6-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son) · Sana: 12.05.2001 · Amalda
Muhofaza qilinadigan topologiyani, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni huquq egasining ruxsatisiz qoʻllash, olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash (oʻziga xos boʻlmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof etilmaydi:
topologiyadan foyda olmagan tarzda shaxsiy maqsadlarda, shuningdek uni baholash, tahlil kilish, tadqiq etish yoki oʻqitish uchun foydalanish;
qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemali buyumni sotib olgan shaxsning harakatlari, agar bu shaxs ularga qonunga xilof ravishda takrorlangan topologiya kiritilganini bilmagan va bilishi mumkin ham boʻlmagan boʻlsa;
aynan bir xildagi topologiyani mustaqil ravishda yaratgan shaxsga nisbatan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar.
