Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (211-son)
14.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qadimgi Xorazm jahon tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan biri, davlatchilik, urbanizatsiya, moddiy va maʼnaviy madaniyat tarixida alohida ahamiyatga ega ekanligi hamda vohada mamlakatimizning mashhur arxeologik, shaharsozlik, meʼmoriy yodgorliklari joylashganligi va hozirgi davrda xalqaro turizmning yirik maskanlaridan biriga aylanganligini hisobga olib, Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) qoʻshimcha asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Xorazmning qadimiy tarixini uzviy izchillikda oʻrganish, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini, boy ilmiy salohiyatining jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni masalalarini tadqiq etish;
Xorazm vohasida joylashgan arxeologik yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha doimiy arxeologik ekspeditsiyalar olib borish, etnologik tadqiqotlar va manbashunoslik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va ularning natijalarini jahon ilmiy jamoatchiligi oldida keng targʻib qilish;
Xorazm vohasi meʼmoriy yodgorliklarini biologik, fizik va turli salbiy taʼsirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
vohaning ekologik holati boʻyicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, mavjud er-suv va biologik resurslaridan oqilona foydalanish, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini iqlimlashtirish orqali shoʻrlanish va choʻllanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish, mavjud eksperimental baza asosida qishloq xoʻjaligi va baliqchilik sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish;
Xorazmning tarixiy anʼanalari hamda mavjud ilmiy salohiyatdan foydalangan holda matematika fani sohasida fundamental ilmiy izlanishlar olib borish;
mahalliy mineral (konchilik-kimyo sanoati va noruda) resurslarni qayta ishlashning ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, Akademiyaning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, Akademiyani saqlash hamda arxeologik ekpeditsiyalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligining viloyatda ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Akademiya huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
viloyatda ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish, fan — taʼlim — ishlab chiqarish tizimining samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Xorazm viloyatidagi yirik korxonalarni xoʻjalik shartnomalari asosida yangi ilmiy ishlanmalarni, innovatsion loyihalarni qisqa muddatlarda amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirish;
yuqori ilmiy natijalarga erishgan, viloyat ilm-fanini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan olimlar va professor-oʻqituvchilar, jumladan yosh ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
akademiya moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida, jumladan laboratoriya asbob-uskunalarining butlovchi qismlari va reaktivlarni sotib olishda homiylik xayriyalarini jalb etishga koʻmaklashish.
7. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Kengashning nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Akademiyaning yangilangan ustavini bir oy muddatda tasdiqlasin va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Akademiyani yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Akademiya faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlari uchun Akademiyaning faoliyati bilan tanishtirish va fan yangiliklarini oʻrgatish maqsadida qisqa muddatli kurslarni tashkil etilishini hamda Akademiya nufuzini yanada oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlar, respublika va xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini;
fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida Akademiyaning ilmiy xodimlarini respublika oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga keng jalb etishni hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv amaliyotlari va izlanishlari mavzularidan kelib chiqib Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyi, axborot-resurs markazi va laboratoriyalaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Akademiyaning xorijiy mamlakatlar yetakchi ilmiy muassasalari bilan tizimli hamkorlik qilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Akademiyaning ilmiy tadqiqotlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, akademiya ilmiy xodimlarini respublika va xorijning yetakchi ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka va tadqiqotlar oʻtkazishiga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini tarixiy sayyohlik yoʻnalishiga kiritish yuzasidan chora-tadbirlarni va respublikadagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur muzeyni keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xorazm viloyati hokimligi taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sanʼatkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2017-yilning noyabr oyida Xiva shahrida “Xorazm Maʼmun akademiyasining rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasini oʻtkazsin.
