Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (192-son)
26.04.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
2000-yil 19-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2000-yil 19-dekabr Kishinyov shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Konvensiya;
2000-yil 19-dekabr Kishinyov shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Konvensiya.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M. Usmanov, T. Xoltoyev, Tashqi ishlar vaziri A. Kamilovga mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-aprel,
192-son
