Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-2906-son)
20.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini kommunal-maishiy sharoitlarga ega boʻlgan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan qulay xizmat uy-joyi bilan taʼminlash, shuningdek inspektorlarning nufuzini oshirish va xizmatni samarali oʻtashini taʼminlash maqsadida:
1. 2017-2018-yillarda ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektorlari deb ataladi) bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joyi bilan taʼminlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin, Dastur quyidagi asosiy parametrlarni oʻz ichiga oladi:
2017-2018-yillarda profilaktika inspektorlarini bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan koʻp xonadonli uylardagi xizmat kvartiralari (keyingi oʻrinlarda xizmat kvartiralari deb ataladi) bilan 1-ilovaga muvofiq taʼminlash;
2017-2018-yillarda profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni oʻtaydigan joy yaqinidagi massivlar hududida joylashadigan xizmat uy-joylarini (keyingi oʻrinlarda xizmat uy-joylari deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq qurish.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Dastur doirasida:
davlat hokimiyati organlari profilaktika inspektorlariga berish uchun ularning tasarrufida boʻladigan, ikkilamchi bozorda davlat daromadiga yoʻnaltirilgan uy-joyni sotib olish, shuningdek ikkilamchi bozordan qabul qilib olinadigan kvartiralar egalariga yer uchastkalari berish yoʻli bilan uy-joy fondini shakllantiradilar;
xizmat uy-joylarini qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2639-sonli qarori bilan joriy etilgan, 0,02 gektar hajmdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan, hovli inshootlariga ega boʻlgan bir qavatli 2 va 3 xonali uy- joylarning namunaviy loyihasi boʻyicha amalga oshiriladi;
xizmat uy-joylari qurishga massivlarni tayyorlash, shuningdek sugʻorish suv quvuri, irrigatsiya tarmoqlari, kirib kelish yoʻllari, yoʻlaklari va tashqi yoritish tarmoqlari qurishni hisobga olgan holda ularning hududlarini obodonlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Dastur doirasida profilaktika inspektorlariga xizmat kvartiralari berish uchun ikkilamchi bozorda uy-joy sotib olishda oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash uchun davlat boji toʻlashdan 2019-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining Dastur doirasida xizmat uy-joylari, ular uchun suv taʼminoti tarmoqlari, kanalizatsiya va uy-joylarga kirib kelish yoʻllari tarmoqlarini qurish boʻyicha:
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJni — buyurtmachi etib;
“Qishloq qurilish loyiha” MChJni — bosh loyiha tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
5. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — xizmat kvartiralari bilan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, jumladan markazlashgan kapital qoʻyilmalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — xizmat uy-joylarini qurish;
tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari — xizmat uy-joylari uchun suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarini qurish boʻyicha moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda buyurtmachiga Dastur doirasida xizmat uy-joylari qurish uchun profilaktika inspektorlari xizmatni oʻtaydigan joyga bevosita yaqin joydagi massivlar hududida joylashgan, shuningdek tashqi muhandislik-kommunikatsiyalaridan foydalanadigan yer uchastkalari berilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ buyurtmachining asoslangan hisoblari boʻyicha Dastur doirasida uy-joylar qurish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar va tartibga solinadigan narxlar boʻyicha zarur miqdorda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratilishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2639-sonli qarorida nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar buyurtmachiga, pudratchilarga, subpudratchilarga, loyihachilarga, ishlab chiqarish, transport tashkilotlariga hamda Dastur doirasida xizmat uy-joylari qurishda qatnashadigan boshqa tashkilotlarga tatbiq etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda barcha jarayonlarning mexanizmi va moliyalashtirish sxemasini aniq koʻrsatgan holda, profilaktika inspektorlariga xizmat kvartiralari va uy-joylarini taqdim etish hamda ularni ekspluatatsiya qilish va saqlash tartibi boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Dastur doirasida quriladigan xizmat uy-joylarining loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat-arxitektura nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining 2018-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda imtiyozli ipoteka krediti berish asosida, ichki ishlar organlarining ehtiyojmand va xizmatda namuna koʻrsatgan xodimlariga sotish uchun koʻp kvartirali uylar qurishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-aprel,
PQ-2906-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son qaroriga 1-ILOVA
2017-2018-yillarda profilaktika inspektorlarini bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan koʻp xonadonli uylardagi xizmat kvartiralari bilan taʼminlashning
ASOSIY PARAMETRLARI
T/r Hududlar nomlanishi 2017-2018-yillarda taqdim etiladigan xizmat kvartiralari soni Shu jumladan: 2017-yil 2018-yil JAMI 1327 576 751 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 12 5 7 1. Nukus shahar 12 5 7 2. Andijon viloyati 53 31 22 2.1. Andijon shahar 37 18 19 2.2. Andijon tumani 3 3 2.3. Buloqboshi tumani 2 2 2.4. Boʻz tumani 1 1 2.5. Jalaquduq tumani 4 1 3 2.6. Qoʻrgʻontepa tumani 3 3 2.7. Oltinkoʻl tumani 1 1 2.8. Paxtaobod tumani 2 2 3. Buxoro viloyati 126 72 54 3.1. Buxoro shahar 70 40 30 3.2. Kogon shahar 18 9 9 3.3. Kogon tumani 3 2 1 3.4. Buxoro tumani 7 4 3 3.5. Vobkent tumani 2 2 3.6. Gʻijduvon tumani 4 2 2 3.7. Qorakoʻl tumani 5 3 2 3.8. Romitan tumani 4 2 2 3.9. Jondor tumani 2 1 1 3.10. Shofirkon tumani 1 1 3.11. Olot tumani 4 2 2 3.12. Peshku tumani 2 2 3.13. Qorovulbozor tumani 4 2 2 4. Jizzax viloyati 24 9 15 4.1. Jizzax shahar 21 6 15 4.2. Arnasoy tumani 1 1 4.3. Doʻstlik tumani 2 2 5. Qashqadaryo viloyati 35 21 14 5.1. Qarshi shahar 10 3 7 5.2. Qarshi tumani 1 1 5.3. Gʻuzor tumani 1 1 5.4. Koson tumani 1 1 5.5. Shahrisabz tumani 10 3 7 5.6. Chiroqchi tumani 2 2 5.7. Yakkabogʻ tumani 1 1 5.8. Kitob tumani 1 1 5.9. Kasbi tumani 1 1 5.10. Qamashi tumani 1 1 5.11. Dehqonobod tumani 1 1 5.12. Nishon tumani 2 2 5.13. Mirishkor tumani 1 1 5.14. Muborak tumani 2 2 6. Navoiy viloyati 49 26 23 6.1. Navoiy shahar 32 16 16 6.2. Zarafshon shahar 10 3 7 6.3. Uchquduq tumani 7 7 7. Namangan viloyati 3 3 7.1. Namangan shahar 3 3 8. Samarqand viloyati 90 8 82 8.1. Samarqand shahar 87 7 80 8.2. Kattaqoʻrgʻon shahar 3 1 2 9. Surxondaryo viloyati 96 40 56 9.1. Termiz shahar 25 5 20 9.2. Termiz tumani 1 1 9.3. Angor tumani 3 2 1 9.4. Muzrabot tumani 4 2 2 9.5. Sherobod tumani 5 3 2 9.6. Boysun tumani 5 2 3 9.7. Qiziriq tumani 5 2 3 9.8. Jarqoʻrgʻon tumani 5 3 2 9.9. Qumqoʻrgʻon tumani 5 2 3 9.10. Shoʻrchi tumani 8 4 4 9.11. Oltinsoy tumani 1 1 9.12. Denov tumani 18 9 9 9.13. Sariosiyo tumani 6 2 4 9.14. Uzun tumani 5 2 3 10. Sirdaryo viloyati 24 10 14 10.1. Guliston shahar 10 5 5 10.2. Shirin shahar 3 1 2 10.3. Yangiyer shahar 7 3 4 10.4. Sirdaryo tumani 4 1 3 11. Toshkent viloyati 131 64 67 11.1. Angren shahar 31 8 23 11.2. Bekobod shahar 17 15 2 11.3. Chirchiq shahar 24 10 14 11.4. Olmaliq shahar 25 10 15 11.5. Boʻka tumani 2 2 11.6. Boʻstonliq tumani 1 1 11.7. Ohangaron tumani 8 1 7 11.8. Yangiyoʻl tumani 10 6 4 11.9. Zangiota tumani 13 11 2 12. Fargʻona viloyati 119 23 96 12.1. Fargʻona shahar 54 11 43 12.2. Qoʻqon shahar 34 4 30 12.3. Margʻilon shahar 26 6 20 12.4. Quvasoy shahar 5 2 3 13. Xorazm viloyati 28 10 18 13.1. Urganch shahar 28 10 18 14. Toshkent shahar 537 257 280 14.1. Mirobod tumani 48 32 16 14.2. Mirzo Ulugʻbek tumani 72 25 47 14.3. Yunusobod tumani 52 32 20 14.4. Yakkasaroy tumani 21 10 11 14.5. Sha�xontohur tumani 60 42 18 14.6. Chilonzor tumani 85 30 55 14.7. Sirgʻali tumani 50 25 25 14.8. Yashnobod tumani 34 10 24 14.9. Olmazor tumani 45 25 20 14.10. Uchtepa tumani 65 26 39 14.11. Bektemir tumani 5 5
Izoh: profilaktika inspektorlari soni va ularning xizmat kvartiralariga boʻlgan ehtiyojlari oʻzgarganda parametrlarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son qaroriga 2-ILOVA
2017-2018-yillarda profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni oʻtaydigan joy yaqinidagi massivlar hududida joylashadigan xizmat uy-joylarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
