Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida (357-son)
14.10.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, ular boʻyicha ish yuritish tugallanmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga, shuningdek amal qilish muddati tamom boʻlmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga buyurtmanomalar “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri kuchga kirgan kundan boshlab olti oy mobaynida tegishli patent bojlari toʻlangan taqdirda ariza beruvchi yoki patent egasining iltimosiga koʻra patent berish uchun buyurtmanomalarga aylantirilishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlarining miqdorlari toʻgʻrisida” 1995-yil 21-avgustdagi 331-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 14-oktabr,
357-son
