Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2862-son)
31.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan tashqi savdo faoliyatini bojxona-tarif yoʻli bilan tartibga solish metodlarini qoʻllash asosida mahalliy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 13-2-ilovasiga 2017-yil 1-apreldan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-mart,
PQ-2862-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-martdagi PQ-2862-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 13-2-ilovasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 11-tovar guruhi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 11. Bugʻdoy uni 1101 00 110 0 1101 00 150 0 5 ”.
2. 15-tovar guruhi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 15. Palma yogʻi va uning fraksiyalari, tozalangan yoki tozalanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan 1511 20%, lekin kg 0,32 AQSh dollaridan kam emas ”. Kungaboqar yogʻi, saflor (maxsar) yogʻi va ularning fraksiyalari 1512 11, 1512 19 10%, lekin l. 0,16 AQSh dollaridan kam emas Paxta yogʻi va uning fraksiyalari 151221, 1512 29 20%,lekin l. 0,32 AQSh dollaridan kam emas Margarin, hayvon yoxud oʻsimlik moylari yoki yogʻlaridan tayyorlangan, taomda isteʼmolga yaroqli qorishmalar yoki tayyor mahsulotlar 1517 20
3. 19-tovar guruhining ikkinchi va uchinchi satrlari chiqarib tashlansin.
4. 20-tovar guruhida:
a) uchinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 20. Tayyor yoki konservalangan, uksus yoki uksus kislotasi qoʻshilmagan, muzlatilmagan boshqa sabzavotlar, 2006 tovar pozitsiyasi mahsulotlaridan tashqari 2005 10 ”.
b) beshinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 20. Meva va sabzavot sharbatlari (ananas va sitrus sharbatlaridan tashqari) 2009 (2009 11 — 2009 49, 2009 90 410, 2009 90 490, 2009 90 710 0, 2009 90 730 0, 2009 90 790 0 dan tashqari) 30%, lekin l. 0,50 AQSh dollaridan kam emas ”.
5. 21-tovar guruhida:
a) uchinchi satri ikki satr koʻrinishida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 21. Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; taʼm beruvchi qoʻshimchalar va aralash ziravorlar; xantal kukuni va tayyor xantal (gorchitsa) 2103 (2103 20 000,0 2103 90 900 1 dan tashqari) 25 ”. tomat ketchupi, mayonez sous 2103 20 000 0 2103 90 900 1 70
b) toʻrtinchi va beshinchi satrlar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi satrlar deb hisoblansin.
6. 39-tovar guruhidan birinchi satr chiqarib tashlansin.
7. 44-tovar guruhidan birinchi satr chiqarib tashlansin.
8. 72-tovar guruhidan birinchi satr chiqarib tashlansin.
9. 87-tovar guruhining yigirma oltinchi satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 87. 2 800 kub. sm dan koʻp boʻlmagan, yangilari 8704 31 910 0 30 ”.
