shtat birligi va qishloq vrachlik punktlarini taʼminlash uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi;
qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar qishloq oilaviy poliklinikalari va vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, sogʻliqni saqlash muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, reagentlar, sarflov materiallari va transport vositalari bilan taʼminlanish darajasini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-mart,
PQ-2857-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq vrachlik punktlarini
maqbullashtirish tadbirlari
T/r Hududlar nomi Mavjud QVPlar soni Saqlanayotgan BTSYO muassasalari soni, jami jumladan: Oʻz faoliyatini tugatayotgan QVPlar Oʻz faoliyatini tugatayotganlardan Oilaviy poliklinikalar, kunduzgi shifo oʻrinlari bilan Qishloq vrachlik punktlari “103” shaxobchasiga aylantiriladi Shifokor uchun uy-joy sifatida foydalaniladi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 188 102 66 36 86 4 74 2. Andijon viloyati 312 152 67 85 160 67 20 3. Buxoro viloyati 276 164 71 93 112 42 58 4. Jizzax viloyati 169 81 26 55 88 23 44 5. Qashqadaryo viloyati 256 155 72 83 101 30 42 6. Navoiy viloyati 147 89 34 55 58 21 26 7. Namangan viloyati 211 137 62 75 74 27 34 8. Samarqand viloyati 357 170 43 127 187 64 101 9. Sirdaryo viloyati 130 69 31 38 61 8 39 10. Surxondaryo viloyati 245 128 94 34 117 55 46 11. Toshkent viloyati 248 132 74 58 116 28 64 12. Fargʻona viloyati 283 150 88 62 133 37 81 13. Xorazm viloyati 163 83 65 18 80 35 29 Jami 2985 1612 793 819 1373 441 658
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish
KOMPLEKS CHORA TADBIRLARI
T\r Tadbirlar nomi Ijro muddati Mablagʻ miqdori Moliyalashtirish manbai Ijrochilar Ijro mexanizmi, qabul qilinadigan hujjat shakli I. Meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish 1. Tibbiy xodimlar faoliyati natijalarini baholash orqali ularni mehnatini ragʻbatlantirish tizimini koʻzda tutuvchi “Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va toʻliqligini reyting tizimida baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda uni 2017-yil 1-oktabrdan boshlab amaliyotga tatbiq qilish 2017-yil aprel 2017-yil may - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi 1. Meʼyoriy-huquqiy hujjatni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Meʼyoriy-huquqiy hujjatning konsepsiya va loyihasini tayyorlash. 3. Meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 4. Meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish 2. Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlarni xizmat uylari bilan taʼminlash tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqlash 2017-yil aprel - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlarini xizmat uylari bilan taʼminlash tartibini belgilovchi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 3. Davlat grantlari asosida tibbiyot oliygohlarida taʼlim olgan bitiruvchilarni 3 yildan kam boʻlmagan muddatga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda ishlash uchun yoʻllash tartibi yuzasidan Nizomni tasdiqlash 2017-yil aprel - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy taʼlim vazirligi Mehnat vazirligi Tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarini 3 yildan kam boʻlmagan muddatga qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda ishlash uchun yoʻllash tartibini joriy qilish yuzasidan Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 4. Davlat budjetlari hisobidan respublika, viloyat va tuman darajasidagi shifoxonalarda bemorlarni tekshirish va davolanish tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqlash 2017-yil aprel - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Davlat budjetlari hisobidan respublika, viloyat va tuman darajasidagi shifoxonalarda bemorlarni qatʼiy ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, jumladan qishloq vrachlik punktlari, koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalarning yoʻllanmasiga muvofiq tekshirish va davolanishini belgilovchi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 5. Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yoʻl xarajatlari miqdorini belgilash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash 2017-yil aprel - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yoʻl xarajatlarini qoplash va belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash 6. Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarning shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish, bunda shifokor va patronaj hamshiraning yuklama meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish va oʻrta tibbiy xodimlar funksional vazifalarini qayta taqsimlashni hamda oilaviy poliklinikalar shtat meʼyorlariga tor soha mutaxassislarini kiritishni koʻzda tutish 2017-yil III chorak - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarning yangi shtat meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash 7. Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punkti faoliyatini tashkillashtirish va tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish jarayonidagi vazifalar hamda ularni amalga oshirishda tibbiy xodimning javobgarligini belgilovchi tartib (reglament) ni ishlab chiqish 2017-yil III chorak - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini belgilovchi meʼyoriy huquqiy hujjatlar bazasini qayta koʻrib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining boshqa tibbiy muassasalar bilan uzviylikdagi hamkorligini belgilovchi hamda bemorlarni statsionar muassasalarga rejali davolanish uchun yoʻllash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash 8. Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va tuman (shahar) markaziy poliklinikalariga dori-darmon, tibbiy buyumlar va reagentlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish konsolidar xaridlarni nazarda tutuvchi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, bunda aholiga tibbiy xizmatlar va laborator diagnostikaning kengayishini inobatga olish 2017-yil III chorak - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va tuman(shahar) markaziy poliklinikalarida tibbiy xizmatlar hajmini kengayishini nazarda tutgan holda dori darmon, tibbiy buyumlar va reagentlarni konsolidar xarid yoʻli bilan sotib olish mexanizmini belgilovchi qoʻshma qarorni ishlab chiqish va tasdiqlash 9. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarini yuritish tartibini qayta koʻrib chiqish va ularning soni va hajmini kamaytirish 2017-yil Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritilayotgan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarning shakllarini qayta koʻrib chiqish, ularning hajmi va sonini maqbullashtirish, yangi shakllarni sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻini qabul qilish 10. Mavjud shtat meʼyorlariga qoʻshimcha kiritish, bunda shahar (Toshkent shaharda tuman) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudirining oʻrinbosari -oilaviy poliklinika koordinatori lavozimini mavjud umumiy xodimlar sonidan kelib chiqib kiritish 2017-yil III chorak 8,5 mln. soʻm Ajratilayotgan budjet mablagʻlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi Oilaviy poliklinika koordinatori lavozimi kiritishni nazarda tutgan holda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shtat meʼyorini ishlab chiqish va tasdiqlash 11. E?akchi davlatlar foydalangan va mahalliy dori darmonlardan keng tatbiq qilgan holda asosiy kasalliklarni diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi boʻyicha klinik protokollar (algoritm) larni ishlab chiqish va yangilash 2017 — 2021 yy - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Asosiy kasalliklarning diagnostikasi va davolash boʻyicha klinik protokol va algoritmlarni ishlab chiqish va tasdiqlash II. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash, diagiostikasi va davolashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va keng joriy qilish 12. Demografik sharoitlarni ahamiyatga olgan holda aholisi 30 mingdan ziyod boʻlgan shaharlarda oilaviy poliklinika tizimini bosqichma bosqich kengaytirish hisobiga shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini oshirish 2017 — 2020 yy. - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashga, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Demografik sharoitlarni ahamiyatga olgan holda aholiga 30 mingdan ziyod boʻlgan shaharlarda oilaviy poliklinikalarni tashkil qilish 13. Birlamchi tibbiy sanitariya-yordami muassasalarining yangi shtat meʼyorlarini ahamiyatga olgan holda ularni yangi jihozlash jadvalini tasdiqlash Jihozlash jadvaliga muvofiq ularni bosqichma bosqich tibbiy asbob uskunalar bilan toʻliq jihozlash 2022-2023 yy. Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining yangi jihozlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash 14. Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida elektron tibbiy hujjatlarni yuritilishini dasturiy taʼminoti yuzasidan eksperimentni joriy qilish va eksperiment natijalaridan kelib chiqib, respublikadagi boshqa birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish 2017-yil yil I chorak 2018-yil I chorak 30,0 ming AQSH doll. JSST mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalar qoʻmitasi Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida elektron tibbiy hujjatlarni yuritilishini dasturiy taʼminlash yuzasidan eksperimentni joriy qilish Eksperiment natijalaridan kelib chiqib, respublikadagi boshqa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash 15. Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalarida noinfeksion kasalliklar, ayniqsa gipertoniya kasalligi, qandli diabet va oʻpkaning surunkali kasalliklarini xavf belgilarini 40 yosh va undan katta aholida erta aniqlash yuzasidan skriningni joriy qilish va ijobiy amaliyotni respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq qilish yuzasidan takliflar kiritish. Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining 3000 dan kam boʻlmagan tibbiy xodimlarini maxsus ?urslarda oʻqitish 2017-2018 yy. 400,0 mln. soʻm Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent sh. hokimliklari Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridagi tanlab olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida noinfeksion kasalliklar, ayniqsa gipertoniya kasalligi, qandli diabet va oʻpkaning surunkali kasalliklarini xavf belgilarini 40 yosh va undan katta aholida erta aniqlash yuzasidan skriningni joriy qilish va respublikaning boshqa hududlariga ham joriy qilish yuzasidan takliflar kiritish. Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining 3000 dan kam boʻlmagan tibbiy xodimlarini maxsus kurslarda oʻqitish uchun oʻquv dasturlari tayyorlash va seminarlarni oʻtkazish 16. Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarining amaliyotiga respublika va viloyat tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari tomonidan qoʻllab quvvatlovchi kuratorlik mexanizmini joriy qilish 2017-yil II chorak 2017 — 2021 yy. 1697,7mln. soʻm Ijrochilar mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining amaliyotiga respublika va viloyat tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari tomonidan qoʻllab quvvatlovchi kuratorlik mexanizmini joriy qilish boʻyicha Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash 17. Aholining tibbiy madaniyatini hamda fuqarolarning oʻz salomatligiga masʼulligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq profilaktik dasturlarni oʻz ichiga olgan ijtimoiy roliklar orqali sogʻlom turmush tarzi asoslarini faol targʻib qilish 2017-yil 60,0 mln. soʻm rolik ishlab chiqish uchun Homiylar mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi OʻzMTRK Aniq profilaktik dasturlar va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qiluvchi ijtimoiy roliklarni tayyorlash 18. Xar yili tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq ijtimoiy tarkibdagi, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan bepul SMS xabarlarni tayyorlash va tarqatish 2017-yil avgustdan doimiy asosda - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar qoʻmitasi kompaniyalari Ijtimoiy tarkibdagi SMS xabarlarni tayyorlash va tarqatish boʻyicha dastur ishlab chiqish III. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 19. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolari holatini qayta inventarizatsiyadan oʻtkazish va 2018 — 2021-yillar rivojlanish davlat dasturlarining manzilli roʻyxatiga kiritish 2017 — 2021 yy. - - Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi Davarxitektqurilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Idoralararo komissiya tomonidan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar binolarining holatini oʻrganib chiqish va taʼmirlash joiz boʻlganlarini rivojlanish davlat dasturlari loyihasiga kiritish 20. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bunda: 126 ta qishloq vrachlik punktlari va 180ta oilaviy poliklinikalarni jihozlanish jadvaliga muvofiq tibbiy jihozlar bilan toʻliq taʼminlash; Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalarini EKG, laborator va sterilizatsion uskunalar, ginekologik, xirurgik va shifokorlik jamlanmalari bilan qoʻshimcha jihozlash; Oilaviy poliklinikalarni bosqichma bosqich zamonaviy diagnostik asbob uskunalar, jumladan, rentgen va UTT apparatlari bilan taʼminlash 2017-yil 2017-2018 yy. 14,7 mln. AQSH doll. 2,2 mln. AQSH doll. Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oilaviy poliklinikalarni bosqichma bosqich zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash 21. Immunizatsiya va vaksinoprofilaktika jarayonida qatnashuvchi muassasalarni taʼmirlash, sovutkich va maxsus avtotransport bilan taʼminlash, shuningdek, vaksinatsiyalash jarayonini elektron boshqarish tizimini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash hamda aholining emlashning afzalliklari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish 2017 — 2022 yy 17,2 mln AQSH doll Vaksinatsiya va immunizatsiyaning global alyansi (GAVI) Sogʻliqni saqlash vazirligi Immunizatsiya va vaksinoprofilaktika jarayonida qatnashuvchi muassasalarni maxsus avtotransport va sovutkichlarni sotib olish boʻyicha xaridlarni amalga oshirish vaksinatsiyalash jarayonini elektron boshqarish tizimini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash va aholining emlashning afzalliklari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish 22. Qishloq vrachlik punktlari va yaratilayotgan qishloq oilaviy poliklinikalarida tibbiy xodimlar uchun sharoit yaratish, bunda: 136 ta QVP qoshida uy joy qurish; 658 ta QVP qoshida shifokor yashashi uchun sharoit yaratish maqsadida bosqichma bosqich mukammal taʼmirlash; tashkil qilinayotgan 793 ta poliklinika va 441 ta “103” shaxobchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish; “103” xizmati uchun 550 dona “Damas” rusumli avtotransport sotib olish 2017 — 2019 yy 12,3 mlrd soʻm 21,0 mlrd soʻm 75,0 mlrd.soʻm 19,3 mlrd.soʻm Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi QVP, qishloq oilaviy poliklinikalar binosi holatini qayta oʻrganish, nuqson dalolatnomalarini tuzish va ularni mukammal taʼmirlash, qurilish rekonstruksiya ishlarini oʻtkazish, “103” xizmati uchun avtotransport sotib olish IV. Tibbiy xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish 23. Hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarining diplomdan keyingi uzluksiz tibbiy taʼlim tizimi bilan qamrab olish maqsadida tashkil qilinayotgan oʻquv-amaliyot markazlarini jihozlash 2016-2017 yy. 3,5 mln. AQSH doll. Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida tashkil qilinayotgan oʻquv-amaliyot markazlarini jihozlash jadvalini tayyorlash zarur asbob uskunalar jadvalini tayyorlash va ularni xarid qilish 24. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining muammoli masalalari va tashkillashtirish yuzasidan maqsadli tematik ilmiy izlanishlarning roʻyxatini tuzish, ularni amalga oshirish yuzasidan masʼullarni belgilash hamda ushbu sohada innovatsion ilmiy izlanishlarni rivojlantiruvchi yangi dastur va uslublarni ishlab chiqish 2017 — 2021 yy. Sogʻliqni saqlash vazirligi Fanlar akademiyasi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining muammoli masalalariga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkil qilish 25. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, bunda: umumiy amaliyot shifokorlarini masofadan malakasini oshirish va bilimini baholashni usullarini joriy qilish; qishloq vrachlik punktlari mudirlari uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish boʻyicha maxsus 72-soatli oʻquv dasturi ishlab chiqish; patronaj hamshiralarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv amaliy dasturlarni takomillashtirish 2017-yil. 2017 — 2021 yy. 318,8 mln. soʻm- Ajratilayotgan budjet mablagʻlari miqdorida Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash; Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlarini oʻqitishni tashkillashtirish va amalga oshirishda onlayn-texnologiyalarni qoʻllash
2017 — 2021-yillarda tadbirlari amalga oshirish uchun jami — 130 085,0 mln soʻm va 37,6 mln AQSH doll. mablagʻi sarflanadi.
Shundan:
Davlat budjeti mablagʻlari-468,5 mln soʻm;
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiyasi, kapital taʼmirlash va jihozlash Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari — 127 600 mln soʻm;
Ijrochilar mablagʻlari-2016,5 mln soʻm;
Xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari-37,6 mln. AQSH doll.
