Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlarni qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (186-son)
06.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-son qaroriga muvofiq, shuningdek harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan, respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik koʻrgan abituriyentlar mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 186-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgarishlar
