“83-modda. Sudlarda davlat ramzlari
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-428-son) · Sana: 12.04.2017 · Amalda
Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtariladi va Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi, sud zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi”;
44) 85-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy jihatdan tahlil qilish, keng jamoatchilik muhokamasining natijalari, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi loyihalarini 2017-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda.Ushbu Qonun 2017-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi, shuningdek sudyalarni saylash, tayinlash tartibi va ularning vakolatlari muddatlari haqidagi qoidalar ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-aprel,
OʻRQ-428-son
