Xorazm viloyatida parrandachilikni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha-chora tadbirlar toʻgʻrisida (171-son)
03.04.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Xorazm viloyatida parrandachilikni zamonaviy texnologiyalar asosida yanada rivojlantirish, aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish, parrandachilik tashkilotlari va naslchilik xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki hamda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq muassis tashkilotlarning masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Xorazm naslli parranda”parrandachilik majmuini (keyingi oʻrinlarda — “Xorazm naslli parranda” MChJ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Xorazm viloyatida aholini tuxum yoʻnalishdagi yosh parrandalar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan parrandachilikni rivojlantirish dasturini amalga oshirish;
Xorazm viloyatida inkubatsiyalarda joʻja chiqazish, yosh parrandalarni yetishtirish (yiliga kamida 1 mln bosh) va tuxum yoʻnalishidagi ona tovuqlarni (kamida 200 ming bosh) parvarishlashni oʻz ichiga oladigan parrandachilik majmuasini tashkil etish;
boshlangʻich bosqich — 2017-yilda Xorazm viloyatining Xiva tumanida dehqon xoʻjaliklari va aholini yosh parrandalar (oʻrtacha 100 boshdan), qafas va omuxta yem bilan taʼminlash mexanizmini joriy etish, keyinchalik — 2018-2019-yillarda ushbu tajribani Xorazm viloyatining boshqa tumanlarida ham yoʻlga qoʻyish;
Xorazm viloyatining har bir tumanida parrandachilik xoʻjaliklariga veterinariya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha markazlarni bosqichma-bosqich tashkil etish;
birinchi navbatda, parrandachilikda qoʻllanilayotgan omuxta yem, vitaminlar, premikslar va qoʻshimchalar tarkibini kengaytirish va sifatini oshirish hisobiga parrandachilik tarmogʻining ozuqa bazasini shakllantirish va rivojlantirish;
xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimini, yetishtirilayotgan parrandachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashtirishni, sanoat usulida qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy usullarini keng joriy qilish;
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda amalga oshirish, parrandachilik xoʻjaliklarini yosh parrandalarni oʻstirishga moʻljallangan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlashda, yetishtirilayotgan parrandachilik mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashish.
2. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Xorazm naslli parranda” MChJning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini hamda belgilangan tartibda uning ustav kapitalini shakllantirilishini taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Xorazm viloyati dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini yosh parrandalar, qafas va omuxta yem bilan taʼminlash, veterinariya xizmatlari koʻrsatish va parrandachilik mahsulotlari yetishtirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq hamda dehqon xoʻjaliklari va aholini parrandachilik faoliyatiga jalb etish sxemasi 2a-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatining dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini yosh parrandalar bilan taʼminlashning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatining dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashning maqsadli parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2017 — 2019-yillarda “Xorazm naslli parranda” MChJ va Xorazm viloyati parrandachilik tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini tashkil etish uchun oʻz mablagʻlari va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditlari hisobidan taʼminlanadigan xarajatlarning hisoblangan hajmi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
tijorat banklari tomonidan Xorazm viloyati dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga yosh parrandalar va qafaslar xarid qilish uchun mikrokreditlar berishning maqsadli parametrlari 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
6. Xorazm viloyati hokimligi “Xorazm naslli parranda” MChJga ozuqa bazasini mustahkamlash va viloyat parrandachilik xoʻjaliklarining omuxta yemga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida bugʻdoy, makkajoʻxori, soya va boshqa boshoqli don ekinlarini joylashtirish uchun qishloq xoʻjalik yerlarini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda parranda yetishtirish uchun inkubatorlar, qafaslar va boshqa tegishli texnologik uskunalarni mahalliylashtirish loyihalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-aprel,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 1-ILOVA