T/r Hududlar nomlanishi 2017–2018-yillarda barpo etilayotgan xizmat uy-joylari soni Shu jumladan: 2017 yil 2018 yil JAMI 3 829 950 2 879 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 271 54 217 1.1. Nukus shahar 39 9 30 1.2. Taxiatosh shahar 9 1 8 1.3. Amudaryo tumani 28 8 20 1.4. Beruniy tumani 27 6 21 1.5. Qonlikoʻl tumani 6 1 5 1.6. Qoraoʻzak tumani 9 2 7 1.7. Kegeyli tumani 12 2 10 1.8. Qoʻngʻirot tumani 22 4 18 1.9. Moʻynoq tumani 5 2 3 1.10. Nukus tumani 7 1 6 1.11. Taxtakoʻpir tumani 7 2 5 1.12. Toʻrtkoʻl tumani 29 5 24 1.13. Xoʻjayli tumani 27 3 24 1.14. Chimboy tumani 20 2 18 1.15. Shumanay tumani 8 2 6 1.16. Ellikqalʼa tumani 16 4 12 2. Andijon viloyati 326 87 239 2.1. Andijon shahar 35 9 26 2.2. Andijon tumani 27 8 19 2.3. Asaka tumani 33 9 24 2.4. Baliqchi tumani 22 8 14 2.5. Buloqboshi tumani 19 4 15 2.6. Boʻz tumani 8 2 6 2.7. Jalaquduq tumani 19 4 15 2.8. Izboskan tumani 28 6 22 2.9. Qoʻrgʻontepa tumani 22 5 17 2.10. Marhamat tumani 18 4 14 2.11. Oltinkoʻl tumani 11 4 7 2.12. Paxtaobod tumani 22 6 16 2.13. Ulugʻnor tumani 8 1 7 2.14. Xoʻjaobod tumani 16 4 12 2.15. Xonobod tumani 1 1 0 2.16. Shahrixon tumani 37 12 25 3. Buxoro viloyati 180 51 129 3.1. Buxoro shahar 9 2 7 3.2. Kogon shahar 5 1 4 3.3. Kogon tumani 6 1 5 3.4. Buxoro tumani 14 4 10 3.5. Vobkent tumani 14 5 9 3.6. Gʻijduvon tumani 37 12 25 3.7. Qorakoʻl tumani 18 5 13 3.8. Romitan tumani 12 3 9 3.9. Jondor tumani 19 5 14 3.10. Shofirkon tumani 17 5 12 3.11. Olot tumani 12 3 9 3.12. Peshkutumani 13 4 9 3.13. Qorovulbozortumani 4 1 3 4. Jizzax viloyati 178 41 137 4.1. Jizzax shahar 13 2 11 4.2. Jizzax tumani 25 9 16 4.3. Arnasoy tumani 8 1 7 4.4. Baxmal tumani 20 5 15 4.5. Gʻallaorol tumani 20 6 14 4.6. Doʻstlik tumani 8 1 7 4.7. Zarbdor tumani 10 1 9 4.8. Zafarobod tumani 10 1 9 4.9. Zomin tumani 22 6 16 4.10. Mirzachoʻl tumani 10 1 9 4.11. Paxtakor tumani 13 3 10 4.12. Forish tuma�i 14 4 10 4.13. Yangiobod tumani 5 1 4 5. Qashqadaryo viloyati 409 83 326 5.1. Qarshi shahar 39 5 34 5.2. Qarshi tumani 31 8 23 5.3. Gʻuzor tumani 25 6 19 5.4. Koson tumani 37 8 29 5.5. Shahrisabz tumani 43 7 36 5.6. Chirchiq tumani 48 11 37 5.7. Yakkabogʻ tumani 35 7 28 5.8. Kitob tumani 35 8 27 5.9. Kasbi tumani 24 4 20 5.10. Qamashi tumani 33 9 24 5.11. Dehqonobod tumani 19 3 16 5.12. Nishon tumani 16 3 13 5.13. Mirishkor tumani 14 2 12 5.14. Muborak tumani 10 2 8 6. Navoiy viloyati 121 36 85 6.1. Zarafshon shahar 2 1 1 6.2. Uchquduq tumani 3 1 2 6.3. Karmana tumani 17 6 11 6.4. Konimex tumani 8 1 7 6.5. Qiziltepa tumani 22 8 14 6.6. Tomdi tumani 5 1 4 6.7. Navbahor tumani 18 6 12 6.8. Nurota tumani 15 4 11 6.9. Xatirchi tumani 31 8 23 7. Namangan viloyati 295 71 224 7.1. Namangan shahar 91 5 86 7.2. Kosonsoy tumani 21 7 14 7.3. Mingbuloq tumani 7 3 4 7.4. Namangan tumani 16 4 12 7.5. Norin tumani 17 6 11 7.6. Pop tumani 12 5 7 7.7. Toʻraqoʻrgʻon tumani 20 5 15 7.8. Uychi tumani 25 7 18 7.9. Uchqoʻrgʻon tumani 19 7 12 7.10. Chortoq tumani 15 5 10 7.11. Chust tumani 28 8 20 7.12. Yangiqoʻrgʻon tumani 24 9 15 8. Samarqand viloyati 463 123 340 8.1. Samarqand shahar 46 3 43 8.2. Kattaqoʻrgʻon shahar 14 2 12 8.3. Bulungʻur tumani 29 4 25 8.4. Jomboy tumani 21 7 14 8.5. Ishtixon tumani 29 9 20 8.6. Kattaqoʻrgʻon tumani 31 12 19 8.7. Narpay tumani 25 8 17 8.8. Nurobod tumani 17 6 11 8.9. Payariq tumani 33 9 24 