13. Akademiya binosi yonida uning ilmiy xodimlariga moʻljallangan ikki qavatli 24 xonadonli uy-joylarni qurish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda:
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilganligi;
“Loyiha qurilish lyuks” XK loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi;
“Ollabergan usta Raxmon” XF pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur uy-joylar qurilishini moliyalashtirish va undagi xonadonlarni birinchi navbatda Akademiya ilmiy xodimlariga ajratish uchun “Ipoteka-bank” ATIBning uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1727-son bilan roʻyxatga olingan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Akademiya binolarini kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha eng maqbul loyiha yechimini nazarda tutuvchi sifatli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 2017 — 2018-yillarda moliyalashtirilishini;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Akademiya faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Akademiyani zamonaviy ilmiy laboratoriya, texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni, donor mamlakatlarning kreditlari va grantlarini jalb etish ishlari muntazam olib borilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yil zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Akademiyaga 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan bitta xizmat koʻrsatadigan va uchta maxsus avtotransport taʼminotiga limit ajratsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Xorazm viloyatining hokimi P.R. Bobojonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha
chora-tadbirlar
T/r Tadbirlar nomi Xarajatlar, mln. soʻm Moliyalashtirish manbalari Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish 1. Akademiya faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlari uchun Akademiya faoliyati bilan tanishtirish va fan yangiliklarini oʻrgatish maqsadida qisqa kurslarni tashkil etish, jumladan tarix, arxeologiya, manbashunoslik, meʼmoriy yodgorliklarni saqlash va seleksiya sohalarida fan yutuqlarini targʻib etish boʻyicha kurslar tashkil qilish choralarini koʻrish hisob-kitoblarga asosan Tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida Akademiyaning ilmiy xodimlarini respublika oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga keng jalb etishni hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv amaliyotlari va izlanishlari mavzularidan kelib chiqib Akademiyaning muzeyi, axborot-resurs markazi va laboratoriyalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, xususan Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiallari bilan integratsiyani kuchaytirish choralarini koʻrish - - doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 3. Xorazm Maʼmun akademiyasining ilmiy xodimlarini xorijning yetakchi ilmiy markazlarida malaka oshirish va tadqiqotlar oʻtkazishga yuborish. Xususan Yaponiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish hisob-kitoblarga asosan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar II. Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kuchaytirish 4. Seleksiya va urugʻchilik ishlarini kengaytirish, rayonlashtirish va Akademiyaning tajriba xoʻjaligida bu navlarning dastlabki urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 5. Ilmiy izlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish va tijoratlash maqsadida noanʼanaviy sabzavot ekinlarini (brokkoli, qizil karam, chechevitsa, loviya va boshqalar) yetishtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivo�lanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 6. Xorazm vohasi sharoitida qurgʻoqchilik va shoʻrlanishga chidamli fitomeliorant ekinlar va yangi gʻoʻza navlari boʻyicha tajribalar oʻtkazish va ularni sinash hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 7. Xorazm vohasi suv havzalari baliq resurslari va mahsuldorligini aniqlash, monitoring qilish, baliqlarni urchitib koʻpaytirishning zamonaviy texnologiyalarini mahalliy sharoitga moslashtirish, “qafas” (sadok) usulida intensiv baliq yetishtirish, baliq ozuqalari obyekti sifatida mahalliy xomashyo ingrediyentlarini qoʻllash va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Xorazm Maʼmun akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 8. Akademiya ilmiy xodimlari va Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari Fanlar akademiyasining umumiy va noorganik kimyo instituti bilan birgalikda kaolin, talk, vermikulit, plmenit, kvars, dala shpati va boshqa foydali qazilmalarning kimyoviy va mineralogik tarkibini oʻrganish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 9. Akademiyada matematika fani boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, jumladan differensial operatorlar spektral nazariyasi va uni nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tatbigʻi masalasini oʻrganish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 10. Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Urganch davlat universiteti bilan Akademiya oʻrtasida ilmiy hamkorlikni oʻrnatish - - doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 11. Aholining javdar noni, soya mahsulotlariga va boshqa dukkakli ekinlarga boʻlgan talabidan kelib chiqib Xorazm vohasi sharoitiga toʻgʻri keladigan navlarni tanlab olish maqsadida javdar, soya, mosh va boshqa dukkakli ekinlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ishlab chiqarishga joriy qilish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 12. Mahalliy sharoitlarda oʻsadigan yovvoyi va madaniy oʻsimliklarni dorivorlik xususiyatlari, jumladan, kimyoviy tarkibi, farmokologik, farmako-kinetik va fitokimyoviy taʼsirlarini ilmiy oʻrganish va shu asosda mahalliy xomashyo asosida yangi dori preparatlari va biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarishga joriy qilish hisob-kitoblarga asosan Grantlar doimiy ravishda Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 13. Termitlarning tarqalishini oldini olish maqsadida: har yili termitlar biologiyasi va tarqalishini oʻrganish, termitlarga qarshi yem-xoʻrak asosida kurashish texnologiyasini takomillashtirish, zararsizlantirilgan obyektlar toʻgʻrisida axborot tayyorlash; hisob-kitoblarga asosan Grantlar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xorazm vohasida yogʻoch konstruksiyali tarixiy obidalarni termitlar tomonidan zararlanishini oldini olish, monitoring qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 20,0 Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi termitdan zararlangan shaxsiy uylarga termitlarning tarqalishini oldini olish hamda zararlanishini bartaraf etish uchun “Baveriya tenella” zamburugʻ shtammi asosida tayyorlangan xoʻraklarni qoʻyishni tashkil etish hisob-kitoblarga asosan Xoʻjalik shartnomalari asosida Xorazm viloyati hokimligi, yuridik va jismoniy shaxslar 14. Akademiyaning dovrugʻini chet ellarda namoyon qilish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan samarali ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli ilmiy loyihalarni bajarish, tajriba almashish, ilmiy safarlar, xalqaro anjumanlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish hisob-kitoblarga asosan Ijrochilar mablagʻlari, chet el grantlari, homiylik xayriyalari doimiy ravishda Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 15. Akademiya qoshida Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda “Xorazm Maʼmun akademiyasining tarixiy-arxeologik oʻqishlari” nomli har yillik respublika konferensiyasini tashkil etish hisob-kitoblarga asosan Xorazm Maʼmun akademiyasi va Urganch davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari har yili Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 16. “Xorazm vohasi tarixi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish va uning doirasida akademik Yahyo Gʻulomov nomidagi ilmiy — amaliy seminar oʻtkazish 20,0 Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida tushgan mablagʻlar bundan mustasno) 2017-yil may Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash 17. “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasining ish samaradorligini oshirish va yaxshilash uchun zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash hisob-kitoblarga asosan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi 18. Akademiyada don ekinlari va mahsulotlarini tahlil qilish laboratoriyasini tashkil etish va uni yangi zamonaviy asbob-uskunalar (don sifatini aniqlash, urugʻlarni tozalash va kalibrovka qilish, elektroforez uchun uskunalar va h. k.) bilan jihozlash hisob-kitoblarga asosan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari 2017-2018-yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi 19. Doimiy dala arxeologik tadqiqotlar olib boruvchi kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni tashkil qilish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash (1 ta yarim yuk avtomashinasi, plotter, raqamli fotokamera, metalldetektori, lazerli teodolit va h.k.) hisob-kitoblarga asosan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari 2017-yil IV-choragi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi 20. Akademiyani qoʻlyozmalardan nusxa oluvchi, ularni disklarga yozuvchi maxsus uskuna bilan taʼminlash hisob-kitoblarga asosan Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari 2017-yil IV-choragi Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 21. Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash (sensor kiosklar, interaktiv doskalar, sensor monitor, audiogid va h.k) hisob-kitoblarga asosan Fanlar akademiyasi va Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi 22. Akademiya tajriba xoʻjaligini zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari (bitta kultivatorga moʻljallangan uch gʻildirakli traktor, paxta va don ekinlari ekishga moʻljallangan seyalka, kombayn, 2 ta jingovuz uskunasi) bilan taʼminlash 267,0 Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari 2017 — 2019-yillar Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi 23. Akademiyaning veb-saytini yangidan yaratish va unda maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ingliz, koreys, yapon, xitoy, nemis, fransuz, ispan tillarida bayon etish 15,0 Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi 2017-yil may Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Elektron taʼlim markazi, Fanlar akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi IV. Ilmiy nashrlar fondini boyitish va Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga sayyohlarni jalb etish 24. Xorazm vohasidagi arxeologik yodgorliklarning katalogini tuzish va arxeologik xaritasini chop etish Hisob-kitoblarga asosan Grantlar 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 25. Akademiya noyob kitoblar fondini boyitish (Xorazm tarixiga oid arxiv manbalari va qoʻlyozmalarning nusxalari, shuningdek elektron shaklda) Hisob-kitoblarga asosan Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari 2017 — 2021-yillar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston “Oʻzarxiv” agentligi, Madaniyat vazirligi 26. Quyidagi kitoblarni qayta nashr etish: Akademik Ziyo Bunyodovning “Gosudarstvo Xorezmshaxov — Anushteginidov” monografiyasi; Akademik Yahyo Gʻulomovning “Istoriya orosheniya Xorezma” kitobi; G.P. Snesarevning “Relikti domusulmanskix verovaniy i obryadov u uzbekov Xorezma” nomli asari 30,0 “Ijod” fondi mablagʻlari 2017 — 2020-yillar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi 27. Jaloliddin Manguberdi haqida ilmiy kitob tayyorlash va nashr etish 100,0 Grantlar 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 28. Xiva “Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasi qoʻlyozma fondining katalogini tuzish va chop qilish 50,0 “Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasining budjetdan tashqari mablagʻlari 2017-2018-yillar Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi 29. 5 jildlik Xorazm tarixi monografiyasining 1-2 jildlarini nashr etish 30,0 Grantlar 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 30. Akademiya faoliyati va muzeyni keng targʻib etish maqsadida nashr va reklama ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish 2,0 Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari doimiy ravishda Turizmni rivojlantirish Davla� qoʻmitasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 31. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Xorazm durdonalari” katalogi va bukletlarini chop etish 20,0 Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari 2017-2018-yillar Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 32. Xorazm viloyati aholisi va mehmonlarining Xorazm tarixiga qiziqishini oshirish maqsadida Xorazm viloyatidagi: umumiy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va xodimlarini; - - 2017-yil reja-jadval asosida Xorazm viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xorazm Maʼmun akademiyasi oliy taʼlim muassasalarining talaba va xodimlarini; 20,0 Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari 2017-yil reja-jadval asosida Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi boshqa tashkilotlar xodimlari va viloyat mehmonlarining Akademiya Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifini tashkil etish yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari doimiy ravishda Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi 33. Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini tarixiy sayyohlik yoʻnalishiga kiritish yuzasidan chora-tadbirlarni va respublikadagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muzeyni keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirish - - doimiy ravishda Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga 3-ILOVA
Xorazm Maʼmun akademiyasi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
Bobojonov P.R. — Xorazm viloyati hokimi, kengash raisi lavozimiga koʻra — Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar masalalari boʻyicha vitse-prezidenti, kengash raisining oʻrinbosari Kadirov Sh.Y. — Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi, kengash kotibi Abdullayev B.I. — Urganch davlat universiteti rektori Roʻziboyev R.Y. — Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori Xoyitmetov U.A. — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali direktori Karimov R. — Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali direktori Davletov B.K. — Xiva “Ichon qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi direktori Xudaynazarov E.X. — Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Tangriberdiyev K.R. — Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Jumaniyazov J.A. — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi lavozimiga koʻra — Xorazm viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Davlatov M.S. — Xorazm viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi Bobojonov E.I. — Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi Jumaniyazov S.M. — “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ Xorazm viloyati filiali boʻlimi boshligʻi Otajonov X.K. — Asakabank Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi Sadullayev A. — Xorazm Maʼmun akademiyasi bosh ilmiy xodimi Roʻzimboyev S. — Urganch davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi professori Jumaniyazov M.J. — Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori Ruziyev E.I. — Urganch davlat universiteti mehnat taʼlimi kafedrasi mudiri Ruzmetov B. — Urganch davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi professori
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