“Xorazm naslli parranda” MChJ muassislari
TARKIBI
T/r Muassislarning nomi Ustav jamgʻarmasidagi ulush miqdori (mln. soʻm) Ustav jamgʻarmasidagi ulush (foizda) 1. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (“PSB industrial investments” MChJ investitsion kompaniyasi orqali) 4000,0 80% 2. “Feedgran” MChJ 500,0 10% 3. “Qo'shko'pir parranda” MChJ 500,0 10% Jami: 5 000,0 100%
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm viloyatining dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini yosh parrandalar, qafas va omuxta yem bilan taʼminlash, ularga veterinariya xizmatlari koʻrsatish va parrandachilik mahsulotlari yetishtirish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 2a-ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va aholini parrandachilik faoliyatiga jalb qilish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 3-ILOVA
Xorazm viloyatining dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini yosh parrandalar bilan taʼminlashning
PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Tumanlar nomi Yosh parrandalar yetkazib beruvchi tashkilotlar Qishloq joylardagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni JAMI shu jumladan: Parranda boqish yoʻlga qoʻyiladigan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni Etkazib beriladigan yosh parrandalar soni, ming bosh 2017-yil 2018-yil 2019-yil Parranda boqish yoʻlga qoʻyiladigan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni Etkazib beriladigan yosh parrandalar soni, ming bosh Parranda boqish yoʻlga qoʻyiladigan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni Etkazib beriladigan yosh parrandalar soni, ming bosh Parranda boqish yoʻlga qoʻyiladigan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni Etkazib beriladigan yosh parrandalar soni, ming bosh 1. Xiva “Xorazm naslli parranda” MChJ 26219 10 488 1 049 3 500 350 150 15 6 838 684 2. Bogʻot 27382 12 622 1 262 12 322 1 232 150 15 150 15 3. Honqa “Feedgran” MChJ 27048 3 121 312 811 81 160 16 2 150 215 4. Urganch 24952 2 544 254 499 50 145 15 1 900 190 5. Hazorasp 22617 9 347 935 150 15 150 15 9 047 905 6. Qoʻshkoʻpir “Qo'shko'pir parranda” MChJ 24500 2 575 258 490 49 165 17 1 920 192 7. Shovot 27840 11 436 1 144 150 15 11 136 1 114 150 15 8. Gurlan “Urganch parranda invest” XK 20831 2 192 219 417 42 225 23 1 550 155 9. Yangibozor 12861 1 347 135 257 26 80 8 1 010 101 10. Yangiariq “Boyjonboy Ziyoda” fermer xoʻjaligi 20498 8 499 850 150 15 8 199 820 150 15 Jami: 234 748 64 171 6 417 18 746 1 875 20 560 2 056 24 865 2 487
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 4-ILOVA
Xorazm viloyatining dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashning
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r Tuman nomi Qishloq joylardagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni JAMI Shu jumladan: 2017-yil 2018-yil 2019-yil Qafaslar Omuxta yem qafaslar omuxta yem qafaslar omuxta yem qafaslar omuxta yem soni (dona) qiymati (mln soʻm) miqdori (tonna) qiymati (mln soʻm) soni (dona) qiymati (mln soʻm) miqdori (tonna) qiymati (mln soʻm) soni (dona) qiymati (mln soʻm) miqdori (tonna) qiymati (mln soʻm) soni (dona) qiymati (mln soʻm) miqdori (tonna) Qiymati (mln soʻm) 1. Xiva 26 219 10 488 7 342 38 281 68 906 3 500 2 450 12 775 22 995 150 105 548 986 6 838 4 787 24 959 44 926 2. Bogʻot 27 382 12 622 8 835 46 070 82 927 12 322 8 625 44 975 80 956 150 105 548 986 150 105 548 986 3. Honqa 27 048 3 121 2 185 11 393 20 508 811 568 2 962 5 331 160 112 584 1 051 2 150 1 505 7 848 14 126 4. Urganch 24 952 2 544 1 781 9 286 16 714 499 349 1 821 3 279 145 102 529 953 1 900 1 330 6 935 12 483 5. Hazorasp 22 617 9 347 6 543 34 117 61 410 150 105 548 986 150 105 548 986 9 047 6 333 33 022 59 439 6. Qoʻshkoʻpir 24 500 2 575 1 803 9 399 16 918 490 343 1 789 3 219 165 116 602 1 084 1 920 1 344 7 008 12 614 7. Shovot 27 840 11 436 8 005 41 741 75 135 150 105 548 986 11 136 7 795 40 646 73 164 150 105 548 986 8. Gurlan 20 831 2 192 1 534 7 999 14 399 417 292 1 521 2 737 225 158 821 1 478 1 550 1 085 5 658 10 184 9. Yangibozor 12 861 1 347 943 4 917 8 851 257 180 939 1 690 80 56 292 526 1 010 707 3 687 6 636 10. Yangiariq 20 498 8 499 5 949 31 021 55 838 150 105 548 986 8 199 5 739 29 926 53 867 150 105 548 986 Jami 234 748 64 171 44 920 234 225 421 606 18 746 13 122 68 424 123 163 20 560 14 392 75 044 135 079 24 865 17 406 90 757 163 363
