Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qatʼiy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1230-2-son)
04.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 4-avgustda 1230-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37-son va 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shuQullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qatʼiy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2003-yil 3-aprel, roʻyxat raqami 1230 — Meʼyoriy hujjatlarining axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 50-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qatʼiy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni toʻlovchilar mazkur toifadagi jismoniy shaxslar uchun belgilangan boshqa soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq toʻlaydilar.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
96-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
2004-51-son