8.10. Pastdargʻom tumani 40 11 29 8.11. Paxtachi tumani 19 5 14 8.12. Oqdaryo tumani 18 5 13 8.13. Samarqand tumani 31 11 20 8.14. Toyloq tumani 28 8 20 8.15. Urgut tumani 67 18 49 8.16. Qoʻshrabot tumani 15 5 10 9. Sirdaryo viloyati 131 22 109 9.1. Guliston shahar 8 2 6 9.2. Shirin shahar 1 1 9.3. Yangiyer shahar 2 1 1 9.4. Sirdaryo tumani 19 3 16 9.5. Oqoltin tumani 11 2 9 9.6. Boyovut tumani 21 4 17 9.7. Sayxunobod tumani 13 2 11 9.8. Guliston tumani 14 2 12 9.9. Sardoba tumani 11 2 9 9.10. Xovos tumani 19 2 17 9.11. Mirzaobod tumani 12 2 10 10. Surxondaryo viloyati 270 67 203 10.1. Termiz tumani 14 4 10 10.2. Angor tumani 16 3 13 10.3. Muzrabot tumani 16 4 12 10.4. Sherobod tumani 21 6 15 10.5. Boysun tumani 12 3 9 10.6. Qiziriq tumani 18 5 13 10.7. Jarqoʻrgʻon tumani 26 7 19 10.8. Qumqoʻrgʻon tumani 25 5 20 10.9. Shoʻrchi tumani 19 5 14 10.10. Oltinsoy tumani 22 6 16 10.11. Denov tumani 38 10 28 10.12. Sariosiyo tumani 24 4 20 10.13. Uzun tumani 19 5 14 11. Toshkent viloyati 377 112 265 11.1. Angren shahar 10 1 9 11.2. Bekobod shahar 3 1 2 11.3. Chirchiq shahar 3 1 2 11.4. Olmaliq shahar 4 1 3 11.5. Bekobod tumani 30 11 19 11.6. Boʻka tumani 18 5 13 11.7. Boʻstonliq tumani 33 8 25 11.8. Ohangaron tumani 23 2 21 11.9. Oqqoʻrgʻon tumani 18 3 15 11.10. Piskent tumani 15 4 11 11.11. Parkent tumani 20 8 12 11.12. Yuqorichirchiq tumani 19 5 14 11.13. Oʻrtachirchiq tumani 29 10 19 11.14. Quyichirchiq tumani 23 3 20 11.15. Yangiyoʻl tumani 34 11 23 11.16. Chinoz tumani 21 8 13 11.17. Qibray tumani 26 8 18 11.18. Zangiota tumani 48 22 26 12. Fargʻona viloyati 439 109 330 12.1. Fargʻona shahar 9 1 8 12.2. Qoʻqon shahar 24 3 21 12.3. Margʻilon shahar 20 2 18 12.4. Quvasoy shahar 10 2 8 12.5. Oltiariq tumani 29 8 21 12.6. Qoʻshtepa tumani 23 6 17 12.7. Beshariq tumani 31 6 25 12.8. Quva tumani 36 10 26 12.9. Uchkoʻprik tumani 27 7 20 12.10. Oʻzbekiston tumani 34 9 25 12.11. Fargʻona tumani 30 8 22 12.12.1. Bagʻdod tumani 27 7 20 12.13. Rishton tumani 27 6 21 12.14. Dangʻara tumani 23 4 19 12.15. Toshloq tumani 24 9 15 12.16. Buvayda tumani 25 10 15 12.17. Yozyovon tumani 13 3 10 12.18. Soʻx tumani 11 3 8 12.19. Furqat tumani 16 5 11 13. Xorazm viloyati 268 76 192 13.1. Urganch shahar 20 4 16 13.2. Pitnak shahar 10 1 9 13.3. Xiva tumani 36 10 26 13.4. Gurlan tumani 22 6 16 13.5. Shovot tumani 24 8 16 13.6. Xonqa tumani 25 8 17 13.7. Hazorasp tumani 30 9 21 13.8. Urganch tumani 24 8 16 13.9. Qoʻshkoʻpir tumani 23 7 16 13.10. Bogʻot tumani 23 6 17 13.11. Yangiariq tumani 17 5 12 13.12. Yangibozor tumani 14 4 10 14. Toshkent shahar 101 18 83 14.1. Mirobod tumani 10 1 9 14.2. Yunusobod tumani 13 2 11 14.3. Shayxontohur tumani 9 3 6 14.4. Chilonzor tumani 16 3 13 14.5. Yashnobod tumani 14 2 12 14.6. Olmazor tumani 7 2 5 14.7. Uchtepa tumani 31 5 26 14.8. Bektemir tumani 1 1
Izoh: profilaktika inspektorlari soni va ularning xizmat kvartiralariga boʻlgan ehtiyojlari oʻzgarganda parametrlarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