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 5-ILOVA
2017 — 2019-yillarda “Xorazm naslli parranda” MChJning moddiy-texnika bazasini tashkil etish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditlari hisobidan taʼminlanadigan mablagʻ
miqdori
mln soʻm. T/r Xarajatlar Miqdori Narxi Summasi 1. Texnologikuskunalar: 17 800,0 a) inkubatorlar 20 50,0 1 000,0 b) yosh parrandalarni yetishtirish uchun qafaslar 8 1 200,0 9 600,0 v) ona tovuqlar uchun qafaslar 6 1 200,0 7 200,0 2. Omuxta yem ishlab chiqarish va saqlash uchun uskunalar 3 1 500,0 4 500,0 3. Veterinariya preparatlari, premikslar va qoʻshimchalar 500,0 4. Avtomobil vamaxsus texnika: 2 580,0 a) em tashish mashinasi 2 300,0 600,0 b) frontal yuklagich 2 95,0 190,0 v) avtokara 5 70,0 350,0 g) “Damas” yoʻlovchi tashish avtomobili 4 35,0 140,0 d) “Damas” yuk avtomobili 4 25,0 100,0 e) “MAN” samosvali 3 400,0 1 200,0 5. Qurilish-montaj ishlariga xarajatlar 12 500,0 6. Aylanma mablagʻ bilan taʼminlash 30 000,0 Jami: 67 880,0
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 5a-ILOVA
2017 — 2019-yillarda Xorazm viloyati parrandachilik tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini tashkil etish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditlari hisobidan taʼminlanadigan mablagʻ
miqdori
T/r Yosh parrandalar yetkazib beruvchilar Mavjud quvvatlar Qoʻshimcha tashkil etilayotgan quvvatlar Jami Moliyalashtirish summasi mlrd soʻm Amalga oshirish muddati Moliyalashtiruvchi bank yosh parrandalarni yetishtirish boʻyicha (ming bosh) inkubatoriylar (ming dona tuxum) yosh parrandalarni yetishtirish boʻyicha (ming bosh) shundan 2017-yilda inkubatoriylar (ming dona tuxum) yosh parrandalarni yetishtirish boʻyicha (ming bosh) inkubatoriylar (ming dona tuxum) 1. “Xorazm naslli parranda” MChJ 1 040,0 728,0 2 930,0 1 040,0 2 930,0 12,3 2017-y. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 2. “Feedgran” MChJ 150,0 550,0 385,0 1 200,0 700,0 1 200,0 11,0 2017-2018-y. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 3. “Qo'shko'pir parranda” MChJ 140,0 360,0 140,0 98,0 500,0 280,0 860,0 5,0 2017-2018-y. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 4. “Urganch parranda invest” XK 200,0 460,8 150,0 105,0 600,0 350,0 1 060,8 5,3 2017-y. “Asakabank” ATB 5. “Boyjonboy Ziyoda” fermer xoʻjaligi 20,0 90,0 63,0 110,0 0,0 2,0 2017-2018-y. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Jami: 510,0 820,8 1 970,0 1 379,0 5 230,0 2 480,0 6 050,8 35,6
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 171-son qaroriga 6-ILOVA
Xorazm viloyati dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga yosh parrandalar va qafaslar xarid qilish uchun mikrokreditlar berishning
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r Banklarning nomi Parrandachilik bilan shugʻullanayotgan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni Parranda soni, ming bosh (bir xoʻjalikka — 100 bosh) Tijorat banklari kreditlari jami, mln soʻm 2017-yil 2018-yil 2019-yil dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni etk�zib beriladigan parrandalar soni, ming bosh tijorat banklari kreditlari, mln soʻm dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni yetkazib beriladigan parrandalar soni, ming bosh tijorat banklari kreditlari, mln soʻm dehqon va tomorqa xoʻjaliklari soni yetkazib beriladigan parrandalar soni, ming bosh tijorat banklari kreditlari, mln soʻm 1. “Agrobank” 12 863 1 286 38 588 3 059 306 9 177 4 498 450 13 493 5 306 531 15918 2. “Aloqabank” 2 698 270 8 093 518 52 1 553 940 94 2 820 1 240 124 3720 3. “Asakabank” 2 813 281 8 438 546 55 1 639 980 98 2 941 1 286 129 3857 4. “Ipoteka-bank” 5 185 518 15 555 1 139 114 3 418 1 811 181 5 432 2 235 223 6704 5. “Oʻzsanoatqurilishbank” 7 362 736 22 085 4 827 483 14 480 1 163 116 3 489 1 372 137 4116 6. “Qishloqqurilishbank” 5 676 568 17 028 1 262 126 3 787 1 983 198 5 948 2 431 243 7294 7. “Milliy bank” 10 335 1 033 31 004 2 427 243 7 281 3 613 361 10 839 4 295 429 12884 8. “Mikrokreditbank” 7 092 709 21 277 1 616 162 4 849 2 478 248 7 435 2 998 300 8993 9. “Xalq banki” 10 148 1 015 30 444 3 351 335 10 053 3 095 309 9 284 3 702 370 11107 Jami: 64 171 6 417 192 512 18 746 1 875 56 238 20 560 2 056 61 681 24 864 2 486 74 593
