8-modda.Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son) · Sana: 12.05.2001 · Amalda
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli vakil orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) beriladi.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish, agar topologiyadan foydalanilgan boʻlsa, undan birinchi marta foydalanilgan sanadan etiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma bitta topologiyaga taalluqli boʻlishi kerak.
Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlarga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
