14-modda. Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal qilish muddati
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son) · Sana: 12.05.2001 · Amalda
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq oʻn yil davomida amal qiladi.
Topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquq amal qilish muddatining boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi boʻyicha aniqlanadi:
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi boʻyicha, bunda bu topologiya jahonning biron-bir yerida fuqaro muomalasiga oldinroq kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi;
topologiya roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy eʼlon qilingan sana boʻyicha.
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil topologiya paydo boʻlgan hollarda, topologiyadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning amal kilish umumiy muddati oʻn yildan oshib ketishi mumkin emas.
